Mavzu: metallarni bosim ostida ishlash. Reja: Konstruksion metallar


Download 1.51 Mb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi1.51 Mb.
#1058384
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu



MAVZU: METALLARNI BOSIM OSTIDA ISHLASH.
Reja:
1. Konstruksion metallar
2. Preslash va bolg‘alash
3. Shtamlash va payvandlash


Konstruksion materiallar — kuch qabul qiladigan, nagroʻzka tu-shadigan, konstruksiya detallari tayyorlanadigan, fizik, mexaniq va kimyoviy xossalari yaxshi boʻladigan materiallar.
Metall, metallmas va kompozitsion, kuymabop xillari bor. Metall Konstruksion materiallar ichida poʻlat eng keng tarqalgan; boʻlardan tashqari choʻyan, alyuminiy qotishmalari, berilliy qotishmalari, volfram qotishmalari, magniy qotishmalari, titan qotishmalari, xrom qotishmalari va boshqa ham Konstruksion materiallarga taalluqli.
Texnologik alomatlari boʻyicha, deformatsiyalab (prokatlab, presslab, shtamplab) olinadigan, quyib, payvandlab, pishirib, yelimlab tayyorlanadigan materiallarga; ishlatilish sharoitiga koʻra, normal, past va yuqori temperaturalarda ishlatiladigan (olovbardosh qotishmalar, olovbardosh beton) materiallarga; strukturasiga koʻra, ferritli, austenitli poʻlatlar; mustahkamlash turiga koʻra, toblanadigan, yaxshilanadigan, dispersli-mustahkamlanadigan (qiyin eriydigan dispers zarrali), eskirtiriladigan, mustahkamlik koʻrsatkichi boʻyicha (mustahkamligi yuqori poʻlat va choʻyanlar) turlarga boʻlinadi.
Konstruksion materiallarning mexaniq xossalari (konstruksiyasi mustahkamligi, oʻtga chidamliligi, qovushoqligi, olovbardoshligi, korroziyaga chidamliligi va boshqalar) ularning sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi.
Metall Konstruksion materiallar ga termik ishlov berib, ularning plastikligi oshiriladi. Katta nagruzkada ishlaydigan detallar qayta eritilgan poʻlatlardan tayyorlanadi. Mashinasozlikda tirsakli val, tishli gʻildiraklar va 1200° gacha temperaturada ishlovchi detallar tayyorlashda choʻyan keng qoʻllaniladi.
Nikelli va kobaltli krtishmalar 1000— 1100° gacha temperaturada mustahkamligini saqlaydi; ular aviatsiya va raketa dvigatellari tayyorlashda, alyuminiy qotishmalari (mustahkamligi 550—750 Mn/m2) samolyot, vertolyot, raketa korpuslarini tayyorlashda qoʻllaniladi. Titan krtishmalarining mustahkamligi 1600 Mn/m2 dan ortiq boʻlib, kompressor, aviatsiya dvigatellari, tibbiyot asboblari yasashda ishlatiladi.
Metallmas Konstruksion materiallar ga beton, oʻtga chidamli materiallar, plastmassalar, shisha, sopol, rezina va yogʻoch materiallar kiradi. Ular samolyotsozlik, raketasozlik, mashinasozlik, radiotexnika va kemasozlikda qoʻllaniladi. Kompozitsiyey Konstruksion materiallar: ip, sim, ipsimon kristallar, qiyin eriydigan birikma va boshqa[1]
Konstruksion materiallar quyidagi metallar asosida tayyorlanadi: magniy, alyuminiy, titan, xrom, vannadiy, marganec, temir, kobolt, nikel, mis, rux, qalay, qo‘rg‘oshin va boshqalar. Konstruksion materiallar sifatida ishlatiladigan metallar va ularning qotishmalari engil qiyin yoki oson suyuqlanuvchan, mustaxkam, edirishga chidamli, korroziyaga chidamli kabi talablarga ega bo‘lishi kerak.
Hozirgi zamon texnikasining mashinalar, stanoklar, samoletlar, avtomobillar, temir yo‘l vagonlari, og‘irligini ularning puxtaligiga putur etkazmagan holda engillashtirishga imkon beradigan metallarga talabi katta. Texnika mutaxasislari solishtirma og‘irligi kichik bo‘lgan metallrdan kengroq foydalanish ustida tinmay ish olib bormoqdalar.
Biroq, asosan magniy o‘ta engil (solishtirma og‘irligi 1,74) qotishmalar tayyorlash uchun keyingi vaqtlarda tobora kengroq qo‘llanilyapdi. Bunday qotishmalar asbob – uskunalarning og‘irligini alyuminiy qotishmalaridan ko‘ra yana ham engillashtirish imkonini beradi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling