Mavzu: maxsus iqtisodiy zonalarda biznes subyektlarini soliqqa tortish


Soliq Kodeksi 68-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 0.64 Mb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1584362
1   2
Bog'liq
20-21 Primberdiyeva Mohinur

Soliq Kodeksi 68-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
473-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:
3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;
5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;
15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi o‘rtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqa soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladilar.
474-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi
Ushbu Kodeks 473-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
Ushbu Kodeks 473-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran hisoblanadi. Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan oyning birinchi kunidan e’tiboran foydalanishga haqli emas. Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiyalar hajmini soliq imtiyozlarining uzoqroq amal qilish muddatini nazarda tutadigan miqdorgacha oshirsa, u investitsiyalarning haqiqiy hajmiga muvofiq soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda, agar investitsiyalar hajmining oshishi imtiyozlarning avvalgi amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshirilsa, soliq imtiyozlari imtiyozlarning uzoqroq amal qilish muddatiga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran qo‘llaniladi.

TEST


  1. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, qaysi turdagi soliqlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.

  1. mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan

  2. mol-mulk solig‘idan, foyda solig‘idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan

  3. mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan va yer qaridan foydalanganlik uchun soliqdan

  4. mol-mulk solig‘idan, aksiz solig‘idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan

  1. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:……

  1. 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;

  2. 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;

  3. 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;

  4. 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;

  1. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:…..

  1. 5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;

  2. 5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;

  3. 5 million AQSh dollaridan 20 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;

  4. 5 million AQSh dollaridan 20 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;

  1. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:….

  1. 15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.

  2. 15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga ozod etiladi.

  3. 15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 15 yil muddatga ozod etiladi.

  4. 15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 20 yil muddatga ozod etiladi.

  1. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchlariga  nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining qanday hujjati olingan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.

  1. Guvohnomasi

  2. Ruxsatnoma

  3. Ishonchnoma

  4. Foydalanish huquqi bo‘yicha ruxsatnoma

  1. Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan oyning nechinchi kunidan e’tiboran foydalanishga haqli emas.

  1. Birinchi

  2. Uchinchi

  3. Behinchi

  4. O’ninchi

  1. Mahsulot taqsimotiga oid bitimda qaysilar nazarda tutiladi:

  1. hisob yuritish va hisobot berish tartibi;

  2. soliq solish va boshqa to‘lovlarni to‘lash shartlari;

  3. chet ellik investorning ulushini olib chiqish tartibi.

  4. Hamma javoblar to’g’ri

  1. Agar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajaruvchi qanday shaxs soliq majburiyatlarini bajaruvchi bo‘ladi.

  1. Operator

  2. Buxgalter

  3. Rahbar

  4. Ishonchli shaxs

  1. O’zbekiston Respublikasida nechi turdagi soliqlar amalda mavjud?

  1. 9

  2. 13

  3. 7

  4. 10

  1. Bilvosita soliqlara qanday soliqlar kiradi?

  1. Aksiz, QQS, bojlar

  2. Daromad, mol-mulk

  3. Foyda, Aksiz

  4. QQS, bojlar

AMALIY VAZIYATLI MASALA






Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

MAXSUS IQTISODIY ZONALAR TO‘G‘RISIDA

  1. Soliq kodeksi

  2. google qidiruv brauzeri

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling