Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishni xududiy, ishlab chiqarishdagi darajasi
Download 25.44 Kb.
|
Mavzu Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Moddiy javobgarlik.
- Chegaralangan moddiy javobgarlikda
- To’liq moddiy javobgarlik
- Mehnat muhofazasidagi davlat siyosati
2.Jinoiy javobgarlik.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo’pol buzilishi natijasida og’ir jarohatlanish sodir bo’lsa, yoki bir necha kishi og’ir jarohatlansa yoki baxtsiz hodisa o’lim bilan tugasa, bu holatda rahbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Rahbar xodim vazifasidan chetlatiladi va ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. 3.Moddiy javobgarlik. Bu ishchi va xizmatchining aybi bilan korxonaga keltirilgan moddiy zararli qoplashdir. Mehnatni muhofaza qilishning qoida va me’yorlari ishchi va xizmatchi tomonidan buzilishi natijasida sanoat korxonasi moddiy zarar ko’rsa, ana shu zararning bir qismi yoki hammasi aybdor shaxs tomonidan to’lanishi moddiy javobgarlik chorasiga kiradi. Moddiy javobgarlik asosan ikki xil tartibda: chegaralangan moddiy javobgarlik va to’liq moddiy javobgarlik tartibida belgilanishi mumkin. Chegaralangan moddiy javobgarlikda ishchi yoki xizmatchidan sanoat korxonasiga yetkazilgan zarar ma’muriyat tartibida buyruqqa asosan oyligidan undirib olinadi. Lekin, bunda, avvalo, aybdor shaxsning roziligi bo’lishi shart, ikkinchidan, undirib olinadigan miqdor umuman ishchining yoki xizmatchining o’rtacha oyligidan oshib ketmasligi va har oyda undiriladigan pul miqdori esa, ishchi yoki xizmatchining oladigan oyliginig uchdan biridan oshmasligi kerak. To’liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir etgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo’lsa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda, sanoat korxonasiga keltirilgan moddiy zararni ham to’liq qoplashga majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud organlari (ma’muriyatning talablariga asosan) chiqaradi. Mehnat muhofazasidagi davlat siyosati: korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog`lig`i ustuvorligi; mehnat muhofazasi sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo`nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; mulk va xo`jalik yuritish shakllaridan qat`iy nazar, barcha korxonalar uchun mehnat muhofazasi sohasida yagona tartib, qoidalar belgilab qo`yish; mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta`minlash; korxonalarda mehnat muhofazasi talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish; mehnat muhofazasini mablag` bilan ta`minlashda davlatning ishtirok etishi; oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo`yicha mutaxassislar tayyorlash; tenika xavfsizligi, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag`batlantirish; fan-texnika yutuqlaridan hamda mehnat muhofazasi bo`yicha vatanimiz va chet el ilg`or tajribasidan keng foydalanish; xodimlarni maxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlar bilan bepul ta`minlash; korxonalarda sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga ko`maklshuvchi soliq siyosatini yuritish; ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz xodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda xisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo`liqqan xodimlarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash; kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnat muhofazasini ta`minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo`llab quvvatlash; mehnat muhofazasiga oid muammolarni hal etish chog`ida xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish printsiplariga asoslanadi. Eslatib o`tish lozimki, O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida” 1996 yil 26 avgustdagi qonunida ham mazmun va mohiyati jihatidan shu printsiplarga muvofiq keladigan tegishli normalar mavjuddir. O`zbekiston Respublikasi korxonalari va fuqarolari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida ishlar bajarayotganlarida, mehnat muhofazasi bo`yicha ulardan ko`zda tutilgan talablar ushbu qonunga, O`zbekiston Respublikasining mehnat to`g`risidagi qonunlariga muvofiq qo`llaniladi. Boshqacha shartlashilgan holatlar bundan mustasnodir. O`zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlayotgan chet el fuqarolari uchun mehnat muhofazasi masalalariga doir munosabatlarni tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari manfaatdor taraflarning o`zaro bitimlari bilan belgilab qo`yiladi. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish qonunning 5, 8-moddalarida mustahkamlangan. Mazkur qonunga binoan mehnat muhofazasini davlat tomonidan boshqarish vazifasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu vazifa ushbu qonunning printsiplarini amalga oshirish, mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va normalarini ishlab chiqish va qabul qilish, ishlab chiqarishda mehnat xavsizligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan talablar darajasini belgilashi, shuningdek mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid Respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqish va moliyaviy jihatdan mablag` bilan ta`minlashi, ularning bajarilishini nazorat qilishdan iborat. Vazirlikning mehnatga oid munosabatlarini tartibga solish,ning shart-sharoitlarini va uni muhofaza qilishni takomillashtirish sohasidagi vazifalari quyidagilardan iborat: sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mehnat shart-sharoitlarini baholash uchun normativ baza ishlab chiqilishini tashkil etadi, ish o`rinlari mehnat sharoitlari bo`yicha attesattsiyadan o`tkazilishiga metodik yordam ko`rsatadi; mehnat, aholini ish bilan ta`minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo`yicha qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi; vazirlik va idoralarning imtiyozli pensiya ta`minoti, qo`shimcha ta`til, qisqartirilgan ish kuni huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar va kasblar lavozimlar va ko`rsatkichlar ro`yhatiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi takliflari yuzasidan xulosalar beradi; noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun beriladigan imtiyozlar va kompensatsiyalarning amaldagi ro`yhatiga o`zgartirishlar kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi; manfaatdor idoralari va O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida mehnat huquqlari, aholini ish bilan ta`minlash va ijtimoiy muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlari va normativ metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; mehnat, uning shart-sharoitlari va unga haq to`lash, ish bilan ta`minlash, keksalar, pensionerlar, nogironlar va boquvchini yo`qotgan, davlatning qo`llab-quvvatlashiga ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo`yicha idmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi. Download 25.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling