Мавзу metall kesish stanoklarining tasnifi
Investitsiya – korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish vositasi sifatida
Reja:
1. Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo‘nalishlari.
2. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash.
3. Investitsiyalar korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli huquqiy asoslar yaratilgan boʻlib, kafolat va imtiyozlarni oʻzida aks ettiruvchi bir qancha meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investitsiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda tutuvchi normalar belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, mamlakatimizda hukm surayotgan siyosiy barqarorlik hamda boy tabiiy mineral resurslarning mavjudligi investitsiya muhitini rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi
Investitsiyalarning ichki manbaalari quyidagilar:
- ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;
foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;
- sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;
- korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar;
yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida ajratiluvchi mablag‘lar;
- xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar
Investitsiyalarning tashqi manbaalari quyidagilar:
Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar:
markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘g‘ridanto‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;
davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |