Mavzu: Mehnat va kasbiy ko'nikmalar vositasida o'quvchilarni ijtimoiylashtirish Mundarija: kirish I bob. Qadim zamonlarda va hozirgi davrda ayollarning ijtimoiy tarbiya jarayonida tutgan o’rni


Download 142.69 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi142.69 Kb.
#1499672
1   2
Bog'liq
Mehnat va kasbiy ko\'nikmalar vositasida o\'quvchilarni ijtimoiylashtirish

Nafosat tarbiyasi
Ta’lim-tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o`z diqqat-e’tiborini yakka odamga va ijtimoiy guruxga qaratadi. Estetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy kadriyatlarni qaror topishga xizmat qiladi. Ma’lumki,tarbiya inson ongiga xatti-xarakatiga, xulq-atvoriga ta`sir o`tkazishini O`z oldiga maqsad va vazifa qilib qo`yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifalarni tarkibiy qismi sifatida amal qilib, tarixiy ijtimoiy jixatdan ahamiyatga molik xodisa anglatadi.
O`zbekiston mustasil davlat bo`lib, qaror topayotgan xozirgi paytda estetik tarbiyaning mavqiei yana ham ortib boraveradi.Mustasillik sharoitida inson omilning ortib borishi uchun shart-sharoitlar vujudga kelayapti, xayotning barcha javxalarida faoliyat ko`rsatayotgan odamlarning ezgu fazilatlari ongliligi faolligi ijodiy yaratuvchi sobiliyatmi sezilib turibdi.
O`zbekiston umumiy madaniyat darajasi yuksalib borish jarayonida yangi texnika va texnologiya ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy usullari tabora takomillashib borayapti.
Xozirgi davr ilmi-texnik inqilobi sharoitida elektronika avtomatika kibernetika informatika kabi bilim soxalarining rivojlanishi ishlab chiqarish soxasini tubdan sayta ko`rishga imkoniyat yaratib berayapti. Bu xol ishlab chiqarishda band bo`lgan odamlarning ruxiy xolatining ham tubdan o`zgarishini kasbkorlik ijtimoiy ruxiy ahlosiy va estetik xolatlarning vujudga kelishini taqozo etadi.
7. 2. Mehnat psixologiyasi va yoshlarning kasbiy yo'nalganligi.
Mehnat shaxs va jamiyatning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishi uchun zarur bo'lgan ijtimoiy mahsulotlarni etishtirishga qaratilgan faoliyatdir. Mehnat inson faoliyatining tarixan vujudga kelgan dastlabki turi bo'lib, odam yashashining asosiy va birinchi shartidir. Mehnat tufayli odam ongi shakllanadi.
Mehnat shaxsni rivojlanish shartidir. Odamning psixik jarayonlari faqat faoliyat jarayonida vujudga keladi. Shuning uchun faoliyatning turli ko'rinishlarini o'rganish keng psixologik ahamiyatga egadir. Odamning hayot kechirishi va bilish faoliyatining asosiy sharti bo'lgan odam faoliyati ongining rivojlanishi sharti hamdir. Mehnat jarayonida odam o'z tabiatini o'zgartira bordi.
Mehnatda bola ma'naviy jihatdan o'zgaradi... Mehnatni mensimaydigan, tantiq, erka, nozik
- nihol bolalarda ijobiy sifatlarni tarbiyalashga alohida e'tibor berish muhimdir.
Mehnat jarayonida insonning hamma ijobiy sifatlari: o'z - o'zini tuta bilish,sabr, toqat, hamkorlik, do'stlik va birodarlik, chidam kabi hislatlari shakllanadi. Shuning uchun ham mehnat odam psixikasining tarkib topish faktori sifatida tan olinadi. Bu haqda K. D. Ushinskiy shunday deydi: _“odamda jiddiy mehnatga qattiq havas o'tini yoqish kerak, odam bunday mehnatsiz inson sha'niga yarashadigan hayot qura olmaydi ham, baxtli hayot kechira olmaydi ham” .
Mehnat ma'lum ijtimoiy foydali, moddiy yoki ma'naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iboratdir. Mehnat faoliyati odamning asosiy, etakchi faoliyatidir. Agar mehnat qilishdan to'xtab qolinadigan bo'lsa, insoniyat zoti o'z hayotini tugatgan bo'lur edi. Shuning uchun ham mehnat faoliyatiga odamning yashashini ta'minlovchi boshqa turlar ustidan g'alaba qozontiruvchi hamda tabiat kuchlari va narsalaridan va odamni foydalantiruvchi maxsus insoniy hatti - harakat turi deb qarash mumkin.
Mehnat orqali mehnatsevarlik tarkib topadi.
Mehnatsevarlik - bu oddiy so'z emas. Unda uch asosiy tushuncha: zarur, qiyin va go'zal degan tushunchalar yig'indisi mujassamlashgan. Basharti maktabda ham, oilada ham mana shu uchta tushunchaning birligi hukmron bo'lsa edi, u holda umuman mehnat tarbiyasi to'g'risida to'xtalib o'tmasa ham bo'ladi. Inson ma'naviy qiyofasining eng muhim belgisi bo'lgan mehnatsevarlik ahloqiy tarbiyaning intellektual, emosional va irodaviy tarbiya jarayonlarida ham tarbiyalab boriladi. Chunki, inson qanchalik aqlli, his - hayajonga boy va irodali bo'lsa, unda mehnat faoliyatining xilma - xil turlariga shunchalik intilish kuchli bo'ladi.
Mehnat tarbiyasi o'qish bilan bog'liqdir. O'qish o'quvchining ma'naviy hayotida asosiy o'rin egallaydi. Shuning uchun ham mehnat tarbiyasi o'quv muassasalarida mehnatdan boshlanishi kerak. Chunki mehnat tarbiyasining zamini, poydevori o'qishdir. Tafakkur, mushohada, dunyoni bilish, bilim egallash, dunyoqarash, e'tiqodni shakllantirish - bular bari o'quvchi mehnatini tashkil etadi.
O'smirlar va yigit qizlar ijtimoiy mehnatda qatnashib bilimlarini oshiradilar, ma'naviy qiyofalarini o'zgartiradilar. Ularda tashkilotchilik qobiliyati o'sadi, ijtimoiy manfaatlar yuzaga chiqadi, iroda sifatlari hosil bo'ladi, o'rtoqlar bilan munosabatda bo'lish ularni kuchlari ortadigan zarur, qiziqarli ishlarga jalb qilish ko'nikmasi paydo bo'ladi.
Agar tarbiya bolaning ichki faolligini hisobga olgandagina, tarbiyaviy ta'sir natijalarining qanday bo'lishini bolalarning psixik xususiyatlariga va faol faoliyatiga qarab oldindan aytib bergandagina tarbiya taraqqiyotning qudratli va hal qiluvchi omili bo'ladi. Shuning uchun ham mehnat faoliyati shaxs ijobiy sifatlarini, ijobiy munosabatini mehnat ishtirokchilari bilan muomala madaniyatini shakllantirish imkoni paydo bo'ladi. Mehnatda bola faqat chiniqibgina qolmaydi, balki shaxs sifatida shakllanadi.
Odamning ongli va maqsadga qaratilgan mehnat faoliyati har vaqt ma'lum motivlarning bo'lishini taqozo qiladi va u odamni ma'lum faoliyatga yo'naltiradi.
Mehnat faoliyatining hamma turlari (aqliy, jismoniy, ijtimoiy, foydali mehnat) bir - birlariga ta'sir qiladi, bir - birini to'ldiradi, bu bilan odamning mehnat faoliyati to'laqonli bo'la boradi. Mehnat faoliyati inson umrini har tomonlama shakllantiradi. Har tomonlama rivojlanish shaxsni tarbiyalashning asosiy sharti uning ongli faolligidir. Psixologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, odam biror maqsadni ko'zlab mehnat qilsa, bu mehnatning samarasini oldindan tasavvur qilsa, o'sha mehnat unumli bo'ladi. Mehnatda o'quvchi shaxsining harakteri va irodasi tarbiyalanadi, kuzatuvchanligi, diqqati rivojlanadi, analiz va sintez qilishga o'rganadi, umumlashtiradi va taqqoslaydi. Mehnat yoshlarni ziyrak bo'lishga, farosatlilik, epchillik, ixchamlik kabi sifatlarini, xayolini o'stiradi.
Mehnat faoliyati o'quvchining ahloqiy rivojlanishi va mukammallashishida katta ahamiyatga ega. Mehnat bolalarni jismonan chiniqtiradi, estetik didlarni, nerv sistemasini mustahkam bo'lishini ta'minlaydi.
Ta'lim - tarbiya jarayoni odamni ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlari uchun zarur bo'lgan bilimlar, malaka hamda ko'nikmalar bilan qurollantiradi. Ma'lumki inson o'z tabiati jihatidan mehnat faoliyati bilan shug'ullanmay yashay olmaydi. O'quvchi shaxsi tarkib topishining yo'llaridan biri - mehnat faoliyatidir.
Mehnat jarayoni shaxsni mehnatsevarlik, faollik, ozodalik kabi mehnatga bo'lgan munosabatni ifodalash hislarini tarkib toptirishga, qiyinchiliklarni enga olish fazilatlarini, kuch - g'ayratini, aktivlik, qat'iylik kabi muayyan maqsadni ko'zlash hislarini o'stirishiga; yalqovlik, loqaydlik, passivlikka barham berish kabi yosh avlodni har tomonlama etuk, barkamol tarbiyalashga qaratilgandir.
Joriy yil Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Farg’onaga tashrifi chog’ida Xalq ta’limi vazirligiga alohida ko’rsatmalar berdi. Prezident yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo’naltirish masalalariga alohida to’xtalib o’tib, yangi o’quv yilidan 7 sinfdan boshlab o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish lozimligini ta’kidlab o’tdi. Prezidentning Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovga bergan ko’rsatmasiga ko’ra 2020- 2021 o’quv yilidan 7 sinfdan boshlab o’quvchilar kasb-hunarga yo’naltirilib, ular aynan qanday kasb egasi bo’lishi aniqlanadi. 8, 9, 10 sinfga qadar ular o’zlari tanlangan kasb-hunar bo’yicha o’qitilib boriladi. 10 sinfda ularga ishlash huquqini beruvchi guvohnomalar beriladi. 11 sinfda esa o’quvchilar bir vaqtning o’zida korxona va tashkilotlarda rasmiy tarzda ishlab oylik maosh olishlari ham mumkin bo’ladi. 11 sinf bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishiga hokimlar va hududiy sektor rahbarlari javobgar hisoblanadi. Ushbu kursatmadan kurinib turibdiki yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yunaltirish davlatimiz siyosatining ustivor vazifalaridan biri bo’lib turibdi. Bu borada maktab bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish, iqtidoridan kelib chiqib to’g’ri kasb tanlashi katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi, fuqarolarining aqliy va axloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog’liq. Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik xuquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi. Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma’rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarga ta’lim berish ularni o’qitish bilan bog’liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o’ylantirib qo’yayotgani tabiiy. Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon mutaxasis kadrlarga muxtoj bo’lib boraveradi. Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o’ta muhim bosqichi bo’lajak kasbni tanlash, ya’ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ravshanki, yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga bog’lik emas, u ma’lum yoshga kelib o’z o’zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning kasb tanlashga pedagogik-psixologik bilim, ko’nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta’siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim. Mazkur jarayonda shaxsdan kasbga doir bilimlarga ega bo’lish talab qilinadi. Shuning uchun xam o’quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish hamda amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilish lozim. Buning uchun kasblarga doir qo’llanmalar, tarqatma materiallar bilan ta’minlash lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik, ziddiyat, to’siqlarni oldini olgan holda o’quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga yo’llash imkoniga ega bo’lamiz. Texnologiya fani o‘qituvchisi texnologik ta’lim jarayonida kasb va mehnat turlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan mavzularga bog‘lagan holda o‘quvchilarga yetkazishi lozim. O‘quvchilarning qiziqishlariga asoslangan holda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar orasida muayyan kasblarga oid to‘garaklar alohida o‘rin egallaydi. Bunday to‘garaklar aksariyat hollarda mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. Bular jumlasiga texnik-ijodkorlik, yosh rassomlar, yosh texnologlar, yosh fiziklar kabi to‘garaklarni kiritish mumkin. O‘qituvchi bunday to‘garaklarda o‘quvchilarning loyihachilik, texnik-ijodkorlik, ixtirochilik kabi qobiliyatlarini rivojlantirish ustida tizimli ish olib borish imkoniyatiga ega. Texnologiya o‘qituvchisi o‘z ish faoliyatida pedagogik-psixologik tashxisga alohida o‘rin ajratishi lozim. Pedagogik-psixologik tashxis jarayonida o‘qituvchi maktab rahbariyati va psixologi, o‘quv-ishlab chiqarish muassasasi hamda kasb-hunar kollejlari mutasaddilari bilan hamkorlikda har bir o‘quvchining tanlagan kasbi bilan shaxsiy sifatlari orasidagi mutanosiblikni aniqlashi kerak. Texnologiya fani o‘qituvchisi o‘zining o‘quvchilarni kasbga yo‘llashga oid faoliyatini sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari, maktab rahbariyati va psixologi, otaonalar, mahalla faollari, hududdagi kasb-hunar kollejlari ma’muriyati faoliyati bilan mujassamlashtirgan holda amalga oshirishi kerak. O‘quvchilarni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘llashda mehnat xonasi, laboratoriya va ustaxonalar ham alohida ahamiyatga ega. Mehnat fani o‘qituvchisi ularni zamonaviy talablar asosida jihozlashga alohida e’tibor qaratishi lozim, chunki o‘quvchilarda muayyan mehnat va kasb turi haqidagi bilim, tushuncha va tasavvurlar ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqidagi ma’lumotlar dastlab shu yerda hosil bo‘ladi. Ma’lumki, mehnat va kasb-hunarga bo‘lgan muhabbat, e’tiqod, barcha o‘quv fanlari tarkibida shakllantiriladi. Shuning uchun ham texnologik ta’lim darslarida fanlararo aloqadorlikka alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Mehnat o‘qituvchisining o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash orqali ijtimoiylashtirishga oid faoliyatini turli o‘quv fanlari o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining bu sohadagi ishlari bilan uyg‘unlashtirish muhim pedagogik ahamiyatga ega. Buning uchun:
– turli o‘quv fanlari, fan to‘garaklari va sinfdan hamda maktabdan tashqari tadbirlarning imkoniyatlaridan unumli foydalanish;
– texnologik bilimlar, umummehnat va kasbiy ko‘nikmalar yordamida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish orqali ijtimoiylashtirishga erishish;
– o‘quvchilarning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy ahamiyatlilik darajasi yuqori bo‘lgan o‘quv topshiriqlarini bajarishlarini ta’minlash;
– jamiyat hayoti uchun ahamiyatli bo‘lgan mehnat va kasb-hunarning turli sohalariga o‘quvchilarning qiziqishlarini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida shakllantirishga erishish;
– o‘quvchilarni munosib kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida, maktab o‘qituvchilari, firmalar, ishlab chiqarish korxonalari, ijodiy jamoalar, kasb-hunar kollejlari hamda tashxis markazlari hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
Bunday hamkorlik natijasida o‘quvchilar orasida ijtimoiy ahamiyatlilik darajasi yuqori bo‘lgan kasblar targ‘ibotini amalga oshirish imkoni paydo bo‘ladi. Texnologiya o‘qituvchisi maktab amaliyotchi psixologi o‘z kasbiy faoliyati jarayonida quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
– o‘quvchilarni jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan kasb-hunar turlari bilan tanishtirish;
– kasblarning demogratik xususiyatlari haqida ma’lumot berish;
– o‘quvchilarni kasbga yo‘llash bo‘yicha pedagogik-psixologik xarakterdagi maslahatlar uyushtirish;
– o‘quvchilarda ularning shaxsiy sifatlarini hisobga olgan holda muayyan kasblar bo‘yicha barqaror qiziqishlarni shakllantirish;
– o‘quvchilarni o‘z kasbiy faoliyati natijasida shuhrat qozongan mashhur shaxslar va ularning jamiyat va insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish;
– o‘quvchilarga kasblarning jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy jihatlarini rivojlantirishdagi o‘rni haqida malumot berish;
– o‘quvchilarning ota-onalari bilan ularning farzandlarini munosib kasbga yo‘llash bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish;
– o‘quvchilarni noto‘g‘ri kasb tanlashning salbiy oqibatlaridan xabardor qilish;
– o‘quvchilarda dastlabki umummehnat va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va sinab ko‘rishlari uchun qulay sharoitlar yaratish;
– o‘quvchilarni to‘g‘ri kasbga yo‘llash maqsadida, ularning shaxsiyati, mehnat turi va kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish;
– o‘quvchilarni kasbga yo‘llash jarayoni samaradorligini ta’minlash maqsadida, maktabda muayyan kasblar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazmalar, anjumanlar, uchrashuvlar tashkil etish;
– o‘quvchilarning shaxsiy-kasbiy qiziqishlarini aniqlash maqsadida muntazam pedagogik-psixologik tashxis o‘tkazish va h.k.
Kasb tanlashda maktab amaliyotchi-psixologining ham olib borayotgan targ’ibottashviqot ishlarning o’z ahamiyati bor. Chunki barcha o’quvhcilar ham kasb tanlashda aniq bir fikrga kela olmaydi. Buning o’ziga yarasha turli xil sabablari bor .Bu o’rinda men o’zim ishlayotgan maktab bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan davra suhbatlari, anketa surovnomalari o’tkazdim.Masalan: Kasbga yunaltirishni qachondan boshlash kerak? degan savolga quyidagi diagrammadagi ko’rinishda javoblar olindi. O’quvchilarning 57 %i maktabdanoq kasbiy yoʻnaltirishni amalga oshirishni boshlash kerak deb hisoblaydi. O’quvchilarning 22 %i buni bogʻcha paytidan boshlash kerak, 14 %i esa tanlash bosqichini kolledjdan boshlash kerak deb hisoblaydilar.

Kasbga yoʻnaltirishni kim amalga oshirishi kerak degan savolga o’quvchilarnin javobi qoʻyidagicha taqsimlandi: psixologlar (32 %), oʻqituvchilar (28%) va ish beruvchilarning oʻzlari (13%). Bundan tashqari, 13%i bu ishni aholi bandligini taʼminlash markazi zimmasiga topshirish kerak degan fikrni bildirishgan. “Boshqa” javob variantini tanlagan ishtirokchilarnng 14%i, quyidagi javob variantlarini berdilar: ota-onalar, shaxsning oʻzi, yuqorida aytib oʻtilganlarning barchasi, ota-onalar oʻqituvchilar bilan birgalikda, ushbu masalada koʻplab tuzilmalarning integratsiyalashgan yondashuvi va sherikligi boʻlishi zarur.

Faoliyatim davomida bunday surovnoma va anketalarning bir qanchasini o’tkazdim. Ko’rinib turibdiki maktab o’quvchilarini kasb tanlashida o’qituvchilar hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini ahamiyati juda katta. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab o’tishishimiz joizki yoshlarimizni to’g’ri kasbga yo’naltirish, bu eng muhim vazufalardan biri ekanligini yana bir bor ta’kidlab o’tmoqchiman . Inson to’g’ri kasb tanlash orqali o’z oilasiga, jamiyatga juda katta naf keltishi isbot talab qilmaydigan qonuniyatdir.
Download 142.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling