Mavzu; MAYDALASHDA MASHINALARI TURLARI ISHLASH PRINSIPI
Reja:
1 .Mashinalar haqida umumiy tushuncha.
2.Maydalash va maydalash darajasi.
3.Maydalash nazariyasi.
4.Maydalagichlar haqida tushuncha.
Mashina to’g’risida umumiy tushuncha.
Hozirgi zamon korxona sharoitida dori ishlab chiqarish mashina ishlatishni taqozo etadi, chunki bunda ishchilar mehnati yengillashadi, tayyor mahsulot tannarxi arzonlashadi.
Mashina - bu mexanizm yoki mexanizmlar majmuasi bo’lib, ma'lum maqsadga muvofiq energiya yoki ishni o’zgartirish maqsadida harakat qiladi.
Mashina dvigatel, uzatuvchi mexanizm, bajaruvchi mexanizmlardan iborat.
Dvigatel-mashinaning hamma qismlarini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi.Uzatuvchi mexanizm-bu dvigatel bilan bajaruvchi mexanizm orasidagi bog’lovchi zvenodir. Uzatuvchi mexanizm bu funksiyani bajaruvchi mexanizm vazifasiga muvofiq boshlang’ich aylanma harakatni uzatish, boshqarish orqali amalgam oshiradi.
Bajaruvchi mexanizm-bu mashinani asosiy (muhim) qismi bo’lib, mehnat vositasiga bevosita ta'sir ko’rsatadi va kerakli ishni bajaradi.
Dvigatel validan harakatni qabul qilib olish va ishchi mashina valiga uzatish shkivlar, qayishli (tasmali) uzatgichlar orqali amalga oshiriladi va bunda tortish kuchini hosil qiladi(tyaga).
Shkiv-tashqi yuzasi silliq bo’lib, mashinani bosh valiga kiygiziladi va unga mustahkamlanadi.
Shkiv ishchi mashinani shkivi bilan mustahkam kiyintirilgan tasma yordamida harakat qiladi.
Ishqalanishni ko’paytirish uchun tasmalar va shkivlar yuzasi kanifol bilan ishlanadi. Tezlikning o’zgarishi shkivlar oMchovi (katta kichikligi) bilan belgilanadi.
Friksion uzatma ikkita bir biriga qattiq taqilgan g’ildirakdan iborat. Bu uncha katta bo’lmagan kuchni uzatishda ishlatiladi. Kuch juda katta bo’lsa g’ildiraklar bir biriga o’tib ketib ish bajarilmay qoladi.
Tishli uzatgich-bunda harakat tishli g’ildiraklar yoki tishli reykalar orqali amalga oshiriladi. Tishli uzatgichlar har xil mashinalarning tarkibiy qismi hisoblanib, keng qo’llaniladi.
Chervyak (shesterna)li uzatgichlar bir biriga perpendikulyar o’qlari (osyami) o’zaro kesilmaydigan uzatgichlardagi aylanma harakatni uzatadi. Bu uzatgich chervyakdan, vintdan va tishli g’ildirakdan tashkil topgan.
Harakatni o’zgartiruvchi mexanizmlar.
Krivoship mexanizm yoki krivoship shatunli mexanizm to’g’ri chiziqli olg’a harakatni aylanma harakatga yoki aksiga o’zgartirish uchun xizmat qiladi.Bu mexanizm krivoshipdan, shatundan va sirpantirg’ich (polzun)lardan tashkil topgan.Ekssentrik uzatgich-ayianma harakat jufti (para) sharnir va sirpantirgichlardan iborat.
Ekssentrik-bu dumaloq (yumaloq) disk bo’lib, harakatlanadigan valga o’rnatilgan.Shunday qilib diskni markazi valning o’qiga to’g’ri kelmaydi.
Kulakchakli (кулачковые) mexanizmlar-bu aylanma harakatni davriy oldinga aylantirish imkoniyatini beradi. Bu esa mashina va avtomatlarda keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |