Mavzu: mexanik ishlov berishning aniqligini oshirish yo’llari reja: 1 O’lchamlar zanjirlarini xisoblash
Download 44.41 Kb.
|
Dastgohni geometrik noaniqligi natijasida kelib chiquvchi ishlov berish xatoligi 10...30 % gacha etadi. Dastgohllar tayyorlovchi zavodlar uchun, dastgohlarga ruxsat etilgan geometrik xatoliklari, ishlov berish qo’yimining 10...15 % oralig’ida o’rnatiladi; dastgohlarni yeyilishi uchun bu foiz bir qancha oshiriladi.
Texnologik tizimni haroratdan deformatsiyalanishidan kelib chiquvchi xatoliklar, alohida hollarda yig’indi xatolikning 10...15 % gacha etadi. Yupqa devorli, bikirligi kam va turg’un emas tanavorlarga ishlov berishda qoldiq kuchlanishning ta’siri natijasida sodir bo’luvchi xatoliklar 40 % gacha etishi mumkin. Har bir konkret amal uchun aniqlikni shaxsan alohida tahlil qilish, uni oshirishning katta effekt beruvchi imkoniyatlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Shunga o’xshash tahlil qilish, kompleks xarakterga ega bo’lishi ham mumkin, agarda tekshirishga alohida amallar emas, balki to’la jarayon qo’yilsa. Loyihalanuvchi jarayonni aniqlikka hisoblash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1) texnologik jarayonni hamma amallari va o’tuvlari bo’yicha alohida texnologik omillar tomonidan kelib chiquvchi birlamchi xatoliklarni aniqlash maqsadida batafsil tahlil qilish; 2) birlamchi xatoliklarni hisoblash bilan yoki me’yoriy materiallar bo’yicha va ularni buyum o’lchamlari aniqligiga va boshqa aniqlik tavsifnomalariga ta’sirini aniqlash; 3) har bir amalda ishlov berishning umumiy (natijaviy) xatoligini o’rnatish maqsadida birlamchi xatoliklarni qo’shish; 4) hisoblash natijalarini tahlil qilish asosida, birlamchi xatoliklarni yo’q qilish yoki kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash; buning natijasida alohida amallarni bajarish aniqligini oshirish bo’yicha konkret tadbir belgilanadi. Mavjud texnologik jarayonlarning aniqligini nafaqat bayon etilgan usul bilan tahlil qilish mumkin, balki statistika usullari bilan ham. Nuqtali diagrammalar qurib, sistematik doimiy va sistematik qonuniyat asosida o’zgaruvchan xatoliklarni aniqlash mumkin va ularni kichiklashtirish yoki to’la yo’qotish uchun tegishli tadbirlar belgilanadi. To’planuvchi o’rtacha miqdorlarning egri chizig’ini qurish bilan periodik qonun bo’yicha o’zgaruvchi, ishlov berish xatoligini aniqlash mumkin. Dastgoh supportlarini siljish aniqligini oshirish uchun, surish harakatini kinematik zanjirini soddalashtirishga intilish kerak, ular zvenolarining birlashtirish aniqligini oshirish va supportni tormozlanib, to’xtab–to’xtab harakatlanishini (ayniqsa u yurishining oxirida) yo’qotish zarur. Кichik siljishlarning aniqligini oshirish uchun foydali tadbir, vint bilan gayka orasida doimiy taranglik yaratish hisoblanadi. Bu holda berilgan birlashmada tirqishning bir tomonini tanlashi natijasida supportning siljish aniqligi oshadi. Surish mexanizmlarining ishlov berishning oxirida aniq to’xtashi uchun to’la bikir bo’lgan tayanchlar o’rnatish bilan amalga oshiriladi. Mexanik ishlov berishning aniqligini, shuningdek dastgohlar shpindellarining podshipniklarini konstruktsiyasini yaxshilab, aniq qilib tayyorlash natijasida ham oshirish mumkin. Sirpanuvchi podshipniklarni aniq pretsizion qalquvchi podshipniklar bilan almashtirib, qator hollarda radial tirqishlar va ularni ishlov berish aniqligiga ta’siri kamayishiga erishiladi. Asosiy adabiyotlar 1. Texnologiya konstruksionnыx materialov: ucheb. / Pod obщ. red. A.M. Dalskogo. - 5-ye izd., ispr. - M.: Mashinostroenie, 2003. - 511 s. 2. Sxirtladze A.G. Texnologicheskie protsessы v mashinostroenii: ucheb. - Starыy Oskol: TNT, 2008.- 523 s. 3. Sxirtladze A.G., Boriskin V.P., Makarov A.V. Proektirovanie i proizvodstvo zagotovok: ucheb.- Starыy Oskol: TNT, 2009.- 448 s. Dopolnitelnaya literatura 4. Rudenko P. A. Proektirovanie i proizvodstvo zagotovok v mashinostroenii [Tekst] : ucheb. posobie / P.A.Rudenko, Yu.A.Xarlamov, V.M. Pleskach; Pod obщ. red. V.M. Pleskacha. - Kiev : Vыщa shk., 1991. - 247 s. 5. Kovka i ob’ѐmnaya shtampovka stali: Spravochnik v 2-x t. T.1 / Pod red. M.V. Storojeva.- M.: Mashinostroenie, 1967.- 435 s; T.2 / Pod red. M.V. Storojeva.- M.: Mashinostroenie, 1968.- 448 s. 6. Kovka i ob’emnaya shtampovka: Spravochnik v 4-x t. T.1. Materialы i nagrev. Oborudovanie. Kovka./Pod red. Ye.I. Semenova. - M: Mashinostroenie, 1985.-567s. T.2. Goryachaya ob’emnaya shtampovka./Pod red. Ye.I. Semenova.- M.:Mashinostroenie,1986.-588s. T.3. Xolodnaya ob’emnaya shtampovka./Pod red. G.A. Navroskogo.- M.: Mashinostroenie, 1987.-381s. T.4. Listovaya shtampovka./Pod red. A.D. Matveeva.- M.: Mashinostroenie,1987.- 544s. Download 44.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling