Mavzu: menejment turlari
Download 0.68 Mb.
|
qodirov boshqaruv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejmentni turkumlash asoslari
- Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usuli.
- Menejer vazifalari Menejer
- Boshqaruv uslubi
- Rahbarga qo’yiladigan talablar
MAVZU: MENEJMENT TURLARI
Menejment (ingl. management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham menejment fani bilan chambarchas bogʻliqsir. Oʻzbekistonda menejment ning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14—15-asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fay-ol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruhga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejmentni turkumlash asoslari Bir tomondan, turkumlash uchun muhim bo’lgan omillarni oldindan tahlil qilish va ajratib olishga yordam bersa, boshqa tomondan menejmentning turli tiplari uchun mazkur omillarning lari uchun mazkur omillarning turlicha turlicha turlicha birikuviga asoslanadi. Bu aniq bir menejment tipining u asoslanadigan ma’lum omillarning rivojlanishi hisobiga nazariy, ham amaliy jihatdan rivojlanish imkoniyatini imkonini beradi. Mazkur turkumlashni qo’llash menejerga nima beradi? Mazkur turkumlashni qo’llash menejerga amaliy masalalarni xal etishda aniq bir masalaning shartlariga ko’proq mos keluvchi menejment tipini tanlash imkonini beradi. Bu bilan menejmentning eng maqbul usullarini qidirish uchun sarf qilinadigan vaqtni keskin qisqartirish va samaradorligini oshirish mumkin. Menejment turlari 2 ta belgi asosida aniqlanadi: darajasi va xizmat sohasi bilan.darajasiga ko’ra umumiy menejment barcha xo’jalik yuritish tizimi uchun taaluqlidir. U o’z ichiga 3 xil amaliy innovatsion va strategik menejmentni oladi. Amaliy menejment barcha boshqaruv sohalariga tarqalgan, innovatsion menejment va strategik menejment amaliy menejmentni amaliy menejmentni takomillashtirishga yo’naltirilgan boshqaruv faoliyatidan iborat. Xizmat sohasi bo’yicha ishlab chiqarish, moliya va sotuvda uchraydi, unda ishlab chiqarish, moliya va marketing menejmenti ya’ni sotuvni boshqarish va tovarlarni sotish, ishlab chiqarish texnologiyasi menejment sifatida aniqlashtiriladi. Ishlab chiqarish menejmentida 2 xil menejment turi bo’lishi mumkin: Ishlab chiqarishda hozirgi zamon texnika va texnologiyani yaratish, ishlatish bo’yicha texnik faoliyat. Ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solinishini ta’minlash, xarakatlarni tashkil etish va to’g’ri yo’lga solish bo’yicha texnik faoliyat. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usuli. Xo’jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo’llash bilan bog’liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni tuldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari. Xuquqiy aqtlarni xisobga olish va bajarishga asoslanadi. Davlat maxsus to’zilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma’muriy va tashkiliy jixatdan ta’sir utkazadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maksadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning xamkorlikdagi xarakati tartibga solinadigan ma’muriy xujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo’llash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi. Nima sababdan boshqaruvning ma’muriy-farmoyish usullari ma’muriy shakllar bilan kushib olib boriladi. Bu ko’p xollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy xuquqni qo’llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy boshqaruv usuli» tushunchasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli kulamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni urganish masalalarini xam kamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydilar, tashqiy tizim, boshqaruvning xar bir bo’g’ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, ishda tartib o’rnatadi, qaror. Farmoyishlarni bajaradi, qadrlarni tanlaydi va joy-joyiga kuyadi va x.k. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbaalari va yunalishlari bo’yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog’liq xolda ta’sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruxga bo’linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom. Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maksadi xamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va vakolatlarni taksimlash, tartib o’rnatish va x.k. Ma’muriy ta’sirning tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy reglamentlash va tashkiliy meyorlash turi mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va xar bir darajada boshqaruv chegaralarini aniqlash maksadida ta’sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib lavozimlar xaqida Nizomni ko’rsatish mumkin. Tashkiliy meyorlash xujjatlari vositasida xom-ashyo, materiallar sarfini meyorlash, maxsulotlar ishlab chiqarishga mexnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish texnikaviy va texnologik meyorlar (standartlar, meyorlar, qayta ishlov berish usuli, tartibi va x.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish meyorlari (maqbul ishlanma kulami). Ta’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi xujjatlarda ko’zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan xolda kundalik jadal boshqarish maksadida qo’llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maksadi boshqaruv apparatining aniq xarakati, boshqaruvning barcha bo’linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab berishdan iborat. Ta’sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, ko’rsatma va boshqa meyoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Buyruq - bu raxbarning kul ostidagi xodimlardan ma’lum vazifani bajarishni yozma yoki ogzaki ravishda alab qilishidadir. Buyruq fakat chiziqli boshqaruv tizimi raxbari tomonidan beriladi. Farmoyish - xodimlardan ayrim ishlab chiqarish va xo’jalik masalalarini xal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshlik o’rinbosarlari, xizmatlar boshliklari, ular ega bo’lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv amaliyotida qo’llaniladigan ta’sir qilish usullaridan biri - ogzaki ko’rsatmadir. Ta’sir qilish usullaridan biri - ogzaki ko’rsatmadir. Ta’sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi raxbarlar, lekin ko’pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada boshliklari, ustalar qo’llaydilar. Farmoyish vositasida ta’sir etish bajarish muddatlari bilan fark kiladi. buyruq va farmoyishlar o’zok yoki kiska muddatda muljallangan bo’ladi. Xar bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, kachon bajarilishi kerakligi belgilanadi. Ta’sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta’sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni ko’prok talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat qilingandan sung yana farmoyish bilan ta’sir etishga extiyoj tugiladi. Farmoyish usulining qo’llanish kulami boshqaruv qadrlari malakasi, tashabbuskorligi va kobiliyatiga bog’liqdir. Menejer vazifalari Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko`rgan bosharishning sir-asrorlari qonun-oidalarini chuqur biluvchi malakali muttaxasisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo’lib aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi. Boshqaruv funksiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishda zamonaviy menejer: rahbar – boshqaruvchi; rahbar – diplomat; rahbar – murabbiy; rahbar – inson; rahbar – innovator sifatida maydonga chiqadi. Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub – bu ishlash boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim boshqaruv uslubi; ish uslubi; rahbarning ish uslubi. Boshqaruv uslubi – bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuasidir. Ish uslubi – bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish maqsadida biror bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuasidir. Masalan: mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi; vazirlik, qo’mita, hokimiyatlarning ish uslubi; sud, prokuraturalarining ish uslubi; korxona, sexlarning ish uslubi; ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokazolar. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir. Rahbarga qo’yiladigan talablar Ma’naviy yetuklik: siyosiy yetuklik; huquqiy yetuklik; axloqiy yetuklik; ma’rifatchilik; madaniyatchilik; xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qodirlik; topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik; shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlariga bo’ysundirishga qodirlik; kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo’lish; tashabbus va ilg’orlikni qo’llab-quvvatlash qobiliyati; prinsiplik tanqidga va chidamli bo’lish, o’z-o’ziga tanqid qila bilish. Intizom va mehnatga bo’lgan munosabati: mehnatsevarlik; jamoa o’rtasida intizomni yo’lga qo’ya bilish; atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish; Bir noshud rahbarning beg’amligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta’sir etishi mumkin. Boqibeg’am bu toifa rahbarlarning shu uslubi bilan murosa qilib bo’lmaydi. ishni rejali olib bera bilish, rejasiz ishlagan rahbar xodimlar jamoasi oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffiqayatli bajara olomaydi. Bilim darajasi: iqtisodiyitni bilishi; texnika va texnologiyani bilishi; boshqarish ilmini, funksiyalarni va strukturasini bilish; istiqbolni bilimga qodirligi va h.k.
xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlay olishligi; qo’l ostidagilarni mehnatga o’rgatish va tarbiyalashni bilish; jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; maqsad sari intiluvchanlik; kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo’qotmaslik; Boshqarish samaradorligini ta’minlay olish. boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati; ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati; turli manbaalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati; rahbarlarni va qo’l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati; asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati; boshqaruv organi qarorlari bajarish ustidan nazoratini ta’minlay bilish; boshqarish strukturasini takomillashtirib berish qobiliyati va h.k. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling