Mavzu: mehnat havfsizligi to’G’risida instruktaj va ta’lim berish


Download 196.9 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi196.9 Kb.
#1179839
Bog'liq
slayd hayot xavfsizligi

Mavzu: MEHNAT HAVFSIZLIGI TO’G’RISIDA INSTRUKTAJ VA TA’LIM BERISH.


«Mehnatni muhofaza qilish» fani insonning ishlab chiqarishdagi faoliyatida sodir bo‘ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish уo‘llarini o‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi. Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiynazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitartexnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.
Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy maqsadi talabalarga insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli faktorlar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish уo‘llari, mehnat xafsizligini ta’minlash hamda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy bilim berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratdir. Yuqoridagilarga mos holda talabalar fanni o‘rganish davomida quyidagilarni nazariy jihatdan о‘zlashtirishlari lozim: – mehnat xavfsizligining nazariy asoslari. Ergonomika va mehnat xavfsizligi psixologiyasi haqida tushuncha; – mehnat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy tamoyillar, uslublar va vositalar tizimi; – mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari; – mehnat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko‘rsatmalar, ishlab chiqarish sanitariyasi me’yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar: – ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha rejali tadbirlar mazmuni, uni ishlab chiqish tartibi; – ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari; – mehnat xavfsizligini ta’minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish, baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uslublarini o‘rganish; – xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan shaxsiy himoya vositalari bilan ishchi-xizmatchilarni ta’minlash tartibi va ulardan foydalanish уo‘llari; – sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish bo‘yicha sanitar-gigiyenik tadbirlar; – ishlab chiqarishdagi texnika vositalaridan, mashinamexanizmlar, qurilmalar va moslamalardan foydalanishdagi xavf-sizlik qoidalari;
– yong‘in xavfsizligi. Yong‘inning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish, yong‘inni o‘chirish texnika vositalari va usullari; – jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va qoidalari. Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir kasb egasi fanni o‘rganish bilan quyidagilarni amalda udda-lashlari lozim: – xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayonlarini baholash; – mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maqbul variantlarni tanlashda mustaqil qarorlar qabul qilish; – xavfsizlik texnikasi bo‘yicha уo‘riqnomalar («instruktaj») bilan tanishish va ularni hujjatlashtirish
tartiblarini bilish; – malakali ravishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning sabablarini aniqlash; – mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmalar («instruksiya»)ni mustaqil tahlil qilish va o‘rganish; – ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining sanitargigiyenik holatini belgilovchi ko‘rsatkichlarni (gazlanganlik va chang-langanlik darajasi, shovqin va titrash, yoritilganlik, хопа havosining harorati, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi, bosimi va b.) aniqlovchi asbob-uskunalar va jihozlardan foydalana bilish; – o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalarini ishlata bilish; – jarohatlangan yoki shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Fanning nazariy asoslarida mehnat muhofazasining ergonomik va psixologik asoslari, zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish-ning аsоsiу уo‘llari, mehnat sharoiti va xavfsizligini aniqlovchi asosiy omillar tahlili, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitining xusu-siyatlari, mehnat sharoiti va xavfsizligini tekshirish usullari, ish-larning 7 jismoniy og‘irligi va zararliligi bo‘yicha tasniflanishi, jarohat-lanish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish asos-lari, mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishda jarohatla-nish va kasbiy kasallanishning profilaktik asoslari, mehnatni muhofa-za qilishning ijtimoiyiqtisodiy jihatlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Ikkinchi bo‘lim – mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslarida ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini amalga oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik, jumladan, davlat qonunlari («Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risi-dagi qonun», «Mehnat kodeksi» va b.), nizomlar, me’yoriy hujjatlar, davlat standartlari, ularni hayotga tatbiq etish уo‘llаri va bu boradagi rahbar xodimlarning javobgarliklari, sog‘lom va xavfsiz ish sharoit-larini yaratish yuzasidan davlat nazorat tashkilotlari hamda jamoat nazoratlari, ularning vazifalari, huquqlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Tashkiliy asoslarida ish va dam olish rejimlarini tashkil etish, ishchilarni maxsus kiyim-boshlar, shaxsiy himoya vositalari va profilaktik oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish, mehnat muhofazasini tashkillashtirishda kasaba uyushmalari- ning roli, mehnat shartnomalarini tuzish, ish bilan ta’minlash va fu- qarolarning mehnat qilish huquqlarini гo‘yobga chiqarish kafolatlari, ish haqi, mehnat intizomini o‘rnatish, ayollar va yoshlar mehnatini muhofazalash, mehnat nizolarini hal etish уo‘llari kabi masalalar o‘rganiladi.
Uchinchi bo‘lim – «Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi»da ishlab chiqarish binolari va ish joylari havosining ifloslanish sabablari, havo tarkibidagi zararli moddalarni me’yorlashtirish, sanitar me’yorlar va talablar, zararli va zaharli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari, ish joylari havosi tarkibini me’yorlashtirish, shamollatish va 8 isitish sistemalari, shovqin va titrashlar, ularning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga ta’sirini kamaytirish hamda ulardan himoyalanish usullari, yoritilganlik va uning me’yorlari, ionli va radioaktiv nurlanishlardan himoyalanish yo‘llari, korxonalar va ishlab chiqarish binolari, shuningdek, turar joy va aholi yashash joylariga qo‘yilgan sanitargigiyenik talablar, shaxsiy gigiyena kabi masalalar o‘rganiladi.
Тo‘rtinchi bo‘lim – «Xavfsizlik texnikasi asoslari»da mashina va mexanizmlarning ish jarayonlariga qo‘yilgan umumiy xavfsizlik talablari, xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar (to‘siqlar, saqlash qurilmalari, tormozlar, signallar, xavfsizlik belgilari va b.), ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, texnik vositalar, mashina va mexanzmlar hamda qurilmalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik texnikasi, yuk ko‘tarish-tushirish mashinalari va qurilmalari bilan ishlashda, transport ishlarini amalga oshirishda, bosim ostida ishlovchi idishlar va qurilmalardan foydalanishda, sovutuvchi suyuqliklar (freon, ammiak va b.) va zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda, neft va gaz quduqlarini burg‘ulash, neft va gaz quduqlaridan foydalanish, neft va gazni tashish hamda saqlashda xavfsizlik texnikasi kabi masalalar o‘rganiladi.
Beshinchi bo‘lim – «Yong‘in xavfsizligi»da yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar, yonish jarayonining mohiyati, yong‘in va portlash sabablari, materiallarning yonish va portlash xususiyatlari bo‘yicha tasniflanishi, ishlab chiqarishni portlash, yonib-portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari, yong‘in zonalari, yon-g‘indan himoyalanish tizimlari, binolar va inshootlarning yong‘inga mustahkamligi va chidamligi bo‘yicha tasnifi, o‘t o‘chiruvchi vositalar, yong‘inga qarshi suv ta’minoti, o‘t 9 o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalari, yong‘inni o‘chirishni tashkil etish, yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi, yong‘in vaqtida evakuatsiya ishlarini tashkil etish kabi masalalar o‘rganiladi.
Download 196.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling