Xulosa: Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining rivojlanishida uning asosiy funksiyalaridan biri, mehnat bozorida samarali tadbirlarini va ish bilan bandlik sohasida har tomonlama o’zaro samarali hamkorlikni ta’minlashi zarur. Mehnat bozorining samarali shakllanishi uchun Ish bilan bandlik xizmati organlari tomonidan quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirish lozim: iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelayotgan tarkibiy o’zgarishlarga muvoffiq ravishda kasbiy-malaka tizimi bo’yicha uzoq muddatli istiqbollashtirishni amalga oshirish; korxonalar va firmalarda ish joylarining mavjudligi va holatini baholashni tashkil etish, kasbi va malakasi bo’yicha har bir ish joyi uchun kadrlarga bo’lgan talabni obyektiv hisobini amalga oshirish; statistika organlari bilan birgalikda viloyatdagi jami korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bo’yicha kadrlarga bo’lgan talabning to’liq hisobini yuritish.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - T.: O’zbekiston, 2010.
2. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. - T.: “Iqtisodiyot huquq dunyosi”, 2010.
3. O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonuniga sharhlar, -T.: “SHarq”, 2000. -375 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |