Mening oilam Oila deganda meni ko'z oldimga ota-onam, opa-ukam keladi. Bizning oilamiz dunyodagi eng baxtli oila deb bilaman, chunki meni ota-onam bor. Mening oilam 5 kishidan iborat.Biz oilamiz bilan ko’p vaqtimizni birga o’tqazamiz.Kechki ovqatdan so’ng hammamiz bir dasturxon atrofida bugungi kunimiz qanday o’tgani haqida suhbatlashib o’tiramiz.Oyim va adamdan kerakli maslahatlarni so’raymiz. Ular bizga xatolarimizni tushuntirib berishadi.Biz oilamizda 3 ta farzand bo’lsak ham hecham zerikmaymiz.Ukam sho’x bo’lganligi sababli u bilan ko’p tortishib turamiz.Lekin opam, ukam va men bir-birimizga doimo mehribonmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |