7. Namuna ko’rsatish (ibrat) metodi. Ushbu metod boshlang’ich sinf o’quvchilarda tarbiyaviy tahsirning eng samarali metodi - namuna-ibrat yordamida ijtimoiy hamda huquqiy mehyorlarga nisbatan hurmatni tarbiyalashda qo’llanildi. Tadqiqot davrida jamoat joylarida o’zini tutish, yo’l harakati qoidalariga rioya qilish,
texnika va hayot xavfsizligi talablarini inobatga olish, sinof navbatchiligini tashkil etishda boshlang’ich sinf o’quvchilariga quyidagi ijtimoiy subhektlar - fan o’qituvchilari, sinf rahbari, ota-onalar, mashul shaxslar hamda ularning tengdoshlari ham ibrat (namuna) ko’rsatishlari mumkinligi inobatga olindi. Qolaversa, xalq ogzaki ijodi namunalari (jumladan, ertaklar, rivoyatlar) hamda hayotiy misollardan ham boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ibrat (namuna) bo’luvchi vosita sifatida foydalanildi. Sinov ishlarini olib borishda boshlangich sinf o’quvchilarining sevimli badiiy qahramonlar (ertaklar, mulg’tfilg’mlar qahramonlari) ishtirokida hikoya va ertak to’qish asosida ularning ibrat vositasida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya etishlariga ehtibor qaratildi.
8. Mashq qildirish metodi. Bu metod barcha yoshdagi shaxslarda bo’lgani kabi boshlangich sinf o’kuvchilarida ham ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doyr o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amalga tatbiq etish, kundalik hayotda ularga og’ishmay rioya qilish ko’nikmalarini o’zlashtirishga yordam beradi. Sinov ishlari davrida o’quvchilar bilan jamoaviy, guruhli va individual tarzda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilishga doyr mashqlar bajarildi. Bunday mashqlar sirasida "Buratino kinoteatrlarda o’zini qanday tutishi kerak?", "Kachalpolvon - odobli yo’lovchi", "Bilmasvoy - jamoat transportida o’zini tuta oladimi?", "Maugli texnika vositalari bilan tanishmi?" kabi mashqlarni keltirish mumkin.
9. Amaliy mashg’ulotlar metodi. Mazkur metod ham boshlangich sinf o’quvchilarining ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga oid bilimlarini mustahkamlash, boyitish orqali ularga kundalik haetda og’ishmay rioya qilish ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Sinov ishlarini olib borishda boshlangich sinf o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilish ko’nikmalarini tarbiyalashga doyr amaliy mashgulotlarning o’yin, musobaqa shakllarida tashkil etilishiga alohida ehtibor qaratildi. Bunday o’yinlar qatorida rossiyalik pedagoglar tomonidan yaratilgan "yo’l belgilarini jonlantiramiz" va "Yangi yo’l belgisilarini yaratish" kabi harakatli, shuningdek, "SHahar ko’chalarida to’gri harakatlarish" nomli stolo’yinlarini keltirish mumkin. "Eng tartibli yosh yo’lovchi", "Eng namunali tomoshabin", "Eng ibratli xo’randa" kabi musobaqalar esa boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan ijtimoiy-huquqiy mehyorlarning puxta o’zlashtirilishini tahminlabgina qolmay, shu bilan birga ularda jamoa joylarida bo’lish, jamoat transportida yurish jarayonlariga nisbatan qiziqishni ham yuzaga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |