Mavzu: menejment axborot tizimlari ➢ Menejmentning mohiyati, maqsad va vazifalari. ➢ Menejment jarayonini axborot bilan ta’minlash


Download 328.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.04.2023
Hajmi328.25 Kb.
#1357116
1   2   3   4
Bog'liq
Menejment axborot tizimlari

Yo`nalishi bo`yicha axborot
- boshlang`ich va boshqaruvchi (rahbarlik)
axborot turlariga bo`linadi. Boshlang`ich axborot doimo menejment tizimining
quyi darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa
teskari yo`nalishda harakatlanadi. Rahbarlik axboroti boshlang`ich axborotni
qayta ishlash asosida qaror qabul qilish natijasidir.
Axborot vaqt o'tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi.
Barqarorlik darajasi bo'yicha uni barqaror, shartli-
barqaror, o'zgaruvchan turlarga bo'lish mumkin.
Barqaror axborot
uzoq muddat davomida o`z
ahamiyatini o`zgartirmaydi (korxona, uning
bo`linmalari nomi, mahsulot turi). 
Shartli-barqaror
axborotning ahamiyati ma’lum muddat davomida saqlanib
turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga turli me’yor va me’yoriy hujjatlar
(moddiy, mehnat sarfi, ta’riflar me’yorlari)ni kiritish mumkin. Axborotning bunday turi
korxona bo`yicha umumiy axborotning 35%dan ko`pini tashkil etadi. 


Axborot tizimi -
hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va menejment
obyektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir.
Menejment obyektining qandaydir bir qismi bo'yicha axborot yig'indisi kichik
tizimni tashkil etadi. Maqbul axborot tizimini tashkil etish menejmentning u yoki bu
tashkiliy
tizimini
loyihalashtirish
va
uning
samarali
faoliyat
yuritushuning muhimshartlaridan bo'lib hisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo`lishi mumkin.
Oddiy axborot tizimi
uni qayta ishlashni talab etmaydi, 
axborot manbasidan u istemol qilinishi joyigacha yetkazishda
o`zgarish yuz bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa
xabar berishvositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar
sifatida yetkaziladi.

Download 328.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling