Mavzu: Maxtumquli ijodida tasavvufiy
Download 398.38 Kb.
|
G‘ayibova Oygul
Ustimizdan dushman hukm suribdur, Mo‘‘min bari jabru jafo ko‘ribdur, O’g‘il-qizni xor o‘rniga beribdur, Xatarlar ul joydan surilsin endi!.. Boshqa she’rida esa shoir el-yurt ahvolining kundan-kunga yomonlashib borayotganidan, chamandek vatan tikanzorga aylanayotganidan faryod chekadi: Naylayin, kun kundan yomon, El yurtimni tutdi tuman, Marg ostida ajab chaman, Boq, bu kun ul xorga do‘ndi... Hamisha el-yurt dardu armoni bilan yashagan Maxtumqulining yoniq she’riyatida shafqat va zulm, yaxshilik va yomonlik, mardlik va nomardlik, jo‘mardlik va tubanlik kabi xususlar bir-biriga qarama-qarshi holda tavsiflanadi, yaxshi xislatlar ulug‘lanib, yomon xislatlar qoralanadi.Ustimizdan dushman hukm suribdur, Mo‘‘min bari jabru jafo ko‘ribdur, O’g‘il-qizni xor o‘rniga beribdur, Xatarlar ul joydan surilsin endi!.. Boshqa she’rida esa shoir el-yurt ahvolining kundan-kunga yomonlashib borayotganidan, chamandek vatan tikanzorga aylanayotganidan faryod chekadi: Naylayin, kun kundan yomon, El yurtimni tutdi tuman, Marg ostida ajab chaman, Boq, bu kun ul xorga do‘ndi... Hamisha el-yurt dardu armoni bilan yashagan Maxtumqulining yoniq she’riyatida shafqat va zulm, yaxshilik va yomonlik, mardlik va nomardlik, jo‘mardlik va tubanlik kabi xususlar bir-biriga qarama-qarshi holda tavsiflanadi, yaxshi xislatlar ulug‘lanib, yomon xislatlar qoralanadi.Hamisha el-yurt dardu armoni bilan yashagan Maxtumqulining yoniq she’riyatida shafqat va zulm, yaxshilik va yomonlik, mardlik va nomardlik, jo‘mardlik va tubanlik kabi xususlar bir-biriga qarama-qarshi holda tavsiflanadi, yaxshi xislatlar ulug‘lanib, yomon xislatlar qoralanadi.
Davr hukmdori – Ahmad shohga bag‘ishlangan she’rida shoir: "Sen dinni rivojlantir. Shohlarning shohisan, islomning quvvatisan" deydi. Albatta, shoirning siyosiy g‘oyalari o‘z davri tarixi bilan izohlanadi. Maxtumquli faqat iste’dodli shoir emas, balki ulkan alloma, ahli hol, ahli sirr, ahli hikmat bo‘lgan orif zotdir. Ma’no olamida uning bir qancha aziz siymolar bilan irtiboti borligi anglashiladi. Bir qancha she’rida u haq Payg‘ambarlar, mashhur avliyolar bilan bog‘liq tushlarini farah va shukrona bilan bayon etadi. Chunonchi, hazrati Shoh Bahouddin Naqshband huzurida olgan fayzlarini bunday ifodalaydi: Bir kecha yotardim, Shohi Naqshband Karami jo‘sh urib, bir non ketirdi; O’ng qo‘lida boda – gulgun sharobi, Chap qo‘lida toza biryon ketirdi... She’rda Maxtumquli Bahouddin Naqshband hazratlarining ma’naviy tavajjuh va himmatlariga mazhar bo‘lganini oshkor etmoqda. "Boda – gulgun sharob"dan murod ishqi ilohiy, ulug‘ valiy ruhoniyatidan yetgan ma’naviy tavajjuh, "toza biryon" esa hikmat natijasi bo‘lgan ma’naviy nasibadir.
Download 398.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling