Mavzu: Metall konstruksiya brikmalari. Payvand birikmalar. Reja


Download 83.33 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi83.33 Kb.
#1613551
  1   2   3   4
Bog'liq
Metall konstruksiya brikmalari. Payvand birikmalar


Mavzu: Metall konstruksiya brikmalari. Payvand birikmalar.
Reja:

    1. Payvandlash usullari haqida qisqacha ma’lumot.

    2. Elektr yoyi yordamida avtomatik tarzda payvandlash.

    3. Elektroshlak usuli bilan payvandlash.

    4. Himoyalovchi gazlar muhitida payvandlash.

    5. Gaz alangasida payvandlash.

    6. Payvand birikmalarini turlari.

Metall konstruksiyalar alohida elementlarni o‘zaro biriktirish natijasida yasaladi. Hozirgi vaqtda metall konstruksiyalarning elementlari ikki xil usulda biriktiriladi: qizdirib chekkalarini eritib payvandlash usullari bilan ѐki sovuq holatda parmalab teshib boltlar ѐki parchin mixlar ѐrdamida.


Payvandlash usullari haqida qisqacha ma’lumot

Payvandlash yo‘li bilan turli xil profillardan foydalangan holda xilma-xil konstruksiyalarni yaratish mumkin. Payvandlash usullarini, asosan ikki guruhga bo‘lish mumkin: biriktirilaѐtgan detallarni eritib payvandlash va qizdirib bosim bilan payvandlash.
Metallarni payvandlash uchun issiqlik quvvatining manbai sifatida elektr ѐyi ѐki gaz alangasidan foydalaniladi. Ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra payvandlashning quyidagi xillari mavjud: qo‘lda payvandlash, yarim avtomatik va avtomatik usullarda payvandlash.
Metallni elektr ѐyi ѐrdamida payvandlash X1X asrning oxirida rus muhandislar N.N.Benardos va N.G.Slavyanov tomonidan kashf etilib, butun dunѐga keng tarqaldi. Elektr ѐyi ѐrdamida payvandlash quyidagicha amalga oshiriladi. Biriktiriladigan qismlarning uchlariga elektrod yaqinlashtirilganda elektr ѐyi xosil bo‘lib, undan katta miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi va bu issiqlik elektrodni eritib uning qismga ko‘chib o‘tishiga ko‘maklashadi. Qismning elektrodga yaqinlashgan joyi ham suyuqlanib eriy boshlaydi. Natijada, qismlar orasidagi bo‘shliq elektrod metalli bilan to‘ladi va qismlar yaxlit elementga aylanadi.
Payvandlash paytida chok metaliga havodan zararli gaz moddalari aralashmasligi uchun elektrodning sirti maxsus himoyalovchi modda bilan qoplangan bo‘ladi. Elektrod suyuqlanganda mazkur moddadan ko‘p miqdorda gaz ajralib chiqib, chok atrofidagi havoning metallga aralashishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday tadbir ko‘rilmasa, havo tarkibidagi kislorod va azot suyuq metallga qo‘shilib, chokning sifatini pasaytirib yuboradi. Qurilishda ayniqsa montaj ishlarni bajarishda universalligi va noqulay bo‘lgan joylarda ham payvandlash ishlarni bajarish imkoniyati borligi uchun qo‘lda payvandlash usuli bilan payvandlash juda keng tarqalgan.
K a m ch i l i g i – asosiy po‘latni erish qalinligi kamligi va unumdorlikning pastligi, sababi tokning kuchi kamligida.
Elektr yoyi yordamida avtomatik tarzda payvandlash

Bu usulda elektr ѐyini boshqarish elektrod va flyusni yetkazib berish va payvandlovchi aravachani chok bo‘ylab harakatga keltirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Elektr ѐyi payvandlanaѐtgan buyum bilan elektrod simi orasida hosil bo‘ladi. Ajralib chiqqan issiqlik ta’siri natijasida flyus qatlami ostida suyuq metall vannasi hosil bo‘ladi. Bunda ѐy, flyus qatlami ostida ѐnadi, demak payvandlash jaraѐni havosiz muhitda olib boriladi. Bunday payvandlashda yuqori sifatli tekis sirtga ega bo‘lgan kumush rangli payvand chok hosil bo‘ladi; po‘lat eritmasi juda toza va sifatli chiqadi. Ishlatiladigan katta kuchli tok (600-1200 A) va eritilgan po‘latning issiqligini saqlash imkoniyati borligi sababli elementlar birikmasi juda chuqur va mustahkam xamda unumli bo‘ladi.
K a m ch i l i g i – tik va shift holatda hamda noqulay bo‘lgan joyda bu usul bilan payvandlashni bajarish imkoniyati yo‘qligi.
Elektroshlak usuli bilan payvandlash

Bu usul ayniqsa tik bo‘lgan tutashish choklarini payvandlash bajarishda avtomat mexanizmlar ѐrdamida bajariladi. Elektroshlak usuli, payvandlanadigan elementlarning qalinligi 20mm dan ortiq bo‘lganda qo‘llaniladi. Elementlarning bir biriga biriktirilishi toza sim orqali va eritilgan shlak ostida o‘tadi. Shu usul bilan bajariladigan choklar juda sifatli, toza va mustahkam bo‘lib chiqadi.
Himoyalovchi gazlar muhitida payvandlash

Payvandlashning bu usuli suyuqlanuvchi elektrod ѐrdamida yarim avtomatik tarzda bajariladi, payvandlovchi kallakka qayishqoq shlang orqali elektrod va karbonat angidridi gazi uzatiladi. Karbonat angidridi gazi ѐyning ѐnish doirasidan havoni siqib chiqarib, suyuqlangan metalni kislorod va azot ta’siridan himoya qiladi.
Choklar sifatli chiqadi faqat tashqi ko‘rinishi notekis bo‘ladi. Avtomatik usul bilan bajarishga qaraganda, unumdorligi 15-20% gacha yuqoriroq. Bu usul bilan payvandlashning kamchiliklari: po‘latdagi uglerod ko‘payishining havfi bor, kallakni sovitish uchun suv bo‘lishi sharti, ishchilarni ham ѐyni ham gazni ta’siridan asrash kerakligi.
Gaz alangasida payvandlash

Payvandlashning ushbu usulida biriktiriladigan elementlar ѐnuvchi gazlar (asetilen, tabiiy gaz, kerosin va benzin bug‘lari) ѐrdamida qizdirilib ularning payvandlanadigan joyi suyuqlangandan keyin, ѐnaѐtgan alangaga metall sim kiritiladi. Bu sim asosiy elementlarni qirralaridagi metali bilan birga suyuqlanib, bir butun yaxlit birikma hosil qiladi.
Payvand birikmalarning turlari

Payvand birikmalarda elementlar tutash va ustma-ust ulangan bo‘ladi. Ba’zan bu ikki xil usuldan aralash foydalanish ham mumkin. Chokning tuzilishiga ko‘ra tutash va burchakli bo‘ladi. Elementlarning payvandlanadigan qirralariga ilgaridan ishlov berish turiga qarab V- shaklli, K-shaklli, X-shaklli va U-shaklli choklar bo‘ladi.


Rasm 11.1 Tutash birikmlarning shakllari



Rasm. 11.2. Burchak chokli payvand birikmaning hisobiy kesimlari.



      1. Chok metalli bo‘yicha; 2.Erish chegarasi metalli bo‘yicha.


Download 83.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling