- mehmonxonalarda xizmatga bo‘lgan talabning bir ma’romda emasligi;
vaqt o‘tgandan keyin xizmatning sifatini nazorat qilish imkoniyati-ning yetarli emasligi;
xizmatga baho berishda asosiy ustuvorlik iste’molchida ekanligi va ularning shu xizmatlarga bo‘lgan munosabatining ham turli ekanligi;
mehmonxona xizmatining nuqsonsizligini ta’minlash lozimligi;
mehmonlarning o‘z noroziligini hamisha oshkor qilmasdan ketishi natijasida mehmonxona ma’muriyatining mijozlar tomonidan xizmatga berilgan bahodan hamisha voqif bo‘lmasligi kabilarni kiritish mumkin.
Masalaning bu jihati mehmonxonalarda xizmatning sifatiga baho berishni ham biroz murakkablashtirishi tabiiy. Shu tufayli mazkur masalaga baho berishda aniq ma’lumotlarni olish o‘ta murakkab, chunki tegishli organlarga topshiriladigan hisobotlarda xizmatning sifatini baholash uchun tegishli ma’lumotlar o‘z ifodasini topmaydi. Shuning uchun ularni turli tadqiqot yo‘llari bilan olingan ma’lumotlar asosida amalga oshirish lozim bo‘ladi.
1.2. Mehmonxona mahsulotlari kompleks xizmatlar sifatida
Mehmonxonalarni boshqarishda «mehmonxona mahsulotlari» degan atama keng foydalaniladi. Bu mehmonxona talablarini taklif etishda kompleks ta’riflashga imkon beradi. Bu yondashuv iqtisodiy nazariya fani nuqtai nazaridan ham mahsuldir. Unda «mahsulot» inson mehnati, xo‘jalik faoliyati, taqdim etiladigan moddiy-buyum, ma’naviy, axborot shakli, yoki bajarilgan ishlar va xizmatlarning ko‘rinishi «natijasi» sifatida belgilanadi.
Mehmonxona mahsulotlari mehmonxona xizmatlari tovarlaridan farq qiladigan holda to‘rtta ta’rifga ega.
Birinchidan, xizmatlarning sezilmasligi. Ularning anglanmasligi yoki nomoddiy harakteri, ularni namoyish etish, ko‘rish, transportda tashish, saqlash imkoni yo‘qligini bildiradi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish va iste’molning ajralmasligi. Xizmatlarni faqat mijoz paydo bo‘lgandagina ko‘rsatish mumkin. Ushbu nuqtai nazardan xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish qalin o‘zaro bog‘langan va ajratilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |