Мавзу: меҳмонхонада кўрсатиладиган хизматлар сифатини назорат қилиш усуллари


Download 242.69 Kb.
bet23/24
Sana18.06.2023
Hajmi242.69 Kb.
#1582152
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24

XULOSA


Mexmonxonlarda xizmat sifatini boshqarish muhim omil hisoblanadi. Bu sifat standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish, personalni o‘qitish, mehmonxona faoliyatining barcha bug‘imlarida xizmat ko‘rsatishni nazorat qilish, to‘zatish va takomillashtirishni anglatadi.
Mehmonxona rahbarlari o‘z boshqaruv amaliyotlariga ijobiy o‘zgarishlar kiritish javobgarligini his qilishlari juda muhim. Resurslarni boshqarish mahsulot sifatiga bo‘lgan aksioma va odatiy konsepsiyalarga skeptik yondoshib, qadriyatlar balansiga yangi, samaraliroq yondoshuvlarni qabul qilish lozim. Shubhasiz daromadlarni buxgalteriya hisobi boshqaruv nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qoladi. Shunga qaramasdan zamonaviy sharoitlarda korxonaning reja va vazifalarining bajaralishi resurslar va sifatni boshkarishning daromad oshishiga ta’sirini kuchaytiradi. Bu esa mehmondo‘stlik sanoatining faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro va milliy muvofiqlik sertifikatiga ega hamkorlar bilan ishlash xizmat ko‘rsatishni yuqori darajali bo‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, taklif etiladigan xizmatlar sifati uchun majburiyatni ta’minlovchi samarali sug‘urta institutlarini tashqil etish ham zarurdir. Bu institut iqtisodiy jarayonda ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilar (iste’molchi, tadbirkor, davlat) manfaatiga to‘g‘ri kelsagina maqsadli hisoblanadi. Demak, sifat menejmentining majmuali tizimiga kiruvchi turizm xizmatlari sifatini baholovchi mezonlarni ishlab chiqish, olingan mezonlar yordamida sifat monitoringini olib borish, turizm biznesini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar joriy etish zarur.

TAVSIYALAR


Mehmonxona va turistik firmalarning imkoniyatlarini kengaytiruvchi, strategik vazifalaridan biri taklif etiladigan xizmatlar sifatini baholash hisoblanadi.
Mehmonxona xo‘jaliklarida xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni chuqurroq o‘rganishni talab qiladi. Chunki ushbu ko‘rsatkichning darajasi boshqa juda ko‘p iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarning holati bog‘liqdir va bu omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Moddiy-texnika bazasining holati ya’ni: mehmonxona binolarning qulay rejalashtirilganligi va sifatli jihozlanganligi jamoat va yashash xonalarining qulay mebel va uskunalar bilan jihozlanganligi, to‘liq komplektli yuqori sifatli choyshablar zamonaviy oshxona jihozlari qulay liftlar va x.k.

  2. Xizmat ko‘rsatishning ilg‘or texnologiyasi. Bunga: jamoat va turar xonalarni tozalash tartibi va usullari; mijozlarni ro‘yxatga olish va ular bilan hisobkitob qilish restoran va barlarda ovqatlar va ichimliklarni tayyorlash reseptlari savdo zallarida xizmat ko‘rsatish shakllari va boshqalar kiradi.

  3. Xizmat ko‘rsatuvchi personalning yuqori darajada professionalligi uning mehmonga aniq tez va madaniyatli xizmat ko‘rsatishga qodirligi va tayyorligi.

  4. Mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish. Bunga sifat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish personalning malakasini muttasil oshirish mehmonxona faoliyatining barcha jabhalarida xizmat ko‘rsatishni nazorat qilish to‘g‘rilash takomillashtirish kabilar kiradi.

“Registon Plaza” mehmonxonasida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va rivojlantirish maqsadida quyidagilarni tavsiya etamiz:

  1. Mehmonxonada turistlarga bo‘sh vaqtlarida maroqli o‘tkazish

xizmatlarni tashkil etish;

  1. Mehmonlarni shahardagi nufuzli restoranlarga va ovqatlanish

Download 242.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling