Mavzu: Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish. Reja


Download 61.94 Kb.
bet22/27
Sana30.11.2021
Hajmi61.94 Kb.
#178158
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
2 5413458822343690664

Nazorat savollari:
1. SQL Server ning xizmatlarida huquqlar boshqaruvi haqida ma`lumot
bering?
2. Bildirish xizmatida huquqlar boshqaruvi haqida ma`lumot bering?
3. Replikatsiya xizmatlarda huquqlar boshqaruvi haqida ma`lumot bering?

Mavzu: SQL- Delete va Update instruksiyalari. Jadvalni o‘chirish va


jadvalni o‘zgartirish.
Reja:
1. SQL tilida bir necha ma`lumotlarni tavsiflash.
2. SQL tilida DELETE o„chirish operatori.
3. SQL tilida UPDATE ma`lumotlarni yangilash operatsiyasi.
Ma`lumotlarni tavsiflash
INSERT ma`lumotlarni kiritish operatori.
INSERT INTO jadval_nomi [() ] VALUES (ro„yxati >)
Bunday sintaksis jadvalga faqat bitta satr kiritish imkonini beradi. Agar satrdagi
barcha ustunlarga qiymat kiritilayotgan bo„lsa, so„rovda barcha ustunlar nomini
ko„rsatish zarur emas.
Masalan, BOOKS jadvaliga yangi kitob ma`lumotlari kiritiladi
INSERT INTO books (isbn, titl, autor, coautor, yearizd, pages)
VALUES („5-88782-290-2‟,‟Apparatnie sredstva IBM PC.Entsiklopediya‟,
„Guk M.‟, „,‟ 2000, 816)
Bu kitob muallifi faqat bitta va muallifdosh (soavtor) mavjud emas, biroq
ustunlar ro„yxatida COAUTOR ustuni ham ko„rsatilgan. Shuning uchun VALUES
bo„limida bu ustunga mos qiymatni ko„rsatish zarur. Misolda bu maydon uchun
bo„sh satr („„) ko„rsatilgan. Bu muallifdosh yo„qligini bildiradi. Shuningdek, bu
yerda aniqlanmagan NULL qiymatini ko„rsatish ham mumkin.
Satrdagi barcha ustunlarga qiymat kiritishda ustunlar ro„yxatini ko„rsatish zarur
emas. Bunda faqat qiymatlar ro„yxatini ko„rsatish yetarli bo„ladi. Bunday holda
operator ko„rinish quyidagicha shaklda bo„ladi:
INSERT INTO books VALUES („5-88782-290-2‟,
„Apparatnie sredstva IBM PC. entsiklopediya‟.‟Guk M.‟,‟‟,2000.816)
Misolda keltirilgan ikkala operator ham bir xil amalni bajaradi.
Shuningdek, to„liq miqdorda bo„lmagan qiymatlarni ko„rsatish mumkin. Ya`ni,
qiymatlar qatorida muallifdoshni ko„rsatmaslik mumkin, chunki joriy kitobda
muallifdosh yo„q. Biroq bunda qiymat kiritiladigan ustun nomlarini quyidagicha
shaklda ko„rsatish kerak bo„ladi:
INSERT INTO books ( isbn, titl, autor, yearizd,pages)
VALUES („5-88782-290-2‟.‟Apparatnie sredstva IBM PC. entsiklopediya‟.
„Guk M.‟.2000,816)
Bu holda COAUTOR ustuniga NULL qiymati yoziladi.
Agar jadvalni yaratishda ustun yoki atributga majburiy qiymat (NOT NULL)
belgisi qo„yilgan bo„lsa, u holda INSERT operatorida joriy ustunning har bir
satriga kiritiladigan qiymat ko„rsatilishi kerak. Shuning uchun, agar jadvalning
hamma ustuni majburiy qiymatli bo„lsa, u holda har bir yangi kiritiladigan satrda
barcha ustun uchun qiymat mavjud bo„lishi kerak va bunda ustunlar ro„yxatini
ko„rsatish shart emas. Aks holda jadvalda kamida bitta majburiy qiymatli
bo„lmagan ustun bo„lsa, u holda albatta ustunlar ro„yxatini ko„rsatish shart bo„ladi.
Qiymatlar ro„yxatida maxsus funktsiyalar va ifodalar ko„rsatilishi ham
mumkin. Bunda, ushbu funktsiyalarning qiymatlari ma`lumotlarni kiritish holatida
hisoblangan bo„lishi zarur.
Ma‟lumotlarni kiritish operatori birdaniga bir necha satrlarni kiritish imkoniga
ham ega. Bunda, qiymatlar satri boshqa bir jadvaldan tanlab olinadi. Masalan,
talabalar haqidagi jadval mavjud bo„lsin. Unda talabalarning familiyasi, adresi, uy
telefoni va tug`ilgan sanasi ko„rsatilgan bo„lsin. U holda, bitta operator yordamida
ularni kutubxonaning kitobxonlariga aylantirish mumkin:
INSERT INTO READER (FIO_studenta, Adres, Telefon, Data_rojd)
SELECT (FIO_studenta, Adres, Telefon, Den‟_rojd) FROM STUDENT

Download 61.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling