Mavzu: Media muhitda axloqiy tamoyillar Reja


Media muhitda ahloqiy tamoyillar


Download 197.22 Kb.
bet4/5
Sana13.05.2023
Hajmi197.22 Kb.
#1455982
1   2   3   4   5
Bog'liq
Media

Media muhitda ahloqiy tamoyillar
Oshkoralik minbariga aylanishi zarur bo‘lgan OAV ko‘rsatma asosida yashay olmaydi va yashashi ham mumkin emasligini izohlashga hojat yo‘q. OAV oshkoralik minbariga aylanmog‘i uchun vazirliklar, tashkilot, muassasa va boshqa idoralarning Axborot xizmatlari unga qanot bo‘lishi, ishonchli axborot manbalarini taqdim etib bormog‘i zarur. Erkin OAV real vaziyat sharoitida faoliyat ko‘rsatishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning dolzarb muammolarini dadil ko‘tarib chiqishi, odamlarni bezovta qilayotgan barcha masalalarni jamoatchilik muhokamasiga havola etishi, hokimiyat va boshqaruv tuzilmalarining qabul qilayotgan qarorlari va faoliyatiga tanqidiy, shu bilan birga, xolis baho berib borishi kerak.
Jamiyatda oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash masalasi jamoatchilik fikrini o‘rganish usul-uslublarining qay darajada rivojlangani bilan ham bevosita bog‘liq. Jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuqarolik institutlarini shakllantirish avvalo aholi siyosiy faolligining o‘sishi, uning siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida nechog‘li faol ishtirok etishiga bog‘liq.
Jamoatchilik bilan aloqalar zamirida asosan bahs-munozaralar yotadi. Siyosiy partiyalar o‘rtasidagi bahs-munozaralar jiddiy, professional va amaliy negizda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bu fikrlar zamirida odamlarning fikrlariga, ularni o‘ylantirayotgan muammolarga jiddiy e’tibor qatarish g‘oyasi mujassamdir. Har qanday muammo va masalaning yechimini topishda jamoatchilik bilan aloqalar g‘oyat muhim o‘rin tutadi.

Jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirishda OAVning o‘rin beqiyos. Fikrlar xilma-xilligini hisobga olgan holda OAV yurtimizda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatni, yurtimizda va xorijda sodir bo‘layotgan voqealarni yanada faolroq yoritishi talab etilmoqda. Dunyodagi yetakchi mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, OAVning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini ta’minlash, hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish borasidagi rolini kuchaytirish zarur.


Har oyda o‘zgarib turgan mazkur raqamlar bugungi kunda zarur axborotni kerak emasidan ajratish, media orqali savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. Xo‘sh, mediasavodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib bormoqda? So‘nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi mediasavodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda mediasavodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun mediasavodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? Degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim. Mazkur savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir. Bugungi axboriy muhitni tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, mediasavodxonlik nima uchun kerak? Avvalo:
Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushunish;
OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish;

Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish;


Insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;
OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;
Axborot qaerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning manfaatlarini o‘zida aks etayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir.
Mediasavodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd etilishicha, «Mediasavodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.
Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko‘ra esa, mediasavodxonlik harakat bo‘lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga undashdan iborat.
Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa mediasavodxonlikni turli xil shakllarda ma’lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi. M.Guetterz esa multimediasavodxonligi o‘z ichiga multimedia hujjatlarini shakllantirishga qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul qilishni oladi, deydi.

Download 197.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling