Odatda otani “Padari buzrukvor”, onani esa “Mehribon volida” deymiz. Chunki, har bir inson uchun otadan ulug` qadrdon, onadan mehribon va yaqin kishi yo`q. Ular siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig`idek asrab avaylab voyaga yetkazibgina qolmasdan hamma vaqt quyosh yanglig` hayotimizga nur ato etadilar, tunimizni yorug`, yo`llarimizni oydin qiladilar. Shu boisdan ham, eng go`zal dostonlar, eng yaxshi qo`shiqlar, eng yoqimli kuylar ana shu ulug` zotlarga bag`ishlangani bejiz emas . Parvardigorimiz, yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onangizga yaxshilik qilishimizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab o‘stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil!)”. («Al-Isro» surasi, 23–24 oyatlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |