Mavzu: Menejment qonunlari va tamoyillari
Download 138.74 Kb.
|
Ilmiy menejmentning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor boshqaruviga tegishli umumiy qonunlar turiga quyidagilarni kiritish mumkin
Mavzu: Ilmiy menejmentning kelib chiqishi va asosiy qoidalari. F.Teylor va uning izdoshlari. REJA:
TAYANCH IBORALAR: Menejment qonunlari, tamoyillar, iqtisodiy qonun, bozor boshqaruvi, yaxlitlash qonuni, boshqaruvni ixtisoslashtirish,difrensiylashtirish, professionalizm, mikroiqlim va korporativ, markazlashtirilgan tashkilotlar. Menejmentning qonun va qonuniyatlari. Iqtisod boshqaruvining qonun va qonuniyatlari ob'ektiv iqtisodiy toifadir. Ular boshqaruv jarayonining shaklini, tarkibini belgilaydi. «Qonun» va «qonuniyat» tushunchalari ommaviy va shaxsiy ma'noga ega. Qonun ko‘proq umumiy tushunchalarni aks ettiradi, qonuniyat esa — bu qonunni amal qilinishi, uning qismi, uning bir tomonidir. "Fanimizda «qonun» deganda turg‘unlik, ob'ektiv, zaruriy va ma'lum sharoitlarda takrorlanuvchi xodisalar, munosabatlar tushuniladi. Shunday qilib qonunlar ma'lum tuplamdagi xodisalar moxiyatini aks ettiradi. Qonuniyat hakida gapirilganda qonunni dastlabki etapini sezish ko’zda tutiladi, ya'ni avval qonunni topish, tushunish, xodisalardagi bir necha o’xshash sifatlarni yoki bog‘liklarni taxlil kilish, so’ngra u moxiyat, umumiylashtirilgan tushuncha sifatida aniqlanadi va tushuntiriladi. Boshqaruvni ixtisoslash qonuni. Boshqaruvni yaxlitlanish qonuni. Boshqaruvni zaruriy va yetarli markazlashtirish qonuni. Boshqaruvni demokratizatsiyalashtirish qonuni. Vakt qonuni (vaktni tejash). Bozor boshqaruviga tegishli umumiy qonunlar turiga quyidagilarni kiritish mumkin: Xozirgi zamon menejmenti quyidagi vazifaviy boshqaruv turlariga ega: |Kompaniyaning siyosatini boshqarish. Umumiy masalalarni boshqarish. Ishlab chiqarishni boshqarish. Operatsiyalarni boshqarish. Ko’tara savdoni boshqarish. Moliyani boshqarish. Marketing va sotuvni boshqarish. Xodimlarni boshqarish. Boshqaruvda yaxlitlanish o’zining quyidagi qismlari orqali namoyon bo’ladi: Menejmentning maqsadi yaxlitlanish omilidir. Maqsad barcha odamlarni mexnat jarayonida birlashtiradi. Boshqaruv mexanizmi muvozanatlashtirilgan usul va boshqaruv jarayoni. Menejmentdagi yaxlitlashish jarayonini belgilovchi omillarga yana uning ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy qismlari kiradi: Mikroiqlim va korporativ madaniyati (ushbu jamoadagi boyliklar tizimi) — korxonada, firmada barcha ishlovchilarni birlashishiga imkon yaratadi va ularni mexnatdagi faolligini oshiradi. Boshkaruv apparatini infrastrukturasi (ya'ni ijtimoiy- maishiy sharoitlar va ob'ektlar) o’ta quvvatli yaxlitlanish omili xisoblanadi, qachonki firma raxbariyati zaruriy diqqat e'tiborni qaratsa, aksincha infrastrukturani yomon tashkil qilsa boshqaruv samarasi firmada pasayadi. tizimni taraqqiyotini belgilovchidir. Boshqaruvda yaxlitlanish qonuni kibernetika kabi xukm suradi. Tizim xar xil xolatda bo’lishi mumkin. Yaxlitlanishni taraqqiyot jarayoni yangi xolatga o’tishga xarakat qiladi, ammo ma'lum chegara mavjud, undan keyin yaxlitlanishga karshi xolat boshlanishi mumkin. Ishlab chikarishni, savdoni, bank ishini boshqarish amaliyotida yaxlitlanishga qarshi xolat yaxshi yo’lga qo’yilgan menejment yangi muammolar bilan To’qnashsa, boshqaruvni ba'zi bir tomonlarini qayta ko’rib chiqish zarurati tug’ilsa, yangilik kiritish zarurati yuzaga kelsa, yangi xodimlarni tayyorlash kerak bo’lib qolsa yuzaga keladi. bu Yaxlitlanish Markazlashmaslikning ustuvorligi O’ta yirik tashkilotni markazlashtirib boshqarish qiyin, chunki katta xajmdagi axborot bunga yo’l qo’ymaydi. Qaror qabul qilish qiyinchiligi ham oshadi. Markazlashmaslik qaror qabul qilish xuquqini rahbarga yuklaydi, chunki u muammoga yaqin turadi, hammadan ko’ra uni yaxshi biladi. Markazlashmaslik yosh raxbarlarni vazifa bo’yicha tez ko’tarilishini hamda firma bilan birga o’sishini ta'minlaydi. Menejment turini tashkilotda, ya'ni u markazlashgan boshqaruv tarkibiga ega ekanligini, quyidagi tavsiflar bilan belgilash mumkin: Pastki saviya boshqaruv tomonidan qabul qilinadigan qarorlar soni.Keyinchalik past saviyadagi raxbarlar qarorining soni ko’p bo’lsa, shunchalik markazlashmaslik darajasi ko’p buladi. Qarorlarni muximligi. Pastki va o’rta saviyalarda muxim masalalar bo’yicha ko’plab qarorlar qabul qilinishi mumkin. Qo’l ostidagilarni ishi ustidan qilinadigan nazoratlar soni. Ko’prok markazlashtirilmagan tashkilotlarda oliy bo’g’in raxbarlari qo’l ostidagilarni yoki raxbarlarni kundalik qarorlarini kamdan-kam nazorat qiladilar, chunki qarorlar ko’pinchi to’gori qabul qilinadi. Taraqqiy topgan davlatlarda menejment qayta qurish jarayonini boshidan kechirmokda, ularda markazlashmagan boshqaruv tarkibi anik ko’zga tashlanadi. Boshqaruvni demokratizatsiyalash. Boshqaruv faqat shunda samarali bo’ladi, qachonki u odamlar manfaatiga to’g’ri kelsa. Buning uchun boshqaruv faqat haqiqiy ish ustalariniki emas, balki demokratik xam bo’lmog’i kerak (grekcha «demos» odamlar, xalq degani). Amalda ushbu qonun jamoada xukmronlar va bo’ysunuvchilar orasidagi o’zaro munosabatni aks ettiradi. Vaqt qonuni (vaqtni boshqaruvchi qonun). Vaqt qonuni yoki vaqtni iqtisod qilish bozor iqtisodining muhim qonuni xisoblanadi. Vaqt iqtisodiy toifaga aylandi, uning qiymati kompaniyaning faoliyatini hamma tomonini qamrab oladi (ishlab chiqarishni tezligi, kapitalni aylanishining tezligi, o’zgarishga munosabat va boshkalar). Vaqtdan yutish- bu o’zingizning raqobatchilardan vaqtni yutish, tezroq, yangi bozorlarni izlab topish, xammadan avval yangi maxsulot ishlab chiqarishga o’tish, boshqaruv tarkibini qayta qurishga ulgirish va boshqalar. Ushbu qonun bilan muvaffaqiyat sabablari (yoki aksincha yo’qotish) faqat bitta korxonada, kompaniyada emas, balki bir qator xolatlarda barcha iqtisod tizimi, davlat yoki region iqtisodi bog’liq. NAZORAT SAVOLLARI:
turiga nimalarni kiritish mumkin. 4. Xozirgi zamon menejmenti qanday vazifaviy boshqaruv turlariga ega. 5. Markazlashtirishning ustuvorligi deganda nimani tushunasiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. I.A. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish yo’lida. “O’zbekiston”, 1995 y. 2. S.S. G’ulomov. Menejment asoslari. “Sharq nashriyoti” T-2002 y. 3. Valijonov R, Qobulov O. “Menejment” Namangan 1997 y. 4. A. Ro’zmetov. Madaniyatda menejment va iqtisod asoslari. 5. S.S. G’ulomov. Tadbirkorlik va kichik biznez. Toshkent sharq 2002 y. 6. A. To’xtaboyev, A. Ergashev. Tashkiliy xatti-xarakatlar (xulq). Xayot nashriyoti. Andijon 2001 y. Download 138.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling