Mavzu: Meva ekinlarining tashqi omillarga bo‘lgan talabi Reja


Bodom - qurg‘oqchilikka chidamli, kuruq toshloq tuproqlarda erkin o‘sa oladi. Anor


Download 22.6 Kb.
bet4/4
Sana16.02.2023
Hajmi22.6 Kb.
#1203683
1   2   3   4
Bog'liq
3-ma`ruza

Bodom - qurg‘oqchilikka chidamli, kuruq toshloq tuproqlarda erkin o‘sa oladi.
Anor - qurg‘oqchilikka chidamli. Ammo uni suv bilan yaxshi ta’minlangan yerlardagina o‘stirish mumkin. Suv yetishmasligi ayniqsa, iyuldan oktabrgacha bo‘lgan davrda hosildorlikni kamaytiradi, mevalarning sifati pasayadi.
Anjir - qurg‘oqchilikka chidamli, biroq quruq tuproqlarda novdalar yaxshi o‘smaydi va mevalari kam bo‘ladi. Bu mevalarning bir qismi quriydi va yetilmasdan to‘kilib ketadi.
Xurmo – qurg‘oqchilikka nisbatan chidamli. Yaxshi o‘sishi va hosil berishi uchun ko‘p sug‘orishni talab etadi.
Chilonjiyda (unabi) - qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik.
Rezavor mevalar - qulupnay, malina, qora smorodina namsevar hisoblanadi.
Meva va rezavor mevalarninng hayot kechirishi uchun havo, ayniqsa kislorod va karbonat angidrid katta ahamiyatga ega.
Urug‘li mevalarning mevalari, danak mevalilardan esa o‘rik, shaftoli, olxo‘ri shamoldan ancha zarar ko‘radi (to‘kiladi). Olcha, bodom, yong‘oq mevalari shamolga ancha chidamli hisoblanadi. Navlarning chidamliligi ham har xil. Yirik mevalar ko‘proq to‘kiladi. Urug‘li mevalardan olmaning Renet Simirenko, Delishes, Jonatan, Parmen zimniy zolotoy, nok navlaridan esa Bere Bosk, Olivye de Serr, Lyubimitsa Klappa shamol ta’siriga ancha chidamli hisoblanadi. Kandil Sinap, oq Rozmarin olma navlari, Bere Ardapon, Bere Dil, Bere Ligelya, Dekanka zimnyaya nok navlari shamoldan to‘kiluvchan hisoblanadi.
Tuproq tarkibidagi havo o‘simliklarning hayoti uchun katta ahamiyatiga ega. Bu yerda u suv bo‘lmagan hamma teshikchalarni to‘ldiradi, tuproq havosida karbonat angidrid gazi atmosferadagiga nisbatan ancha ko‘p, kislorod esa bir oz kam bo‘ladi.
Tuproq aeratsiyasi yomon bo‘lganda ildiz tukchalari quriydi va bu bilan o‘simlikning ildizi ham yer ustki qismi zararlanadi. natijada barglar xlorozi, shoxlarning qurishi va nekrozi yuz berishi mumkin.
Tuproq aeratsiyasini yaxshilash uchun yer maxsus pluglar bilan haydaladi, tuproq chuqur yumshatiladi, begona o‘tlarga qarshi kurashiladi va organik o‘g‘itlar beriladi.
Meva o‘simliklari ildiz tizimining o‘sishi va tuproqda joylashish xarakateri tuproq tipi, tarkibi va unumdorligiga bog‘liq. Meva o‘simliklarining ildizlari anchagina chuqurlikka kirib boradi, shuning uchun tuproqning yuqori qatlamlarigina emas, balki ona jins (haydalma qavati osti) qatlamining ham ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish kerak.
Tuproq zichlashib, aeratsiya yaxshi bo‘lmaganda, oksid birikmalar o‘simlikka zararli hisoblangan chala oksidlarga aylanadi.
Tuproq aeratsiyasiga, ayniqsa, bodom, o‘rik, shaftoli, anjir, gilos, ko‘proq jiyda, smorodina esa kamroq talabchan hisoblanadi. Tuproq aeratsiyasi chuqur haydash va tuproqni yumshatish bilan yaxshilanadi.
Tuproq osti qatlami yengil kumli va tosh shag‘alli yerlarda ham meva o‘simliklar yaxshi o‘smaydi. Chunki, bunday tuproqlar suvni tez o‘tkazib yuboradi, tez-tez sug‘orishni talab etadi va oziq moddalar oson yuvilib ketadi.
Tuproq eritmasi reaksiyasiga nisbatan meva daraxtlar uch guruhga bo‘linadi. Rezavor mevalar uchun nordon va biroz nordon tuproqlar (rH 4,6-5,7); sitrus hamda urug‘ mevalilar uchun bir oz nordon va neytral tuproqlar (rH-6-7); danak mevalilar, ayniqsa o‘rik, urug‘mevalilardan behi uchun kam ishqorli tuproqlar yaxshi hisoblanadi.
Tegishli agrotexnologik usullarni qo‘llaganda meva va rezavor- meva ekinlari O‘zbekistonning barcha tuproqlarida o‘sadi. Botqoqlashgan, botqoq, tosh shag‘alli hamda sho‘rlangan tuproqlar melioratsiya tadbirlarisiz kam yaroqli hisoblanadi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan, mexaniq tarkibi yengil va o‘rtacha qumoq, lyossimon bo‘z tuproqlar, shuningdek, o‘tloq tuproqlar eng yaxshi tuproqlar hisoblanadi.
Olma - mexaniq tarkibi har xil bo‘lgan turli tipdagi tuproqlarda o‘sadi; to‘q tusli bo‘z turoqlarda mo‘l hosil beradi. Tosh – shag‘alli qatlam yuza joylashgan yerlarda yomon o‘sadi, kam hosil beradi, organik o‘g‘itlar hamda tez-tez sug‘orishga talbchan bo‘ladi. Tuproq sho‘riga chidamsiz. Yer osti suvlar chuqur joylashgan o‘tloq-botqoq yerlarda yaxshi o‘sadi.
Nok - unumdor, yumshoq, namni yaxshi saqlaydigan, haydalma qavati ostki qatlamining suv o‘tkazish xossasi yaxshi bo‘lgan tuproqda yaxshi o‘sadi.
Behi - qumoq, o‘tloq-toshloq tuproqlarda yaxshi o‘sadi va hosil beradi.
O‘rik, olcha, shaftoli, gilos - har xil tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Quruq sho‘rlangan va botqoqlangan tuproqlarga chidamsiz.
Bodom - toshlok, loy tuproqli hamda qumoq tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Anor, anjir - unumdor, qumoq, bo‘z, suvni yaxshi o‘tkazadigan tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Xurmo - zaxi qochirilgan, sizot suvi chuqur bo‘lgan unumdor soz tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi.
Qulupnay, malina, smorodina - organik moddalarga boy, havoni yaxshi o‘tkazadigan nam tuproqlarda yaxshi o‘sib yuqori hosil beradi.


Muhokama uchun savollar:
Tashqi muhit omillariga nimalar kiradi ?
Iqlim omillarining (yorug‘lik, namlik, issiqlik, havo, shamol va h.z.) meva ekinlari o‘sish va rivojlanishiga ta’siri qanday ?
Tuproq omillarining meva ekinlariga ta’sirini ayting ?
Eng issiqsevar, sovuqqa chidamsiz meva ekinlari qaysilar ?
Eng namsevar, qurg‘oqchilikka chidamsiz meva ekini qaysi ?
Download 22.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling