Mavzu: Menejment qonunlari va tamoyillari


Download 137.8 Kb.
Sana13.07.2023
Hajmi137.8 Kb.
#1660075
Bog'liq
1491295049 65989


Mavzu: Menejment qonunlari va tamoyillari
REJA:
  • Menejment qonunlari.
  • Menejmentda yaxlitlanish qonuni va uning qismlari.
  • Markazlashtirilgan tashkilotlar.
  • Boshqarish tamoyillari.

TAYANCH IBORALAR:
Menejment qonunlari, tamoyillar, iqtisodiy
qonun, bozor boshqaruvi, yaxlitlash qonuni,
boshqaruvni ixtisoslashtirish,difrensiylashtirish,
professionalizm, mikroiqlim va korporativ,
markazlashtirilgan tashkilotlar.
Menejmentning qonun va qonuniyatlari.
Iqtisod boshqaruvining qonun va
qonuniyatlari ob'ektiv iqtisodiy toifadir.
Ular boshqaruv jarayonining shaklini,
tarkibini belgilaydi.
«Qonun» va «qonuniyat» tushunchalari
ommaviy va shaxsiy ma'noga ega.
Qonun ko‘proq umumiy tushunchalarni
aks ettiradi, qonuniyat esa —
bu qonunni amal qilinishi,
uning qismi, uning bir tomonidir.
"Fanimizda «qonun» deganda
turg‘unlik, ob'ektiv, zaruriy va
ma'lum sharoitlarda takrorlanuvchi
xodisalar, munosabatlar
tushuniladi. Shunday qilib
qonunlar ma'lum
tuplamdagi xodisalar
moxiyatini aks ettiradi.
Qonuniyat hakida gapirilganda qonunni dastlabki etapini sezish ko’zda tutiladi,
ya'ni avval qonunni topish, tushunish, xodisalardagi bir necha
o’xshash sifatlarni yoki bog‘liklarni taxlil kilish, so’ngra u moxiyat,
umumiylashtirilgan tushuncha sifatida aniqlanadi va tushuntiriladi.
Boshqaruvni ixtisoslash qonuni.
Boshqaruvni yaxlitlanish qonuni.
Boshqaruvni zaruriy va yetarli markazlashtirish qonuni.
Boshqaruvni demokratizatsiyalashtirish qonuni.
Vakt qonuni (vaktni tejash).
Bozor boshqaruviga tegishli umumiy qonunlar turiga
quyidagilarni kiritish mumkin:
Xozirgi zamon menejmenti quyidagi
vazifaviy boshqaruv turlariga ega:
|Kompaniyaning siyosatini boshqarish.
Umumiy masalalarni boshqarish.
Ishlab chiqarishni boshqarish.
Operatsiyalarni boshqarish.
Ko’tara savdoni boshqarish.
Moliyani boshqarish.
Marketing va sotuvni boshqarish.
Xodimlarni boshqarish.
Boshqaruvda yaxlitlanish o’zining quyidagi qismlari
orqali namoyon bo’ladi:
Menejmentning maqsadi
yaxlitlanish omilidir.
Maqsad barcha odamlarni
mexnat jarayonida
birlashtiradi.
Boshqaruv mexanizmi
muvozanatlashtirilgan usul va boshqaruv
jarayoni.
Menejmentdagi yaxlitlashish jarayonini belgilovchi
omillarga yana uning ijtimoiy-psixologik va
ijtimoiy-iqtisodiy qismlari kiradi:
Mikroiqlim va korporativ madaniyati
(ushbu jamoadagi boyliklar tizimi) —
korxonada, firmada barcha
ishlovchilarni birlashishiga
imkon yaratadi va ularni
mexnatdagi faolligini oshiradi.
Boshkaruv apparatini
infrastrukturasi (ya'ni ijtimoiy-
maishiy sharoitlar va ob'ektlar)
o’ta quvvatli yaxlitlanish
omili xisoblanadi, qachonki
firma raxbariyati zaruriy
diqqat e'tiborni qaratsa,
aksincha infrastrukturani
yomon tashkil qilsa boshqaruv
samarasi firmada pasayadi.
tizimni taraqqiyotini belgilovchidir. Boshqaruvda yaxlitlanish
qonuni kibernetika kabi xukm suradi. Tizim xar xil xolatda bo’lishi
mumkin. Yaxlitlanishni taraqqiyot jarayoni yangi xolatga o’tishga
xarakat qiladi, ammo ma'lum chegara mavjud, undan keyin
yaxlitlanishga karshi xolat boshlanishi mumkin. Ishlab chikarishni,
savdoni, bank ishini boshqarish amaliyotida yaxlitlanishga qarshi
xolat yaxshi yo’lga qo’yilgan menejment yangi muammolar bilan
To’qnashsa, boshqaruvni ba'zi bir tomonlarini qayta ko’rib chiqish
zarurati tug’ilsa, yangilik kiritish zarurati yuzaga kelsa, yangi
xodimlarni tayyorlash kerak bo’lib qolsa yuzaga keladi.
bu
Yaxlitlanish
Markazlashmaslikning ustuvorligi
O’ta yirik tashkilotni
markazlashtirib boshqarish qiyin,
chunki katta xajmdagi
axborot bunga yo’l qo’ymaydi.
Qaror qabul qilish
qiyinchiligi ham oshadi.
Markazlashmaslik qaror
qabul qilish xuquqini rahbarga
yuklaydi, chunki u muammoga
yaqin turadi, hammadan ko’ra
uni yaxshi biladi.
Markazlashmaslik yosh
raxbarlarni vazifa bo’yicha tez
ko’tarilishini hamda firma
bilan birga o’sishini
ta'minlaydi.
Menejment turini tashkilotda, ya'ni u markazlashgan boshqaruv tarkibiga ega ekanligini, quyidagi tavsiflar bilan belgilash mumkin:
Pastki saviya
boshqaruv
tomonidan qabul
qilinadigan qarorlar
soni.Keyinchalik
past saviyadagi
raxbarlar qarorining
soni ko’p bo’lsa,
shunchalik
markazlashmaslik
darajasi ko’p buladi.
Qarorlarni
muximligi.
Pastki va
o’rta saviyalarda
muxim masalalar
bo’yicha ko’plab
qarorlar qabul
qilinishi mumkin.
Qo’l ostidagilarni
ishi ustidan
qilinadigan
nazoratlar soni.
Ko’prok markazlashtirilmagan tashkilotlarda oliy bo’g’in raxbarlari
qo’l ostidagilarni yoki raxbarlarni kundalik qarorlarini
kamdan-kam nazorat qiladilar, chunki qarorlar
ko’pinchi to’gori qabul qilinadi.
Taraqqiy topgan davlatlarda menejment qayta qurish jarayonini boshidan
kechirmokda, ularda markazlashmagan boshqaruv tarkibi
anik ko’zga tashlanadi.
Boshqaruvni demokratizatsiyalash. Boshqaruv faqat shunda samarali bo’ladi,
qachonki u odamlar manfaatiga to’g’ri kelsa. Buning uchun boshqaruv
faqat haqiqiy ish ustalariniki emas, balki demokratik xam bo’lmog’i kerak
(grekcha «demos» odamlar, xalq degani). Amalda ushbu qonun jamoada
xukmronlar va bo’ysunuvchilar orasidagi o’zaro munosabatni aks ettiradi.
Vaqt qonuni (vaqtni boshqaruvchi qonun).
Vaqt qonuni yoki vaqtni iqtisod qilish bozor iqtisodining muhim qonuni xisoblanadi.
Vaqt iqtisodiy toifaga aylandi, uning qiymati kompaniyaning
faoliyatini hamma tomonini qamrab oladi (ishlab chiqarishni tezligi,
kapitalni aylanishining tezligi, o’zgarishga munosabat va boshkalar).
Vaqtdan yutish-
bu o’zingizning raqobatchilardan vaqtni yutish,
tezroq, yangi bozorlarni izlab topish, xammadan avval
yangi maxsulot ishlab chiqarishga o’tish, boshqaruv tarkibini qayta
qurishga ulgirish va boshqalar. Ushbu qonun bilan muvaffaqiyat sabablari
(yoki aksincha yo’qotish) faqat bitta korxonada, kompaniyada emas,
balki bir qator xolatlarda barcha iqtisod tizimi, davlat yoki
region iqtisodi bog’liq.
NAZORAT SAVOLLARI:
  • Menejment qonunlari nimalardan iborat.
  • Menejmentda vaqt qonuni axamiyati.
  • Bozor boshqaruviga tegishli umumiy qonunlar

  • turiga nimalarni kiritish mumkin.
    4. Xozirgi zamon menejmenti qanday vazifaviy
    boshqaruv turlariga ega.
    5. Markazlashtirishning ustuvorligi deganda
    nimani tushunasiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. I.A. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish yo’lida.
“O’zbekiston”, 1995 y.
2. S.S. G’ulomov. Menejment asoslari. “Sharq nashriyoti” T-2002 y.
3. Valijonov R, Qobulov O. “Menejment” Namangan 1997 y.
4. A. Ro’zmetov. Madaniyatda menejment va iqtisod asoslari.
5. S.S. G’ulomov. Tadbirkorlik va kichik biznez. Toshkent sharq 2002 y.
6. A. To’xtaboyev, A. Ergashev. Tashkiliy xatti-xarakatlar (xulq).
Xayot nashriyoti. Andijon 2001 y.
Download 137.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling