Мавзу. Менежментнинг ривожланиш тарихи ва ҳозирги ҳолати режа


Download 357.78 Kb.
bet5/5
Sana09.02.2023
Hajmi357.78 Kb.
#1179282
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу Менежмент кириш (1)

Менежмент фани бошқариш тўғрисидаги билимлар мажмуидир. У ижтимоий, иқтисодий, ҳуқуқий, кибернетика ва бошқа фанлар билан алоқадорликда ўрганилади.
Менежмент, даставвал иқтисодий назария билан яқиндан боғлиқдир. У иқтисодий қонунларни билиб олишга ва уларга мос равишда бошқариш жараёнида иқтисодий усулларни қўллаб, ҳар бир ходимга ва жамоага таъсир кўрсатишга асосланади. Менежмент макроиқтисодиёт, микроиқтисодиёт, статистика, истиқболни белгилаш, меҳнат иқтисодиёти каби фанлар билан чамбарчас боғлиқдир.
Менежмент билан юридик фанлар қуйидаги ҳолларда намоён бўлади. Юридик фан бошқарув фаолияти қандай доирада амалга оширилиши лозимлигини, ҳуқуқий нормаларни қандай қўллаш ҳамда хўжалик юритиш жараёнида бошқарув органлари, раҳбарлар ва айрим кишиларнинг меъёрий ҳужжатлардан, қонунлардан фойдаланишини белгилаб беради.
Социология, психология ва меҳнат физиологияси бошқарув муаммоларини ишлаб чиқишда жуда катта рол ўйнайди.
Менежмент фани бошқаришнинг умумий қонуниятларини, бошқарув қарорларини қабул қилиш учун зарур бўлган ахборотларни идрок қилиш ва қайта ишлаш жараёнларини ўрганувчи кибернетика фани билан узвий боғлангандир. Кибернетика ютуқлари:
бошқарувдаги ахборот тизимини такомиллаштиришга;
бошқариш жараёнини компютерлаштиришга;
автоматлаштирилган бошқарув тизимини яратиишга кенг йўл очиб беради.
Қайд қилинган алоқадор фанларни мукаммал ўрганиш бошқаришнинг сирасрорларини чуқур англаш ва уларни самарали қўллашга имкон беради.



Maktab
nomlari

Namoyandalari

Turli maktablarning boshqaruv ta'limotiga
qo’shgan hissasi

1

Ilmiy
menejment
maktabi
1340-1400
yillar

Amir Temur

- Mamlakatni idora qilish va saltanatni
boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini
joriy qildi.
-XIV-XV asrlar voqealari va ijtimoiy
hayotni o’zida aks ettirgan qimmatli asar
Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda
bayon etilgan boshqarish yo’l-yo’riqlari,
qonun-qoidalari, pand-nasihatlari
O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash
yo’lida xizmat qilmoqda.
-Kuchli davlatni barpo etish, davlat
hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga
tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning
sifatlariga ko’ra tanlash va vazifalarga
tayinlash borasida amaliy jihatdan
mukammal bo’lgagn ta'limotni yaratdi.
-Buyuk davlat arbobi, dunyoviy
bilimlarning sohibi bo’lgan Sohibqiron
markazlashgan davlatni barpo etishi orqali
o’rta asrlarda buyuk shaxslar etishib
chiqishi uchun moddiy, g’oyaviy zaminni
yaratdi.

 

(1885-1920)
yillar

F. Teylor
G. Emerson va
boshqalar

- Vazifani bajarishning maqbul usullarini
topish maqsadida ilmiy tahlilni qo’llash.
- Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni
tanlash va uning o’qitilishini ta'minlash.
- Vazifani samarali bajarilishini
ta'minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan
ta'minlash.
- Yuqori mehnat unumdorligini ta'minlash
maqsadida xodimlarni muntazam
rag’batlantirib turish.

2

Mumtoz yoki
ma'muriy
menejment
(1920-1950)

A. Fayol, M.
Veber va
boshqalar

- Boshqaruv printsiplarini rivojlantirish.
- Boshqaruv funktsiyalarini bayon etish.
- Tashkilotni yalpi boshqarishda sistemali
yondoshuvni asoslash.

3

"Inson
munosabatlari"
maktabi (1950
yildan hozirgacha)

E. Meyo, R.
Laykert va
boshqalar

- Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida
o’zaro munosabatlardan qoniqish hosil
qiluvchi usullarni qo’llash.
- Kompaniyaning siyosati va istiqbolini
xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan
holda tashkil etish.

4

Miqdoriy
tizimli yoki
zamonaviy
menejment
(1950 yildan
hozirgacha)

G. Saymon,
P. Druker,
E. Deyl va
boshqalar

- Murakkab boshqaruv muammolarini
chuqurroq tushunish maqsadida turli
modellarni ishlab chiqish va qo’llash.
- Murakkab vaziyatlarning echimi bo’yicha
boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi
miqdoriy usullarni ishlab chiqish.

Download 357.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling