Mavzu: Maxsus fanlarini o’qitish mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Reja


Download 27.04 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.04 Kb.
#1608411
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Mavzu ma\'ruzasi


Mavzu: Maxsus fanlarini o’qitish mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
Reja:

  1. Ta’lim mazmunini shakllantiris bosqichlari

  2. Fanlarni o`qitish mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.



Tayanch so`z va iboralar: DTS, o`quv reja, tayanch o`quv reja, namunaviy o`quv reja, ishchi o`quv reja, dastur, namunaviy dastur, ishchi dastur, darslik, elektron darslik, o`quv qo`llanma, elekrton o`quv qo`llanma, elektron uslubiy qo`llanma, multimediya vositalari, elektron lug`at, gipermatn, elektron topshiriqlar, elektron nashr.

Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi ko‘rsatiladi:



  1. umumiy nazariy bosqich;

  2. o‘quv bosqichi;

  3. o‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichi, ya’ni, ta’lim mazmunining o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklar kabi me’yoriy hujjatlarda o‘z ifodasini topishi.

Maxsus fanlarini o’qitish mazmuni davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari mazmunida namoyon bo‘ladi. O‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi o‘quv rejasi.
Oliy ta’lim muassasalari uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib, u namunaviy va amaliy o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim muassasining namunaviy o‘quv rejalari tayanch o‘quv rejasi asosida tuziladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqiladi.
O‘quv rejasi – me’yoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:

  • o‘quv yili, semestrlar va ta’tillarning davomiyligi;

  • ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi;

  • o‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsimlash;

  • har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;

  • har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;

  • praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.

O‘quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o‘quv muassasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, talabalarning erkin tanlovi bo‘yicha o’qitiladigan fanlar aks ettiriladi.
O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish daraja-sini yorituvchi me’yoriy hujjat.
Dasturda o‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs bo‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko‘rsatilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni talabalar tomonidan to‘la o‘zlashtirilishi o‘qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.

Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling