Mavzu: Metall konstruktsiyalar birikmalari Reja


Aralash payvand birikmalarini hisoblash


Download 46.83 Kb.
bet3/3
Sana27.10.2023
Hajmi46.83 Kb.
#1726794
1   2   3
Bog'liq
METALL KONSTRUKTSIYALAR BIRIKMALARI

Aralash payvand birikmalarini hisoblash. Agar payvand birikma bir necha xil choklar (ustma-uch, yon chok va old chok)dan tashkil topgan bo’lsa, bo’nday birikma aralash payvand birikma deb ataladi.

13-rasm, a da detallarni ustma-ust payvandlashda yon chok va old choklar ko’rsatilgan. SHartli ravishda, bunday chokli birikmalarda kuchlanish qirqilish sirtlari bo’ylab tekis taqsimlangan deb qabul qilinadi. Bunda kuchlanishni (5.6) va (5.7) ifodalardan foydalanib tekshirish mumkin.


13-rasm. Aralash birikmalarni hisoblash: a- ko’ndalang va yonbosh choklar; b- burchakli va uchma-uch choklar.
13-rasm, b da uchma-uch payvandlangan detallarning qoplamalar yordamida mustaxkamlangan aralash birikmasi ko’rsatilgan. Bunday xildagi birikmalarni hisoblashda qoplamalar va uchma-uch choklarning ko’ndalang kesim yuzasida kuchlanish bir xil deb qabul qilinadi.


PAYVAND BIRIKMALARGA KO’YILADIGAN

KONSTRUKTIV TALABLAR

Yuqori sifatli payvand chok xosil qilish uchun, payvandlash usuli va texnologiyasini hisobga olgan xolda, payvand qilinishi kerak bo’lgan joylarga payvandlovchi uskunaning oson (boshqa elementlaning xalaqitisiz) o’rnatilishini ta’minlash zarur. Avtomatik va yarim avtomatik payvandlash usullarida mazkur vazifani amalga oshirish payvandlash uskunasining o’lchamlari bilan belgilanadi. Payvandlash uskunasining bevosita ish bajaruvchi qismlari payvandlash texnologiyasi talabiga binoan payvand choklarni bajara olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Ma’lumki, payvand chok metalning xaroratlari xar xil bo’lganligi tufayli, shuningdek , chok hamda chok atrofidagi metallning turlicha tezlik bilan sovishi natijasida, shu sohada, xali birikmaga tashqaridan yuk qo’ymasdan turib, ichki kuchlanishlar paydo bo’ladi. Ularni biz payvand chokning xususiy kuchlanishlari deb ataymiz. Keyingi zaruriy konstruktiv shartlardan biri payvand chokida xosil bo’ladigan ana shu xususiy kuchlanish va deformatsiyalarni mumkin qadar kamaytirishga erishishdan iborat. Buning uchun metall qurilmadagi payvand choklarning umumiy xajmiy miqdorni iloji boricha kamaytirish kerak, ya’ni qabul qilinadigan choklar kichik qalinlikka ega bo’lishi, iloji boricha choklar kesishuviga, parallel choklarni bir - biriga juda yaqin joylashtirishga yul qo’ymaslik lozim. Uchma-uch chokning qalinligi biriktiriladigan elementlarning eng yupqasining qalinligidan oshmasligi kerak. Burchakli chokning qalinligi 4 mm dan kam bo’lmasligi shart. Burchakli chokning eng katta qalinligi ga teng qilib olinadi ( -biriktiriladigan detallarning eng yupkasining qalinligi).


Qo’lda elektr payvandlash usulida bir marta o’tishda qalinligi 8 mm gacha bo’lgan chok hosil qilish mumkin. Bundan qalinrok choklarni ko’p qavatli chok quyish usuli bilan xosil qilinadi. Bu qurilma tarkibida bir necha xil qalinlikka ega bo’lgan choklarni bajarish payvandlash ishlarini murakkablashtirib yuboradi, qo’shimcha mehnat talab qiladi. SHu sababli choklarning qalinliklari 2-3 xildan oshmasligi kerak.
Burchakli choklarning boshi va oxirida kuchlanishlar to’planishining ta’siri keskin oshishi sababli chok uzunligi yoki 40 mm dan kichik bo’lmasligi kerak. Yon choklarning uzunligi ham chegaralangan, ular dan katta bo’lmasligi kerak. CHoklarning chizmalarda ko’rsatilgan konstruktiv uzunliklari hisob bo’yicha olingan uzunliklarga qaraganda 10 mm kattaroq qilib olinadi. Bunday qilishdan maqsad chokning boshi va oxirida vujudga kelishi mumkin bo’lgan ishlovsiz ( payvandlash boshlanishida asosiy metall bilan payvand chokdagi metall o’zaro qo’shilishi yetarli bo’lmaydi, payvandlash oxirida esa chokda to’liqsiz sohachalar hosil bo’ladi) sohaning o’rnini to’ldirishdir. Uchma-uch choklarda chokning boshi va oxirini maxsus qoplamaga chiqarish va keyin ortiqcha qismini kesib tashlab, birikma qirrasini tozalash tavsiya etiladi. Burchakli bo’ylama va ko’ndalang payvand choklarning katetlari nisbati 1:1 bo’lishi kerak.
Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling