Mavzu; maydalashda mashinalari turlari ishlash prinsipi reja
Download 39.68 Kb.
|
MAYDALASHDA MASHINALARI TURLARI ISHLASH PRINSIPI
Elaydigan mexanizmlar.
Farmatsevtika korxonalarida asosan ikki hil elaydigan mexanizmlar ishlatiladi. L Tekis (yassi) elakli mashinalar 2.Do’mbira (baraban) elakli mashinalar
Gratsion elaklar. Har hil o’lchovdagi bitta, ikkita va uchta elakdan tashkil topgan bo’ladi. Ular elakli qutidan, prujinali tirgovich va tayanch ramadan tashkil topgan. Harakatlantiruvchi mexanizm harakatni tasmadan oladigan ekssentrikli o’qdan tashkil topgan. o’q ikkita muvozanatni ushlab turadigan toshlari bo’lgan maxovikka mustahkamlangan bo’ladi. Ekssentrikli o’q aylanganda elanadigan tolqon qarama-qarshi oqimda aylanma harakatga kelib, uni yahshi saralanishiga olib keladi. -Do’mbirali elaydigan dastgohlar. Ular yuzasi elakli aylanadigan do’mbiradan tashkil topgan bo’lib, 3-8° qiyalikda joylashtirilgandir. Elanadigan material do’mbira ichiga solinadi va aylanganida elak teshiklaridan o’tadi, katta bo’laklar va tashlandiq moddalar do’mbirani oxiriga yig’iladi va chiqarib tashlanadi. Odatda do’rabira g’ilofli bo’ladi. Do’mbirani bitta yoki 2-3 elakli yuzasi bo’lishi mumkin. Do’mbira tishli yoki friksion uzatgichlar yordamida harakatga keltiriladi. Agar friksion uzatgich bo’lsa do’mbira aylanadigan g’ildirakcha (rolik)larga o’rnatilgan bo’ladi. Do’mbirali elaydigan dastgohlar daqiqasiga 10 dan 25 martagacha aylanadi. Elashdagi turboelektrik hodisalar. Turboelektrik hodisa deb, ishqalanish natijasida elektr zaryadlari hosil bo’lishiga aytiladi. Bunday hodisalar ba'zan dori moddalarni elashda ham yuz berib, bunda hosil bo’lgan zaryad qarama-qarshi qutbli bo’lishi mumkin. Masalan, oltingugurt va qo’rg’oshin oksidini alohida-alohida zarrachalar ishqalanish hisobiga manfiy, birgalikda esa har hil (oltingugurt manfiy, qo’rg’oshin oksidi musbat) zaryadlar hosil bo’ladi. Ba'zi elektr faol moddalar zaryadi yo’qolgandan yoki chiqib ketgandan (yxeHica) so’ng qattiq (npOHHbm) bo’laklar hosil qiladi. Bunday moddalarga qo’rg’oshin oksidi, bug’doy kraxmali, qand va boshqalar kiradi. Turboelektrik hodisalar elash jarayonini qiyinlashtirgani uchun uni hosil bo’lishini oldini olish kerak. Buni eng qulay usuli elak materialini o’zgartirish yoki tolqonlarni har hil usullarda elashdir. Tolqonlarni maydaligini aniqlash. Tolqonlarni maydaligi elak teshigini o’lchovi bilan belgilanib, maydalangan tolqon undan to’la o’tishi kerak. Maydaligiga qarab tolqonlar: -yirik
-o’rtachayirik -o’rtachamayda -mayda -juda mayda – o’ta maydalarga bo’linadi. Agar tolqonning maydalik darajasi ko’rsatilmagan bo’lsa, zarrachalarni o’lchovi 0.150 mm dan katta bo’lmasligi kerak. XI DF 2-juzini I-jadvaliga 23 elak kiritilgan bo’lib, 7 xil maydalik darajasiga to’g’ri keladi. Bu jadvalda elaklarni teshigini shakli, teshigini belgilangan o’lchov (mm), elak materiali va NTX bo’yicha raqami, elak tayyorlangan materialni raqami, tolqonni kattalik darajasi ko’rsatilgan bo'ladi(jadvall). Elaklar to’qilgan, teshilgan va panjarasimon bo’ladilar. Download 39.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling