Raqamli texnologiyalar mavzu: Raqamli Texnologiyalar


Mobil qurilmalardan ta'lim maqsadlarida foydalanishning bir necha yo'li haqida gapirganda quyidagilarni mavjud


Download 15.86 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi15.86 Kb.
#1587951
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar mavzu Raqamli Texnologiyalar-hozir.org

Mobil qurilmalardan ta'lim maqsadlarida foydalanishning bir necha yo'li haqida gapirganda quyidagilarni mavjud:


  • Birinchidan, mustaqil ta'lim olish. Mobil ta'lim texnologiyalari asosida quyidagi umumpedagogik tamoyillar: materiallardan foydalanishning qulayligi va soddaligi, interaktivlik hamda o'z o'zini boshqarish va o'zini o'zi baholash imkonini beruvchi maxsus ilovalar yotganligi uchun mustaqil ta'lim olish imkoniyati yaratiladi.

  • Ikkinchidan, mobil ta'lim texnologiyalarning g'oyalari maktablarda, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy o'quv jarayonida ham birdek qo'llanilishi mumkin.

  • Uchinchidan, mobil ta'lim masofaviy yoki korporativ o'quv kurslariga samarali to'ldiruvchi vazifasini o'tashi mumkin.

Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar.


  • Smartfon (smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli telefon” ma'nosini anglatadi. Funktsionalligi jihatidan cho'ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo'lgan mobil telefon. Bunda cho'ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlangan.

  • iPhone - to'rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone o'zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va internet planshetlarning asosiy funktsiyalarini ham qamrab olgan.

  • Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma bo'lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan iPad) tashqi ko'rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo'lib, boshqa qo'shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko'rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to'liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.

3.Mobil texnologiyalar va biznesning raqamli transformatsiyasi


  • Mobil ta'lim asosan simsiz tarmoq orqali amalga oshiriladi. Ta'limning o'zgaruvchan ehtiyojlarini qondirish uchun tezda moslash mumkin. Talabalar o'zlariga mos bo'lgan narsalarni topish va o'rganish imkoniga ega bo'ladi. Mobil ta'limda o'quvchilar yaxshi o'rganish uchun o'qituvchilar va boshqa talabalar bilan birgalikda ishlashlari mumkin. Mobil ta'lim bilan o'quv materiallari tez va iqtisodiy arzon tarzda multimedia formatida taqdim etilishi mumkin. Joriy tendentsiyalarga muvofiq elektron ta'limni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi mobil ta'limga qaratiladi.

  • Mobil ta'lim - mobil hisoblash va elektron o'quv muhitlarini kesish nuqtasi bo'lib, u har qanday joyda ta'lim amaliyotiga olib keladi.

  • Quyida mobil ta'lim uchun tavsiya etilgan struktura keltiriladi:

  •  mobil ta'lim uchun ilovalar(dasturlar)

  •  mobil foydalanuvchilar uchun infratuzilma

  •  mobil protokollar

  • tarmoq infratuzilmasi

  • Mobil ta'lim tuzilmasi turli funktsional darajalarni belgilaydi, shuningdek, turli ishtirokchilar (masalan, chakana savdo korxonalari, telekom operatorlari, dizaynerlar va h.k) alohida darajalarga ega bo'lishlari uchun dizayn va ishlab chiqarishni soddalashtirish bilan shug'ullanadi.

Download 15.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling