Mavzu: Maxsus pedagogika fanining predmeti, ob'ekti, boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 1.74 Mb.
|
Urazova Guzal pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus pedagogika
- Surdopedagogika oligofrenopedagogika tiflopedagogika logopediya
- Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat
Mavzu: Maxsus pedagogika fanining predmeti, ob'ekti, boshqa fanlar bilan aloqasi.Reja 1. Maxsus pedagogika fanining predmeti, ob'ekti. 2. Maxsus pedagogika fanining metod va tamoyillari. 3. Maxsus pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 4. Maxsus pedagogikaning tarmoqlari. Maxsus pedagogika - jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarni tarbiyalash va oʻqitish haqidagi fan. Maxsus pedagogika jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning oʻziga xos oʻquv taʼlim faoliyatlarini hisobga olgan holda pedagogikaning umumiy tamoyillari asosida rivojlanadi. Maxsus pedagogikaning bosh vazifasi jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning taʼlim tarbiyasini tashkil etishning ilmiy va nazariy asoslarini yaratish hamda shunga mos defektolog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Maxsus pedagogika, shuningdek, bolalarni psixikpedagogik va klinik jihatdan oʻrganish, nuqson sabablarini aniqlash, pedagogik tasniflash va turlarga ajratish, maxsus taʼlim va tarbiya muassasalari sharoitida bolalarga individual muomala qilish, nuqsonli bolalarni jismoniy mehnatga tayyorlash kabi masalalarni ishlab chiqishdan iborat. Maxsus pedagogika qanday nuqsondagi bolalarni oʻrganishiga qarab: Surdopedagogika oligofrenopedagogika tiflopedagogika logopediya kabi sohalarga boʻlinadi. Bularning har biri umumiy pedagogik tarmogʻini va barchasi birgalikda defektologiyani tashkil etadi. Logopediya - nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida nulq buzilishlarini o‘rganish, luzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir.Logopediyaning predmeti - nutqida nuqsoni boLgan shaxslami o‘qitish va tarbiyalashning qonuniyatlarini o’rganish. Maqsad - nutqida nuqsoni bolgan shaxslami o‘qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iborat. Predmet - nutqida nuqsoni bolgan shaxslami o‘qitish va tarbiyalashning qonuniyatlarini o‘rganish. O’byekt - nutq nuqsoniga ega bolgan shaxs Maqsad - nutqida nuqsoni bolgan shaxslami o‘qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iborat. Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat: -Turli xil nutq kamchiliklari bor kishilaming nutq faoliyati ontogenezini o‘rganish. -Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularning turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o ‘rganish, darajasini aniqlash. -Nutq kamchiliklarini kishi faoliyati, shaxsiyati, hulq-atvori, ruhiy rivojlanishiga ta’sirini o'rganish. -Eshitish, ko'rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lgan alohida yordamga muhtoj boialar nutqiy faoliyatining ahvoli, yetishmovchiliklami O’rganish, aniqlash. -Nutq kamchiliklarini aniqlash yo’llari, usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish. -Nutq kamchiliklarini sistemaga solish, tasniflash, tizimga keltirish. -Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish prinsiplari va usullarini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, takomillashtirish Boshqa fanlar bilan aloqasi: Maxsus pedagogikaning turli sohalari, ona tili o'qitish metodikasi, logoritmika, umumiy va maxsus psixologiya. Tizimlararo anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, nevropatologiya, sixopatoloiya, klinika, pediatriya, tilshunoslik kabi fanlar bilan aloqador. Logopediya fani mavzu bahsi, nutqida kamchiligi bor kishilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor kishi esa logopediya fanining o‘rganish mavzusi hisoblanadi Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: - surdopedagogika (lotincha surdus •••• kar, gung so‘zidan olingan) eshitishida nuqsoni boigan bolalaming ta’Iim tarbiyasi bilan shug4ilianadigan fan;
- oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren - aql). so‘zlaridan olingan, -• aqliy tomondan zaif bolalaming ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; - logopediya (yunoncha logos - so‘z, padeo - tarbiya so‘zlaridan olingan) - oglir nuq nuqsonlarini o'rganish. oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan Respublikamizning barcha viloyatlarida zamon talablariga muvofiq alohida yordamga muhtoj bolalaming differensial va integratsiyalashgan, inklyuziv ta'limi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jadal sura'tlar bilan rivojlanmoqda. Butunjahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, 0‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “O’zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor aloxida yordamga muxtoj bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar. , E’tiboringiz uchun rahmat! Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling