Mavzu: Mevali bоg’lar va uzumzоrlarda tоmchilatib sug’оrish usulini qo’llash. Reja


Download 12.07 Kb.
bet2/4
Sana27.06.2023
Hajmi12.07 Kb.
#1656811
1   2   3   4
Bog'liq
MEVALI BOG`LAR

Resurslaridan oqilona foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi pq-1958-sonli qaroriga asosan 2013-2017 yillar davomida jami 25 ming gektar maydonda tomchilatib sug’orish tizimi, 45,6 ming gektar maydonda egatga plyonka to’shab sug’orish usuli hamda 34 ming gektar maydonda esa o’q ariqlar o’rniga ko’chma egiluvchan quvurlar yordamida sug’orish usullari joriy etilishi belgilangan. 5. O’zbekiston respublikasi prezidentining “2013-2017 yillarda sug’oriladigan yerlar meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2013 yil 19 apreldagi pq-1958-sonli qaroriga muvofiq 2013-2014 yillarda eksperiment tariqasida “sug’oriladigan yerlar meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi” tomonidan ajratilayotgan mablag’larning 5 % igacha qismini tomchilatib sug’orish tizimlarini joriy qilayotgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilariga tijorat banklari orqali yillik 6 % li imtiyozli kredit sifatida ajratish. 6. O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining "tomchilatib sug’orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug’orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida” gi 2013 yil 21 iyundagi 176-sonli qaroriga ko’ra mamlakatimizda tomchilatib sug’orish tizimlari va boshqa suv tejovchi sug’orish texnologiyalarini qo’llash yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirishga xizmat qiladigan “suv tejovchi sug’orish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot konsalting markazi” sho’’ba korxonasi irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti qoshida tuzildi. 7. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti qoshida “suv tejovchi sug’orish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot konsalting markazi” sho’’ba 70 korxonasini tuzish to’g’risida o’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2013 yil 22 noyabrdagi 221-sonli buyrug’i imzolandi.

Tomchilatib sug`orish usuli. Respublikadamizda sug’orish suvlari taqchilligi sharoitida ekinlardan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda suv resurslarini tejovchi texnologiyalar qo’llash eng muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Suvni tejash texnologiyalaridan tomchilatib sug’orish usuli xozirgi kunda eng maqbul sug’orish usullaridan biri bo’lib qolmoqda. Dala sharoitida xar bir tomchi suvni tejash, ekinlarga kerakli miqdorda va o’z vaktida, dalada suv yo’qotishini oldini olish, ya’ni suv yo’qotilishini kamaytirish bo’yicha yechimlar qo’llash va suvning har tomchisidan ko’proq hosil olish imkonini yaratishdan iborat. Mamlakatimizda yumshoq quvurlar hamda tomchilatib sug’orish tizimini izchil joriy etish, buning uchun zarur asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qishloq xo’jaligi sohasini isloh etish bo’yicha tegishli davlat dasturlarida belgilangan muhim vazifalardan biridir. Mamlakatimizda sug’orish suvlaridan tejamli foydalanish tizimini izchil joriy etish, buning uchun zarur asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qishloq xo’jaligi sohasini isloh etish bo’yicha tegishli davlat dasturlarida belgilangan muhim vazifalardan biridir. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad tuproq unumdorligini tubdan oshirish, xar bir tomchi suvdan samarali foydalanish, shular oqibatida qishloq xo’jalik ekinlaridan, jumladan bog’dorchilik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishdan iborat. Tomchilatib sug’orish o’simlikning ildiz qatlami ustiga o’simlikning suvga bo’lgan talabini hisobga olgan holda, suvni kerakli hajmda vaqti-vaqti bilan berishdir. Tomchilatib sug’orishda sug’orish suvi quvurlar orqali o’tib, maxsus tomizg’ichlardan o’ta kichik oqim yoki tomchi ko’rinishida tuproq ustidan o’simlikning ildiz qatlamiga uzatiladi


Download 12.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling