Xrom – er po‘stlog‘ida 0,2% bo‘lib, uning xromli temir tosh tarkibli rudasi majud (Fe0Cr203).
Ishlatilishi. Metallarni xromlashda (korroziyaga qarshi) po‘latni legarlashda ishlatiladi. U po‘lat tarkibida bo‘lsa, bunday po‘lat korroziyaga chidamli bo‘lib, qattiqligi oshadi.
Marganec. Er po‘stlog‘ini 0,1% ni tashkil qiladi. Tabiatda Mn02, Mn304, Mn203 holida uchraydi.
Marganec marganec sulfatni elektroliz qilib, uning oksidlaridan kremniy yordamida qaytarib olinadi.
Ishlatilishi. Asosan po‘latni legarlashda ishlatiladi. Tarkibiga 15% marganec qo‘shilgan po‘lat yuqori qattiqlikka va mustaxkamlikka ega bo‘ladi. Bunday po‘latdan temir yo‘l relslari tayyorlanadi.
Mn+Cu+Ni=Magnanin qotishmasi elektrotexnikada ishlatiladi.
Uning KMn04 birikmasi medicinada, kimyo sanoatida va xo‘jaliklarda turli maqsadlarda qo‘llaniladi.
Temir. Er po‘stlog‘ining 4% ni tashkil yetadi. Oksidlar, sulfidlar va boshqa birikmalar holida uchraydi. Temirdan cho‘yan va po‘lat ishalab chiqariladi.
Ishlatilishi. Temir paravoz, elektrovoz, vagon, troleybus, avtomobil, traktor, mashinalar, shaxtalarning jixozlari va boshqa buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Shahar va qishloqlarda temirbeton uylar va maishiy muassasalar qurilishida keng iste’mol buyumi siffatida ishlatilmoqda.
Kobalt. Er po‘stlog‘ida 0,004 % ni tashkil yetadi.
Ishlatilishi. Kobalt qotishmalar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Uning qotishmlari isiqlikka chidamli bo‘ladi. Undan magnitlar tayyorlanadi. Kesuvchi asboblar tayyorlanadi. Shisha sanoatida shishaga rang berishda ishlatiladi.
Nikel. Er po‘stlog‘ida 0,01% tashkil yetadi.
Ishlatilishi. Nikel qattiq metall bo‘lib, magnitga tortiladi. Korroziyaga chidamli. Atmosferaga, suvga, ishqor va kislotalarga chidamli. Bunga sabab u oksid qavati bilan qoplanadi. Nikel, temir, mis, rux kabi metallar bilan qotishma hosil qiladi. Uning qotishmalari issiqlikka chidamli, magnit xossasiga ega bo‘lib, undan reaktiv dvigatellari va trubinalari ishlab chiqariladi. Nixrom tarkibida 80% nikel, 20% xrom bo‘ladi. Metallarni nikellashda, katalizator sifatida, akkumulyatorlarda hamda kimyoviy idishlar tayyorlashda ishlatiladi.
Mis. Er qobig‘ida 0,01% bo‘ladi. Erkin holida va birikmalar holida uchraydi. Inson misdan juda qadimdan foydalanib keladi. Misrliklar eramizdan 4ming 5ming yil avval ham mis qazib oliib ishlatganlar, xatto ular misga qalay qo‘shib, bronza hosil qilganlar.
Ishlatilishi. Elektrotexnikada, qotishmalar tayyorlashda, mashinasozlikda, kimyo sanoatida, shisha sanoatida, qishloq xo‘jaligida, kosmonavtikada va boshqa sohalarda ishlatiladi. Mis bioelementlar qatoriga kiradi. Xujayra ichida u tezlatgich rolini o‘ynaydi. Mis kamaysa, insonda kamqonlik kasaligi boshlanadi. Undan lotun, bronza va boshqa qotishmalar ishlab chiqariladi. Latun 45% rux va 55% misdan iborat. Biroq, uning tarkibida oz miqdorda temir, alyumiiy, qalay, kremniy bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |