Mavzu: mehnat ta’tili rezervlari va to’lovlari hisobi reja


Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va tug'ish ta'tillari bo'yicha nafaqani hisoblash va to'lash tartibi


Download 26.45 Kb.
bet7/7
Sana12.10.2023
Hajmi26.45 Kb.
#1699803
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu mehnat ta’tili rezervlari va to’lovlari hisobi reja

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va tug'ish ta'tillari bo'yicha nafaqani hisoblash va to'lash tartibi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining barcha tabaqalari uchun farovonlik va ijtimoiy nafaqalarni yuqori darajada ta'minlanishi muhim hisoblanadi.
Ushbu vazifani boshqarilishida ijtimoiy nafaqalar mihim o'rinni egallaydi.
Mamlakatimizda ijtimoiy nafaqalarning quyidagi turlari mavjud:
- bolalar uchun nafaqa
- vaqtinchalik mehnatga qobilyatsizlik uchun nafaqa
- xomiladorlik va tug'ish uchun nafaqa
- bola tug'ilgani uchun nafaqa
- qo'shimcha dam olish kuni nafaqasi
- dafn marosimi nafaqasi
Yuqoridagi holatlar mamlakatimizda onalik va bolalikni himoya qilishda muhim ahamiyatga egaligidandir.
Bu O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksidagi - “O'zbekiston Respublikasida oila, onalik va bolalik davlat himoyasidadir. Ona va bola manfaatlarini muhofaza qilish ayollarning mehnati va sog'ligini saqlashga doir maxsus tadbirlar ko'rish, mehnatni onalik bilan bog'lab qo'shib olib borish uchun ayollarga sharoit yaratish, onalik va bolalikni huquqiy himoya qilish, moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab quvvatlash yo'li bilan ta'minlanadi” deyilgan so'zlar bilan qonuniy holda mustahkamlangan.
Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida Nizomga ko'ra vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda ta'yinlanadi:
- vaqtincha mehnat qobilyatini yo'qotish bilan bog'liq kassalikda (shikastlanishda);
- tibbiyot muassasalarining yo'llanmasi bilan sihatgohlarda davolanganda;
- kasallangan oila a'zosini parvarishlash zarur bo'lganda;
- karantinda;
- sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o'tkazilganda;
- mehnat qobilyatini tiklash yoki yasama a'zo (protez) qo'ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yetkazilganda.
Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos boladi. Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik bo'yicha nafaqa mehnat qobilyati yo'qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy mehnat ekspertiza kamissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilanganga qadar, hatto bu davrda hodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik quyidagi davrlarga to'g'ri kelganda nafaqa to'lanmaydi:
- Ish haqi saqlanmagan ta'til:
- Bolani parvarishlash bo'yicha ta'til;
- Ish vaqtincha to'xtatilganda;
- Xodim ishdan (lavozimidan) chetlashtirilib, ish haqi to'lash to'xtatilib qo'yilganligi sababli ishlamagan;
- Xarbiy o'quv yoki tekshiruv yig'ini;
- Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo'shimcha ta'til.
Ushbu davrlardan, boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo'lgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:
ishdan yoki boshqa vazifalardan bo'yin tovlash maqsadida o'z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoki o'zini kasallikga solganda;
giyohvandlik va mastlik bilan bog'liq harakatlar oqibatida, shuningdek spirtli va giyohvandlik moddalarini istemol qilish natijasida , kasallikga chalinganda (jarohatlanganda);
jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
- sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasalliklardan tashqari);
xibsda bo'lgan davrda;
Nizomning 26-moddasiga binoan vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat'iy nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to'lanadi:
Ishlayotgan ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari;
- baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
qaramog'ida 16 yoshga (o'quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo'lgan xodimlarga;
Chernobil AES dagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlar;
- Chernobil AES dagi avariya natijalarida reaktiv ifloslanish natijasida evakuatsiya qilingan va ko'chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o'tkir leykaz), qalqonsimon bez (odenoma, rak) va xavfli o'smalar bilan bog'liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
- mehnatda mayiblashish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobilyatsiz bo'lgan xodimlarga.
Nizomning 27-moddasiga binoan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo'ladigan xatarli o'simtalar, jinsiy yo'l bilan o'tadigan kasallillar, SPID, maxov(lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo'yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug'urta badali to'lagan davrning (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog'liq ravishda vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorda to'lanadi:
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo'lgan xodimlarga - ish haqining 100 foizi miqdorida:
umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo'lgan xodimlarga -ish haqining 80 foizi miqdorida:
umumiy ish staji 5 yilgacha bo'lgan xodimlarga -ish haqining 60 foizi miqdorida:
Nizomning 26 va 27-bandlarida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari xodimlarga vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik bo'yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to'lanadi:
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo'lgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sag'ir) yetimlarga -ish haqining 80 foizi miqdorida:
umumiy ish staji 8 yilgacha bo'lgan xodimlarga -ish haqining 60 foizi miqdorida:
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va homiladorlik va tug'osh bo'yicha nafaqalar:
byudjet tashkilotlari tomonidan - mehnat haqi fondiga ajratiladigan byudjet mablag'lari doirasida;
xo'jalik yurutuvchi sub'yektlar tomonidan - foyda solig'ini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarilib tashlangan holda shaxsiy mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Xomiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa (shu jumladan xomila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko'rsatilgan barcha davr uchun to'lanadi. Ushbu nafaqa ishlovchi ayollarga jami 126 kunga (tug'ishgacha 70, bola tug'ilgandan keyin 56 kun), tug'ish qiyin kechgan yoki ikki yoki undan ortiq bola tug'ilgan hollarda 140 kun muddatga beriladi.
Ish haqi to'xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan davrda, xomiladorlik va tug'ish bo'yicha ta'til uchun mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi berilgan holda nafaqa to'lanmaydi. Agar xomiladorlik va tug'ish bo'yicha ta'til ishga qo'yilgandan keyin ham davom etadigan bo'lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim bo'lgan kundan boshlab beriladi.
Xomiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.
Ushbu nafaqalar hisoblanganganda 9430- “Boshqa operatsion natijalar” schyoti debitlanib, 6710 schyoti kreditlanadi.
Download 26.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling