Mavzu: Maxtumquli ijodida tasavvufiy
Download 398.38 Kb.
|
G‘ayibova Oygul
Mavzu:Maxtumquli she’riyatida tasavvuf an’analariReja:
Kalomda ko‘rganin so‘ylar tilimiz, Axir, ajal ustidadir yo‘limiz, Maxtumquli aytar: bizning holimiz Yo Rab, ul kun qanday bo‘lar, yoronlar?!.Maxtumquli Firog‘iy XVIII asr ma’rifiy she’riyatining buyuk darg‘alaridan bo‘lib, butun turkiy xalqlar uchun tushunarli va sevimli shoir, ma’rifatli siymo, orif oshiq, sohibi hikmat bo‘lgan valiy zotdir. Uning insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan she’riyatida pok islomiy ma’rifat ruhi gurkirab, yashnab turadi. Maxtumquli taqriban yilda Turkmanistonning janubi-g‘arbidagi Atrek (Atrok) daryosi sohillarida, ma’rifatli islomiy oilada dunyoga keladi. Otasi Davlatmand Ozodiy o‘z davrining taniqli shoirlaridan bo‘lib, uning she’riy kitobi hamda "Va’zi Ozod" nomli asari mavjud. Ozodiy ijodi, ayniqsa, "Va’zi Ozod" kitobi, chamasi, to‘liq islomiy ruhda bo‘lgani bois sho‘ro davrida yetarli o‘rganilmagan. Bu kitobda muallif ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy ijodini yaxshi o‘zlashtirgan, ayniqsa, "Mahbub ul-qulub" asaridan ta’sir olgan adib sifatida namoyon bo‘ladi.
Download 398.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling