Mavzu: Mehnat unumdorligi Topshiriq-6


Download 17.59 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi17.59 Kb.
#148737
Bog'liq
KIM №6 Mavzu Mehnat unumdorligi


Mavzu: Mehnat unumdorligi

Topshiriq-6
1.Mehnat unumdorligi nima?
2 Mehnat unumdorligiga ta`sir etuvchi qanday omillar bor?
3. Firmaning Ustav kapitaliga izoh bering
4. Tannarx qanday hisoblanadi?
5. Foyda qanday aniqlanadi?

1) Inson har doim farovon yashashga intilib kelgan. Buning uchun esa mahsulotlarni va xizmatlarni ko’plab va sifatli ishlab chiqarish zarur.

Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyati samaradorligining ko’rsatkichi bo’lib, insonning vaqt birligida ma’lum miqdorda mahsulot va xizmatlarni yarata olishidir.

2) Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar 3 ta bo’lishi mumkin:

1. Ishlab chiqarishning texnika-texnologiya darajasi. Texnika qanchalik mukammal bo’lsa, mehnat unumdorligini ham shunchalik yuqori bo’ladi.

2. Shaxsiy-insoniy omilning sifati. Agar ishlovchilarning bilim darajasi, ish malakasi va tajribasi yuqori bo’lsa, unumdorlik ortadi yoki aksincha.

3. Ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti. Bu sharoit qanchalik qulay bo’lsa, unumdorlik shunchalik yuqori bo’ladi. Tabiiy sharoitni inson o’zgartira olmaydi, ammo texnikani mukammallashtirish orqali noqulay tabiiy sharoitda ham unumdorlikni oshirish mumkin.

3) Firma (ital. fi rma — imzo) — korxona, kompaniya, xoʻjalik va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va boshqalarga koʻra xilma-xil Firmalar bor.

Ustav kapitali — aksiyadorlik jamiyatining ustavida kayd etilgan pul ifodasidagi dastlabki, boshlangʻich kapital. Ustav kapitali aksiyalar sotishdan tushumlar, taʼsischilarning xususiy qoʻyilmalari va davlat qoʻyilmalari hisobidan yuzaga keladi. Ustav kapitaliga badallar fakat pul mablagʻlari koʻrinishida emas, balki mulk shaklida, maye., imoratlar, yer, shuningdek, intellektual mulk obʼyektlari: patentlar, litsenziyalar, loyihalar shaklida ham boʻlishi mumkin. Ustav kapitali tuzilgan tashkilot faoliyatining moddiyashyoviy, pul, ilmiytexnika, axborot asosini tashkil etadi.

4) Tannarxda kоrxоna ishlab chiqarish faоliyatining sifat ko`rsatkichlari - ishlab chiqarish rеsurslaridan fоydalanish samaradоrligi, ishlab chiqarish tеxnоlоgiyasi va mеhnatni tashkil etish darajasi, kоrxоnani tеjamkоrlik bilan va оqilоna yuritish оmillari, mahsulоt ishlab chiqarishni yuksaltirish sharоitlari o`z aksini tоpadi.

Mahsulоt tannarxi bir turdagi mahsulоtni bеvоsita va bilvоsita ishlab chiqarish xarajatlarini shu mahsulоt miqdоriga bo`lish оrqali tоpiladi:

MT = MX+IX+ST+A+BIX / M

bu yеrda:

MT - mahsulоt tannarxi, so`m;

MX - ishlab chiqarishning mоddiy xarajatlari, so`m;

IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mеhnatga haq to`lash xarajatlari, so`m;

ST - ishlab chiqarishga tеgishli bo`lgan ijtimоiy sug`urta to`lоvlari, so`m;

A - asоsiy vоsitalar amortizatsiyasi, so`m;

BIX - bоshqa ishlab chiqarish xarajatlari, so`m;



M - mahsulоt miqdоri, sеntnеr, dоna, kg, tоnna va hakоzо.

5) Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qoʻshimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qoʻshimcha mahsulot yoki qoʻshimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga koʻra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori boʻlgan taqdirda foyda oladilar.
Download 17.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling