Mavzu: Matnli hujjatlarni formatlash va tahrirlashni avtomatlashtirish


Download 20.85 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi20.85 Kb.
#1496080
Bog'liq
Matnli hujjatlarni formatlash va tahrirlashni avtomatlashtirish.


Mavzu: Matnli hujjatlarni formatlash va tahrirlashni avtomatlashtirish.
Формат tavsiyanomasi
Формат tavsiyanomasi rasmda ko`rsatilgan bandlardan tashkil topgan.
Шрифт bandi orqali quyidagilarni bajarish mumkin:
1. Yozayotgan yozuv turini aniqlash. Yuqorida keltirilgan muloqot darchasida yozuv turlari mavjud.
Xohishga ko`ra sichqoncha orqali xohlagan yozuv turini tanlash mumkin.
2. Matnni normal (обычный) holatda, qiya (курсив) holatda, yarim qalin (полужирный), qiya va
qalin (полужирный курсив) holatlarda yozish imkonini beradi.
3. Harflar yoki harflar o`lchovini kattalashtirish (1638gacha), kichiklashtirish (1 gacha).
4. Tagiga chizish (подчеркивания) bo`limida esa yozuv tagiga chiziqli, to`g`ri, ikki chiziqli, chiziqlar
chizish.
5. Harflarga ranglar berish.
6. Ta`sirlar bo`limida (эффекты) yozuv o`rtasidan chiziq o`tkazish, yozuv yuqorisiga yoki quyiga
ko`rsatkich yozish mumkin.
Интервал (oraliq) bo`limini quyidagilardan iborat:
1 Интервал (oraliq) - yozayotgan yozuvlar, aniqrog`i harflar oralig`ini kengaytirib (разреженний)
yoki orasini zichlab (уплотненный) yozish mumkin.
2. Положение (holat) bo`limida yozayotgan harflarni yoki yozuvlarni satrdan yuqoriroqda yoki
quyiroqda yozish tanlanadi.
3. Величина (kattalik) bo`limida - harflar oralig`ini boshqacha usulda kengaytirish yoki zichlashtirish
mumkin. Bu ishni kursorni raqam yonidagi belgi ustiga keltirib bajariladi. Yuqoridagi amallar bajarilishi
Например (namunada) ko`rib boriladi.
Абзац bo`limida-yozayotgan matnlarni, she`rlarni va boshqa hujjatlarni mos, qulay holga keltiriladi.
Buning uchun quyidagilarni bajarish lozim:
1. Отступ (chekinish) - kursor bilan belgilangan Abzasni o`ngga yoki chapga surish mumkin. Bu
bo`lim ko`proq she`rlar uchun xosdir. Misralarni o`ngga yoki chapga surib, ularni qog`ozga mos holda
joylashtirish mumkin.
2. Belgilangan abzasni oldingi abzasga yoki misrani oldingi misraga yaqin yoki uzoqlashtirib
joylashtirish mumkin.
3. Междустрочный (satrlararo) bo`limida satrlarni 1,5 satrlik oraliqda, ikki, uch satrlik kenglikda
yoki minimum kenglikda yoziladi;
4. Выравнение (tekislash) bo`limi orqali misralarni, abzaslarni o`rtaga, chapga, o`ngga joylashtirish;
Нумерация bo`limida abzaslarni raqamlash, harflarni katta-kichik qilib yozish;
Границы и заливки (ramkalash va to`ldirish) yordamida quyidagilar bajariladi:
1. Ramkalash uni uch xil usuli mavjud, ya`ni: Нет (ramkasiz), Рамка (ramkali), va Тень (soyali).
Yozayotgan matnlarni shu bo`lim orqali ramkalanadi.
2. Ramkani chizig`ini o`zgartirishda (qalin yoki ingichka, shtrixli yoki nuqtali, ikki chiziqli
bo`limlardan foydalaniladi. Chiziqlar o`lchamini esa oldindan tanlanadi.
3. Цвет (rang) orqali-chiziqlar rangini o`zgartiradi.
Заполнение (to`ldirish) bo`limida chizilgan ramka foni rangini, Узор (naqshi)ni o`zgartirish; Naqshni 5%
dan boshlab xohlagancha qalinlashtiriladi. Bajarayotgan amallar shu muloqot darchasida kuzatib turiladi.
Колонки (ustunlar) bo`limida matnlarga ustun (kolonki) tanlanadi. Ustunlar matnni ikkiga, uchga va
hokazo bo`laklarga ajratadi. Chizmada ko`rsatilgan ramkalarni sichqoncha yordamida tanlash mumkin.
Tanlagandan keyin ekrandagi yozuv tanlagan ramkaga tushadi. Bu yerda ustunlarga ajratibgina qolmasdan,
ularga raqam qo`yish va tanlagan ustunlar oralig`ini kengaytmasini toraytirish mumkin.
Буквица (harf) buyrug`i harflar turini, ularni katta-kichikligini, bosh harflarni kattalashtirib yozish
imkonini beradi.
Список (ro`yxat) buyrug`ining uch bo`limi: Маркированный (markerlash), Нумерованный
(raqamlash), Многоуровневый (ko`p darajali) bor.
Ro`yxatlarga belgi qo`yish (Markerlash):
WORD turli ro`yxatlarni har bir satri boshiga qo`shimcha simvollarni qo`yish imkoniga ega. Bu amallar
belgilash buyrug`i ostida amalga oshiriladi. Oddiy holda bu belgilar qora doiracha shaklida bo`ladi. WORD
bezak uchun ishlayotgan belgilarning o`lchovini, shaklini va rangini o`zgartira oladi.
Standart belgilar (Markerlar):
Ular ro`yxatda markerlar bilan bezash uchun quyidagilarni bajaradi: Ro`yxatdagi belgi qo`ymoqchi bo`lgan
abzasni sichqoncha bilan belgilaydi, qurollar panelidan quyida ko`rsatilgan belgilash yoki markerlash
klavishasini bosiladi.
Bu klavisha yordamida Ro`yxat (Список) muloqot darchasi mavjud bo`lgan belgilarni qo`ya oladi. Agar
belgilarning o`lchami va shaklini o`zgartirish kerak bo`lsa, u holda quyidagilarni bajarish kerak:
a) Ro`yxatdagi abzaslarni tanlash;
b) Формат ro`yxat buyrug`ini bajarish va belgilash (markerlash) bo`limini tanlash.
v) Ishlamoqchi bo`lgan belgi turini tanlanib, OK klavishasini bosiladi.
Ro`yxatlarni raqamlash (Номерованный):
WORD yordamida raqamlangan ro`yxatlar tuzish mumkin. Raqamlangan ro`yxatdagi abzaslar
o`chirilganda, qo`shilganda yoki joyi o`zgartirilganda, WORDning bu ro`yxat buyrug`i avtomatik ravishda
raqamlar ketma-ketligini to`g`rilaydi.
Standart raqamlash
Ro`yxatlarni raqamlash uchun quyidagi amallarni bajarishi kerak.
a) Raqam qo`ymoqchi bo`lgan abzasni sichqoncha bilan belgilash;
b) Formatlash asboblar panelidan quyida ko`rsatilgan raqamlash klavishasi bosiladi.
Ro`yxatlarni ich-ichiga joylashtirish, boshqacha qilib aytganda, ko`p darajali ro`yxatlar
(Многоуровневый).
Ko`p darajali ro`yxat tuzish uchun quyidagi amallarni bajariladi:
a) Raqamlamoqchi yoki belgilamoqchi bo`lgan turli darajadagi ro`yxat bo`laklari yoziladi;
b) Ro`yxatdan ikkinchi darajaga qo`ymoqchi bo`lgan qismni belgilanadi. Agar ketma-ket joylashmagan
bo`lsa, har bir bo`lak uchun alohida uchinchi punktni bajarish kerak.
v) Formatlash asboblar panelidan (Увеличить отступ) chekinishni ko`paytir klavishasi bosiladi.
g) Ro`yxatdan uchinchi darajaga tushirmoqchi bo`lgan bo`limni belgilab, (Увеличить отступ) chekinishni
ko`paytir klavishasini (darajadan bitta kam marta) bosiladi. Misol uchun ro`yxatdagi
belgilangan bo`limni, Abzasni to`rtinchi darajaga keltirish uchun «chekinishni ko`paytir» (Увеличить
отступ) klavishasini uch marta bosish kerak.
d) Butun ro`yxatni ko`p darajaga keltirish uchun ro`yxatni belgilab, format tavsiyanomasidagi buyruqni
bajariladi va ko`p daraja, bo`lishini ekranga keltiriladi. Variantlardan biri ko`p darajali bezak, raqamlash
turini tanlab, OK klavishasi bosiladi.
Стил (tur)
Agar hujjatdagi abzas yoki bir bo`lakning tur ko`rsatkichlarini o`rganmoqchi bo`lsak, o`sha bo`lakni
belgilab, quyida keltirilgan ikki amaldan biri bajariladi.
1) format tavsiyanomasidagi tur (stil) buyrug`ini bajarib, chiqqan tur darchasidan shu bo`lakka oid
ko`rsatkichlarni ko`rib olish mumkin.
2) Ma`lumotlarni olish uchun, shu ma`lumotlarga aloqasi bo`lgan buyruqlarni bajarish bilan ma`lumotlar
olinadi. Bu usulni ishlayotganda bir qancha muloqot darchalaridan foydalaniladi. Undagi axborotlarni eslab
qolishga to`g`ri keladi. Ularni hammasini yig`ilib, so`ng Abzas haqidagi ma`lumotga ega bo`linadi.
Таблица (jadval) tavsiyanomasi
Winword 7.0 foydalanuvchilar uchun jadvaldan foydalanishning juda qulay usulini taklif qiladi.
Tabulatorlar yordamida jadvallarni formatlash, chiziqlar o`tkazish va hokazolarni bajarish mumkin.
Winword 7.0 da boshqa obyektlardagi kabi jadvallar uchun ham, WYSIWYG ??? (nimani ko`rsang shu
bo`ladi) interfeys tashkil topgan. Jadvaldagi ustunlar enini, uni tuzgandan keyin ham sichqoncha yordamida
o`zgartirish mumkin.
Winword 7.0 avtomatik ravishda jadval formatlovchi apparat Table Autoformat mavjud.
Jadvallar tuzish
Asosiy piktografik tavsiyanomada jadvallar bilan ishlash uchun piktogramma mavjud. Yangi jadval
tuzish uchun kursorni yangi jadval joylashishi kerak bo`lgan joyga olib borib, jadvalni joylashtirish
piktogrammasiga olib borib bosish kerak – Вставить таблицу. Ekranda jadval prototipi ko`rinadi.
Sichqoncha orqali jadval kattaligini, ustunlar sonini va satrlarni aniqlash imkonini beradi.
Sichqonchadagi chap klavishani qo`yib yubormasdan, ko`rsatkichni yurgizib, jadval kattaligini
o`zgartirsa bo`ladi. Agar klavishani qo`yib yubormasdan ko`rsatkichni jadvaldan chiqarib yuborilganda
jadval kattalashadi. Klavish qo`yib yuborilishi bilan jadval xuddi shu o`lchamda hujjatda tasvirlanadi va bu
ekranda ko`rinadi. Jadvaldagi barcha katakchalar bo`sh va bir xil o`lchamga ega. Standartga muvofiq
ekrandagi ustunlar punktir chiziqlar bilan ajratilgan. Ular orqali jadvalning o`lchamlari haqidagi tasavvurga
ega bo`lish mumkin.
Jadval bo`yicha harakatlanish
Jadval bo`yicha yurish sichqoncha yoki kursorni boshqaradigan klavishlar orqali boshqariladi.
Yacheykadan yacheykaga o`tish Tab klavishasi orqali boshqariladi. Orqaga o`tish esa Shift +Tab
klavishalari orqali amalga oshadi. Agar jadvalni oxirida turib Tab klavishasi bosilsa, Winword 7. 0
avtomatik ravishda xuddi shuncha yacheykalari bo`lgan yana bir satr tashkil ettiradi. Quyida klavish
funksiyalari yoritilgan:
Enter Yacheykaga yangi abzas kiritish
Shift+Tab Kursorni satrdagi keyingi yacheykaga o`tkazish
Alt+Home Kursorni satrdagi birinchi yacheykaga joylashtirish
Alt+PgUp Kursorni ustundagi birinchi yacheykaga olib boorish
Alt+PgDn Kursorni ustundagi oxirgi yacheykaga olib boorish
Ctrl+Tab Yacheykaga tabulatorni qo`yish
Jadvallarni qayta ishlash
Winword 7.0 da jadvalni tahrirlash va formatlashning ikki usuli bor: sichqoncha yoki tavsiyanoma
buyrug`i orqali. Uning qaysi birini tanlash foydalanuvchiga havola.
Sichqoncha bilan ishlash ishni tezlashtiradi. Jadvalni yangi ma`lumot bilan to`ldirish, uni olib
tashlash, bir necha yacheykalarni birlashtirish, ustun qo`shish va olib tashlash uchun tavsiyanoma
buyruqlaridan foydalanish qulay hisoblanadi.
Jadvalga satr qo`shish
Tayyor jadvalga doim o`zgartirish kiritish mumkin. Jadvalga bir necha satr qo`shish uchun
quyidagilarni amalga oshirish kerak.
-Sichqoncha yordamida: Qancha satr qo`shish kerak bo`lsa shuncha satrni markirovkalash (belgilash) lozim.
Buning uchun kursorni jadvalning chap tomonidagi markirovka yo`liga qo`yish kerak. Shunda u o`ng va
yuqoriga yo`naltirilgan strelka tusini olib chap klavishani qo`yib yubormasdan, yuqoriga ajratilmoqchi
bo`lgan satrga yo`naltirish lozim. Tasvir o`zgaradi.
-Klaviatura yordamida:
Table tavsiyanomasidagi Insert Rowsbuyrug`ini tanlanadi. Agar tavsiyanomada bunday buyruq
bo`lmasa markirovka xato bajarilgan hisoblanadi. Winword 7.0 da yangi satrlar markirovkaning yuqori
qismiga qo`yiladi. Agar satrni jadval oxiriga qo`yish kerak bo`lsa, jadvaldan keyingi kiritish kursorini Abzas
boshiga qo`yish lozim va Table tavsiyanomasidagi Insert Rows buyrug`ini tanlash kerak. [Insert Rows] satr
qo`yishdagi muloqotli darchani nechta satr qo`yish kerakliligini ko`rsatish mumkin. Qo`shilayotgan satrdagi
yacheykalar formati ustun yacheykalari formatiga to`g`ri keladi.
Ustun qo`yish
Jadvalga yangi ustun qo`yish orqali o`ngga yoki chapga kengaytirish mumkin. Buning uchun
quyidagilarni bajarish kerak.
-Nechta ustun kerak bo`lsa shuncha ustunni markirovka qilinadi. Buning uchun kursorni ustun yuqori
chegarasiga qo`yiladi. U quyiga qaragan qora strelka tusini oladi. Sichqonchani chap klavishasini bosib,
qo`yib yubormasdan nechta ustun kerak bo`lsa, kursorni shuncha yon tarafga yurgiziladi. Markirovkalangan
ustunlar ajraladi.
-Table tavsiyanomasidagi Insert Column buyrug`ini tanlanadi. Yangi ustunlar jadvaldagi markirovka
bo`lgan ustunlarining chap tomonida paydo bo`ladi.
Agar ustunlarni o`ng tarafga qo`yish yo`li bilan jadvalni kengaytirmoqchi bo`lganda, kursorni
birinchi satrdagi oxirgi yacheykadan keyin qo`yish kerak. Table tavsiyanomasidagi Select Column
buyrug`ini tanlab, Insert Column buyrug`ini bajaring. Shundan so`ng Winword 7.0 jadval o`ng tomondagi
birinchi ustundan keyin bir ustun qo`yadi.
Servis tavsiyanomasi
Servis tavsiyanomasi yordamida hujjat matnidagi yozuvlarni orfografik xatolarga tekshirish,
so`zlarga sinonimlar tanlash, pochta konvertlarini yaratish va hokazo ishlar bajariladi. Ularning
ro`yxati Servis tavsiyanomasining quyidagi bandlarida ko`rsatilgan.
-Расстановка переносов - jumlalarda bo`g`in ko`chirishlarni joy-joyiga qo`yish;
-Тезаурус - sinonimlar qidirish;
-Язык-matnlardagi so`zlarni xatolarini tekshirishda Word 7.0 da mavjud tillardan birini tanlash;
-Автозамена - matnni xatolarini avtomatik holda tekshirish;
-Слияние- xatlarni yaratish va ularni bosmaga chiqarish;
-Конверты и наклейки - konvert va pochta kartochkalariga manzillar yozish;
-Исправления- matndagi xatolarni to`g`rilashlar paytida ishlatish;
-Макрос- makrobuyruqlar bilan ishlash;
-Параметры- matn muharririning ishi va holatini aniqlovchi opsiyalarga yo`l ochish.
-Орфография, Грамматика - matn xatolarini tekshirish;
Ushbu buyruq kiritilayotgan so`zni Word 7.0lo`g`ati bilan solishtiradi, agar so`z lug`atda bo`lmasa,
uning ostiga qizil chiziq chizib qo`yiladi. Bu holatda foydalanuvchi darhol xatoni to`g`rilash imkoniyatiga
ega. Buning uchun sichqonchaning o`ng klavishasi bosiladi. Ekranda kontekst tavsiyanoma paydo bo`lib,
unda shu so`zga yaqin so`zlar Word 7.0 tomonidan taklif etiladi va kerakli so`z tanlanib:
-Пропустить все - tanlangan so`z butun seans davomida o`zgarishsiz qoladi;
-Добавить - ushbu so`zni lug`atga kiritib qo`yadi.
-Статистика - hujjat Abzas, sahifalar, so`zlar va satrlar soni haqidagi ma`lumotlarni olish mumkin bo`ladi.
Buyruq bajarilgandan so`ng ekranda:
ushbu darcha hosil bo`ladi. Unda hujjatdagi sahifalar, so`zlar, simvollar, Abzaslar, satrlar soni to`g`risidagi
ma`lumotlar keltiriladi. Ushbu darcha закрыть klavishasi orqali bekitiladi.
-Установить защиту - foydalanuvchi o`zining shaxsiy matnlariga boshqalar tomonidan o`zgartirishlar
kiritilishidan saqlaydi;
Buyruq bajarilganda ekranda quyidagi muloqot darchasi hosil bo`ladi:
Bu yerda parol kiritilib, Ok bilan chiqib ketiladi.
-Настройка - piktogrammalarni qo`yish, olib tashlash (o`chirish), almashtirish va «qaynoq» klavishlar
yaratish;
Bu buyruq tanlanganda,
muloqot darchasi ochiladi va u uch qismdan iborat bo`ladi:
Panel instrumentov, Tavsiyanoma, Klaviatura.
-Ixtiyoriy kategoriyadagi piktogrammalarni asboblar paneliga olib chiqib, kerakli joyga o`rnatib qo`yish
mumkin. Buning uchun kerakli piktogramma tanlanib, sichqoncha klavishasi bosiladi va uni qo`yib
yubormasdan, Word 7. 0 panelining bo`sh joyiga olib kelinadi va klavisha qo`yib yuboriladi.
Окно
Окно buyrug`i hujjatlar darchasini tartiblash, yangi hujjat uchun darchalar ochish va bir darchadan
boshqa darchaga tez o`tish amallarini bajaradi, uning ko`rinish quyidagicha bo`ladi. Расположить все
buyrug`i yordamida bir paytning o`zida hamma darchalarni ko`rish mumkin. Darchani faollashtirish
sichqoncha klavishasini kerakli darchada bosish orqali amalga oshiriladi.
Tavsiyanomaning quyi qismida esa hujjatlar uchun ochilgan darchalardagi fayllar nomi va darcha
raqamlari aks etgan. Bu yerda ixtiyoriy darchaga tez o`tish imkoniyati yaratilgan.
Разделить buyrug`i ish sohasini ikkiga bo`ladi. Bu holat bir paytda ikki hujjat bilan ishlash imkoniyatini
beradi. Ish sohasini avvalgi holiga tiklash uchun, Окно ga qayta kirilib, Снять разделения buyrug`i ustida
sichqoncha klavishasini bir marta bosish kifoya.
Nazorat uchun savollar:
1.Формат tavsiyanomasi haqida ma`lumot bering.
2.Сервис tavsiyanomasi haqida ma`lumot bering.
3.Таблица (jadval) tavsiyanomasi haqida ma`lumot bering.
4.Окно ва справка tavsiyanomalari haqida ma`lumot bering.
Download 20.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling