Mavzu: Media savodli bo’lish Reja: Media savodxonlik haqida


Download 271.91 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi271.91 Kb.
#1188837
Bog'liq
Media savodli bo’lish. 21

Mavzu:Media savodli bo’lish Reja:

1. Media savodxonlik haqida

2. Turli mamlakatlarda media savodxonlikni oshirish boʻyicha bajarilgan ishlar


Media savodxonlik — Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplami.
Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan koʻrsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.
Media savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi.
Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati.[1]
Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. Musiqa, televizor, video oʻyinlar, jurnallar va boshqa okuchli taʼsir mmaviy axborot vositalari dunyoni qanday koʻrishimizga koʻrsatadi, bu taʼsir koʻpincha bolalik davridan boshlanadi.
Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak boʻladi. Bu koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim deb ataladi.
Media savodxonlikni oʻrganadigan eng qadimgi tashkilot bu National Telemedia Council (Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin shtatining Madison shahrida joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot dastlab „Telemedium“ deb nomlanuvchi media savodxonlik jurnalini nashr ettirgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari
AQShda media savodxonlikni oshirish boʻyicha bir-nechta federal agentliklar tomonidan dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, AQSh federal savdo komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Admongo dasturi 8-12 yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, unda bola www.admongo.gov sayti orqali onlayn oʻyinni oʻynaydi. Bu oʻyin bolalarda media savodxonlik hamda reklamalarni tahlil qilish qobilyatini oshiradi.
Kanada
Kanadada media savodxonlikni targʻib etish va rivojlantirish XX asrning oxirlarida yuksala boshlandi. Shimoliy Amerikada taʼlim mavzusi sifatida ommaviy media savodxonlikka yondashuvning boshlanishi 1978-yilda Ontarioda joylashgan Association for Media Literacy (Media Savodxonlik Uyushmasi) (AML) tashkil etilishi bilan bogʻliq. Oʻsha vaqtgacha ommaviy axborot vositalarida oʻqitish odatda individual tarzda amalga oshirilgan. 1987-yilda Ontario Media Savodxonligi Assotsiatsiyasidan (AML) bir guruh oʻqituvchilar Ontario hukumati uchun Media savodxonlikning asosiy tushunchalarini ishlab chiqdilar.
Adabiyotlar
  • Approaches to Learning with Media and Media Literacy Education — Trends and Current Situation in Germany September 10, 2013.
  • Media Literacy- W. James Potter, SAGE Publications, 2019
  • More Than Meets the Eye: Watching Television Watching Us by John J. Pungente, Martin OʻMalley

Download 271.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling