- Muhammad Yusufning hayoti va ijodi
- O'zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida tug'ilgan. 1971-yili o'rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi.
Muhammad Yusufning ijodi - Ijodiy faoliyati 1980-yildan boshlangan. Muhammad Yusuf turli nashriyot va tahririyatlarda, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1997-yildan umrining so'nggi kun-lariga qadar esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari lavo-zimida ishlagan.
Muhammd Yusufning sheriy to`plamlari - Muhammad Yusufning dastlabki she'rlari «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasida 1976-yilda e'lon qilingan. Shundan so'ng «Tanish teraklar», «Bulbulga bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari», «Erka kiyik», «Saylanma» kabi juda ko'plab she'riy to'plamlari nashr etildi. 1989-yilda «Uyqudagi qiz» she'riy to'plami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi.
Muhammad Yusuf sherlaridan namuna - JAYRON
- Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh,
- Jayron, nega ko'zing to'la yosh? Oyog'ingga qo'yib yotay bosh,
- Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
- Yurak qoning to'kilgan so'qmoq — Bag'ri alvon lolaqizg'aldoq,
- Senga toshlar otdi qay gumroh,
- Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
- Zor yig'lading buncha ham hayhot, Menda ham bor sendagi sayyod,
- Ey beozor, ey mo'min jonzot,
- Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
- Bu dunyoning nokaslari bor,
- Ezgulikni ko'rolmaydilar.
- Meni ham qon qildilar ular,
- Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
- Labim bilan yarang silayman,
- Senga dardi shifo tilayman,
- Kel, tug'ishgan og'ang bo'lay man, Jayron, nega ko'zing to'la yosh?
Shoirga tarif - U rostgo'y shoir, halol va pokiza qalb egasi. U muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo'shiq to'qiydimi yoki tariximiz va taqdirimiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she'rlari ravon va sod-daligi bilan xalq og'zaki ijodiga hamohangdir.
- Muhammad Yusuf adabiyotimiz va xalqimizga qilgan fidoyi xizmatlari uchun «Do'stlik» ordeniga, «O'zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoniga sazovor bo'lgan. Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |