Мавзу metall kesish stanoklarining tasnifi


Investitsiyalardan (kapital qo‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi


Download 220.32 Kb.
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi220.32 Kb.
#1228062
1   2   3
Bog'liq
Investitsiya – korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish vositasi sifatida

Investitsiyalardan (kapital qo‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

-yangi qurilish;
-korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
-ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.

Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash
  • Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish davlat, tashkilotlar va korxonalarning muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosining mohiyati – har bir birlikda moddiy, mehnat va moliyaviy xarajat evaziga ko‘proq hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar, foyda va milliy daromadga erishishdan iborat.
  • Eng avvalo “samaradorlik” va “samara” tushunchalarining mohiyati ustida to‘xtalib o‘tishimiz lozim. Iqtisodiy samara deyilganida, ishlab chiqarish hajmini, mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni ko‘paytirish yoki boshlang‘ich va joriy xarajatlarni kamaytirish tushuniladi. Ijtimoiy samara xalq farovonligini oshirish, ta’lim darajasini o‘stirish, bo‘sh vaqtni ko‘paytirish va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Samaradorlik (iqtisodiy va ijtimoiy) iqtisodiy yoki ijtimoiy samaraning unga erishishga sarflangan xarajatlarga nisbatidir.
  • Buni quyidagi tarzda ifodalash mumkin:

Ijtimoiy ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini baholashning mezoni bo‘lib ishlab chiqarish xarajatlari yoki ishlab chiqarishda qo‘llanilgan resurslarga nisbatan milliy daromadni maksimal ko‘paytirish hisoblanadi. Kapital qo‘yilmalar samaradorligi muammosi doimo dolzarb bo‘lgan va unga nafaqat fanda, balki amaliyotda ham katta e’tibor berilgan. Sobiq ittifoq Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida qator yillar davomida kapital qo‘yilmalari samaradorligini aniqlash sohasida ilmiytadqiqot ishlari olib borilgan.
Ijtimoiy ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini baholashning mezoni bo‘lib ishlab chiqarish xarajatlari yoki ishlab chiqarishda qo‘llanilgan resurslarga nisbatan milliy daromadni maksimal ko‘paytirish hisoblanadi. Kapital qo‘yilmalar samaradorligi muammosi doimo dolzarb bo‘lgan va unga nafaqat fanda, balki amaliyotda ham katta e’tibor berilgan. Sobiq ittifoq Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida qator yillar davomida kapital qo‘yilmalari samaradorligini aniqlash sohasida ilmiytadqiqot ishlari olib borilgan.
Natijada akademik T.S.Xachaturovning ilmiy rahbarligida kapital qo‘yilmalarining iqtisodiy samaradorligini aniqlashning Namunaviy (tipovoy) metodikasi1 va sohaga xarajatlarning samaradorligini aniqlashning vaqtinchalik metodikasi ishlab chiqilgan. Keyinroq, 1990 yillarda boshqa metodikalarni tayyorlash bo‘yicha urinishlar bo‘lgan, biroq ular muvaffaqiyatli chiqmaganligi uchun amaliyotda keng qo‘llanilmagan. T.S.Xachaturovning ilmiy rahbarligida ishlab chiqilgan va o‘sha vaqtdagi tegishli yuqori organlar tomonidan ma’qullangan va tasdiqlangan kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning Namunaviy (tipovoy) metodikasi keng qo‘llanilgan va undan hozirgi vaqtda ham foydalanilmoqda.


Download 220.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling