Mavzu: mehnat ta’tili rezervlari va to’lovlari hisobi reja


Korxona hodimlarining tarkibi va turkumlanishi


Download 26.45 Kb.
bet2/7
Sana12.10.2023
Hajmi26.45 Kb.
#1699803
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu mehnat ta’tili rezervlari va to’lovlari hisobi reja

Korxona hodimlarining tarkibi va turkumlanishi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga binoan - har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat shartnomalarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” - deyilgan.
Xo'jaliklar o'z faoliyatlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlari talablari asosida ma'lum miqdor va tarkibdagi xodimlarga ega bo'lishi kerak. Bu ishlab chiqarishni hajmi va turiga, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashish darajasiga va boshqa sharoitlarga bog'liq.
Ayrim adabiyotlarda (18) korxonada hodimlar bajaradigan vazifalarga ko'ra bo'linadi:
Ishchilar - ishlab chiqarish, hizmat ko'rsatish, ta'mirlash va boshqa sohalarda band bo'lganlar
Hizmatchilar- rahbarlar, mutahassislar va boshqa hodimlar
Shuning bilan birga yirik korxonalarda hodimlar ularni bajaradigan vazifalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linishi maqsadga muvofiq:
Ishchilar
Mavsumiy va vaqtincha ishchilar. Mavsumiy bu ma'lum mavsumiy ishlarga, vaqtincha ayrim ishlarni qisqa vaqtda bajarishga.
Injener-texnik xodimlar - bosh va katta mutaxassislar - agronom, vetvrach, iqtisodchi va boshqalar.
Xizmatchilar - xo'jalik rahbarining xo'jalik ishlari bo'yicha muovini, hisob hodimlari, ombor mudiri , kotiba va boshqalar.
Kichik xizmat hodimlari - farrosh, qorovul va boshqalar.
Bundan tashqari xodimlar xo'jalikda qaysi ishni bajarishiga qarab:
Asosiy faoliyatda band bo'lgan xodimlar
Asosiy bo'lmagan faoliyatda band bo'lgan (uy-joy, kommunal xo'jalik, savdo, tibbiyot, maktabgacha ta'lim va boshqalarda) xodimlarga bo'linadi.
Hodimlar hisob va hisobot talablaridan kelib chiqib ayrim boshqa guruhlarga ham bo'linishi mumkin.
Xo'jaliklar xodimlarning yuqoridagi guruhlanishidan kelib chiqib xodimlar shaxsiy tarkibi hisobini yuritadi, yuqori tashkilotlarga xodimlar tarkibi holati bo'yicha taqdim etiladigan hisobotlarni tuzadi. Xodimlarni hisobi ularni har biri bo'yicha yuritiladigan shaxsiy kartochka, shaxsiy tarkib qaydnomasi, shaxsiy ish (delo)larda olib boriladi va ularga ular bo'yicha bo'ladigan o'zgarishlar kiritib boriladi.


  1. Download 26.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling