To’qilgan elaklar. Ipak, kapron iplaridan, po'lat,latun va mis simlaridan to’qiladi. Ipak va kaprondan to’qilgan elaklar hamma hildagi mayda va o’rtacha yirik tolqonlarni elashda ishlatiladi. Ular mustahkam bo’lib, elangan materialni bir hilligini ta'minlaydi. Simdan to’qilgan elaklar hamma kategoriyalardagi yirik tolqonlarda ishlatiladi.
Teshib tayyorlangan elaklar. Ruhlangan temir bo’laklariga dumaloq yoki to’rtburchak qilib teshib tayyorlanadi. Yirik maydalangan materiallarni elashda ishlatiladi. Bu elaklar mustahkam, har hil mexanik ta'sirlarga chidamli bo’ladi.
Panjarasimon elaklar. Parallel joylashgan metal tolalari majmuasidan iborat bo’ladi. Ular o’ta mustahkam bo’lib zarb bilan ishlaydigan bolg’achali tegirmonlarga o’rnatiladi. Elash yoki elaklab tasniflash deb, har hil o’lchovdagi zarrachalarni elaklar yordamida ikki va undan ko’p qismlarga ajratishga aytiladi.Odatda maydalangan xom ashyo 1-jadvaldagi elaklardan o’tkazilib tasniflanadi. Tasniflanadigan tolqonlar yirik, o’rtacha yirik va o’rtacha mayda bo’lsa 25-100 g olib yahshi bekiladigan qopqoqli va tubi teshikli elakka solib qo’lda yoki mexanik usulda 10 daqiqa elanadi.Agar tolqon mayda yoki o’ta mayda bo’lsa 25 g olib 20 daqiqa elanadi. Agar elash jarayonida tolqonlar elakni teshigiga tiqilib qolsa, pastki tomondan tozalashga ruhsat etiladi.
Foydalanilgan Adabiyot
https://fayllar.org/maydalashda-mashinalari-turlari-ishlash-prinsipi-hisoblash-qoi.html
2.www.ziyonet.uz
3.www.arxiv.uz
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |