Mavzu: mevalarning tuzilishi va xilma-xilligi, klassifikatsiyasi talabalarga meaning tuzilishini bilan tanishtirish. Reja
Download 21.94 Kb.
|
1 2
Bog'liq9 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar.
2. Meva va urug‘larning tarqalishi.
Meva va urug‘lar pishib yetilgandandan so‘ng o‘simlikdan uzilib bir qismi yerga tushadi va bir qismi yerga tushmasdan biron yo‘l bilan tarqaladi. O‘simliklarni diasporalari (yunon. diaspero-sochilmoq ) tabiiy ravishda o‘simlik tanasidan ajralib, ko‘payish uchun xizmat qiladi. Diasporalar (spora, urug‘, meva va boshqalar) vositasi bilan tarqaladi. Diasporalarni tarqalishi asosan ikki xil usul bilan bo‘ladi: 1. Avtoxor (yunon. avtos-uzish, xoreo-tarqalaman) meva va urug‘larning o‘zlari tomonidan tarqalishi, bunday o‘simliklar avtoxor o‘simliklar deb ataladi. 2. Alloxor (yunon. allos-boshqa, xoreo-tarqalaman) – turli vositalar orqali (suv, shamol, qushlar, hayvonlar va odam) tarqaladi. A v t o x o r l a r n i meva va urug‘lari, odatda, yaqinga, ko‘pi bilan1-2 m nariga sochiladi. Avtoxorlar ikkiga: mexanoxorlarga va baroxorlarga bo‘linadi. Mexanoxorlarning ko‘pchiligi ko‘sak va qo‘zoqning yorilishi vositasi bilan urug‘lari undan otilib sochiladi (masalan, binafsha, lola va boshqalar). Ba’zi o‘simliklarning mevalari pishgan vaqtda meva ichida kuchli bosim hosil bo‘ladi va meva yorilgan vaqtda unda urug‘lari zarb bilan sochiladi, ayni vaqtda charsillagan ovoz chiqadi. Bunday o‘simliklarga gunafshalar, burchoqdoshlardan (sariq akatsiya, burchoq, mosh va boshqalar), geran, yovvoyi xina va boshqalar misol bo‘la oladi. O‘zbekistonda keng tarqalgan yovvoyi bodring deb ataladigan o‘simlikning pishgan mevasiga salgina tegilsa, meva badanidan uziladi va urug‘lari shilimshiq modda bilan otilib chiqib, o‘tib ketayotgan odam yoki hayvonga yopishib oladi va shu tariqa tarqaladi. Chatnab ochiluvchi quruq mevalar (dukkak, qo‘zoq va qo‘zoqcha) yetilganda meva sirtining tashqi va ichki to‘qimalari har xil darajada tarang bo‘ladi. Shuning natijasida meva yoni chatnab yoriladi, ular kuch bilan atrofga sochiladi. A l l o x o r o‘simliklarning meva va urug‘lari asosan to‘rt xil yo‘l bilan: anemaxor (yunon. anemos-shamol), zooxor (yunon. zoon-hayvon), gidroxor (yunon. gidro-suv) va antroxor (yunon. antropos-odam) tarqaladi. Anemoxor o‘simliklar tabiatda juda ko‘p tarqalgan. Ularni meva va urug‘larini shamol yordamida tarqalishiga ba’zi moslamalari «ko‘pakcha», «qanotcha», «parashut» yordam beradi. Bunday moslamalar (tol, terak, qarag‘ay, shumtol, zarang, saksovul, juzg‘un, aristid, selin) kabi o‘simliklarda uchraydi. Moslamalar urug‘ va mevalarni havoda shamol bilan tarqalishini osonlashtiradi. Ba’zi o‘simliklarni (orxidiaguldoshlar, shumg‘iyaguldoshlar)ning urug‘lari juda mayda va yengil, ular havoda shamol vositasida uzoq masofaga tarqaladi. O‘rta Osiyo cho‘llarida o‘sadigan ba’zi o‘simliklarni mevasi pishgandan keyin yer osti qismidan uziladi va cho‘lda ancha joygacha shamol bilan uchib boradi, ayni vaqtda bir qanchasi bir-biri bilan chirmashib, kattakon shar bo‘lib qoladi, silkinish vaqtida urug‘lar to‘kiladi. Bunday o‘simliklar dala bo‘ylab y u m a l o v ch i (perikatipole) deb ataladi (yantoq, sho‘ra, boltiriq, boyalich, parak, italiya, yaxiumi). Zooxor talaygina o‘simliklarning urug‘ va mevalari hayvonlar vositasi bilan tarqaladi. Masalan, qadaluvchi yoki yopishqoq, olmoqli (ilgakka o‘xshash o‘simtali) mevalar hayvon juniga ilashib uzoqlarga ketadi. Ular (sariqchoy, ittikan, temirtikan, yovvoyi sabzi, qo‘ytikan va boshqalar) ning urug‘ va mevalari shu yo‘l bilan tarqaladi. Ho‘l mevalarning urug‘larini hayvonlar asosan, ko‘plab tarqatadi va shuningdek ko‘p urug‘lar loy bilan birga hayvon va qushlarning oyoqlariga yopishadi. Ular shu yo‘l bilan uzoq masofalarga tarqaladi. Urug‘ va mevalarni qushlar bilan tarqalishiga o r n i t o x o r i n (yunon. ornitos-qush; xoreo-tarqalish) deb ataladi. Donsiz etdor sersuv mevalarni qushlar yeydi. Hazm bo‘lmagan urug‘lar axlat bilan birga tashqariga chiqariladi. Bu hodisaga e n d o z o o x o r (yunon. endo-ichki) deyiladi. Nihoyat ba’zi o‘simliklarni urug‘lari chumolilar bilan tarqaladi, bunga m i r m e x k o x o r i a (yunon. mirmeks-chumoli) deb ataladi (gunafsha, burmaqora, g‘ozpiyoz va boshqalar). G i d r o x o r o‘simliklar ko‘pincha daryo, ko‘l va dengiz qirg‘oqlarida o‘sadi va ularni meva urug‘lari suv vositasida tarqaladi. Masalan, daryo va dengizning cho‘milish uchun qulay bo‘lgan qirg‘oqlarida sho‘radoshlar oilasining (Atreplex) kuklak deb ataladigan bir necha turlari (olabuta yoki sho’r olabuta), qatron (Granbe maritima) va boshqa o‘simliklarni mevalar suv vositasida tarqaladi. Oq nilufarning urug‘lari uning chuqur joyida turuvchi havo pufagi yorilguncha suv yuzasida suzib yuradi. So‘ngra ular suv tagiga cho‘kadi va ko‘karadi. Tropik mintaqasining dengiz qirg‘oqlarida o‘suvchi kokos palmasining mevalari okeanlarda uzoq suzib yuradi va to‘lqin ularni yangi joylarda quruqlikka chiqaradi. Shu yo‘sinda bu o‘simlik janubiy Amerika qit’asida butun tropik mintaqalarga tarqalgan. Nihoyat, bizda o‘sadigan ko‘p yovvoyi va begona o‘tlarning urug‘lari qor va yomg‘ir suvlarida oqib shu yo‘l bilan tarqaladi. O‘simliklarni urug‘ va mevalari inson tomonidan g‘ayri ixtiyoriy yoki ixtiyoriy ravishda tarqaladi, bunday tarqalishga antropoxor deb ataladi. Masalan, g‘ayri ixtiyoriy ravishda quyon quyrug‘i (Erigiron cansdensis), yovvoyi gultojixo‘rozning turlari (Amaranthus retroflexus), elodeya (Elodea canadensis) va boshqa bir necha o‘simlik Evropaga, Shimoiy Amerikadan (Kanada) olib kelingan. Hozir bu o‘simliklar Osiyoda ham tarqalgan. Qo‘ytikan (Xanthium spinossum) Janubiy Amerika qit’asidan Janubiy Ovropaga, u erdan O‘rta Osiyoga keltirilgan. Katta bargli zubturum (Plantago major), bug‘doy, ayiq (Agropyron repens) eshako‘t (Stelaria media), sho‘rak (Salsola) va boshqa o‘simliklar Ovropadan Shimoliy Amerikaga olib kelingan va tarqatilgan. Shuningdek Markaziy Osiyodan bangidevona (Datura stramonium) O‘rta Osiyoga olib kelingan. Kaktus deb ataladigan o‘simlikning vatani Shimoliy Amerika qit’asiing Meksika yarim oroli hisoblanadi. U yerda ular yovvoyi holda katta maydonlarni ishg‘ol etadi. Hozir kaktusning bir qancha turlari Avstraliya va Shimoliy Afrikaning sahrolarida ixtiyoriy ravishda o‘stirilib iqlimlashtirilmoqda va shu usul bilan boshqa joylarga tarqatilmoqda. Nihoyat odamning faoliyati begona o‘t urug‘larining tarqalishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, yaxshi tozalanmagan va saralanmagan urug‘lik yerga ekilganda uni ichidagi begona o‘tlarni urug‘lari yerga tushadi va juda tez ko‘payib ketadi. Shuning uchun urug‘liklarni yaxshilab tozalash kerak. Bu usul bilan begona o‘simlik urug‘larini tarqalishini to‘sish mumkin. Takrorlash uchun savollar. Murtak va endospermning rivojlanishini tushuntirib bering. Meva qanday hosil bo‘ladi? Ho‘l mevalar va ularning xillari? Quruq mevlar va ularning xillari? Download 21.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling