Mavzu: Meyorida rivojlanayotgan bolalarning go‘daklik yoshida nutqiy, psixik va jismoniy rivojlanish qonuniyatlari Reja


Download 20.57 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi20.57 Kb.
#188229
1   2   3   4
Bog'liq
маъруза 3 ОТМ

Nutq malakalarining rivojlanishi

1-oylik davri 1-ovozli reaksiya – yig‘i va chinqirish chaqaloqlarda tug‘ilgandan paydo bo‘ladi. Albatta, bu xali nutq emas, yani turli tovushlarni chiqarish bilan chaqaloq o‘zining tili, lablari va ovoz boylamlarini mashq qildiradi. Gapirish vaqti kelganda (miya rivojlanganda, koordinatsiyasi yaxshilanganda) butun nutq apparati ishga tayyor bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, u inson nutqini eshitish va tushunishni o‘rganib borar ekan. Chaqaloqlar nafaqat tovushlarni eshitibgina qolmasdan, balki butun tovushlar ichidan inson ovozini ajratib oladi, bu esa nutq rivojlanshining ilk belgilaridir.

2 oylikka yaqinlashgach chaqaloq gugulashni boshlaydi. Chaqaloq ilk tovushlarni talaffuz etishni boshlaydi: g-k, k-x. Sog‘lom chaqaloq gugulash davrida ko‘p tovushlarni talaffuz qilishi kerak. Masalan: a-a-a, a-gu, bu, bum, ma, am, bf. Agar chaqaloqda tinch holat kuzatilsa, u holda chaqaloqda birinchi tovushlarning chiqishi sekinlashadi va nutqning rivojlanishi kechikadi. Bu davrda chaqaloq ovozli o‘yinchoqlardan zavqlanadi. Ba’zan chaqaloqlar o‘zlarining nutqlarini musiqaga mos ravishda balanda, past qilib o‘zgartirishlari mumkin. Nutqdagi har bir unli va undosh tovushlarni seza olish bola uchun alohida ahamiyatga egadir.


Download 20.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling