Mavzu: Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish. Reja
Download 61.94 Kb.
|
2 5413458822343690664
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: SQL tili haqida umumiy tushunchalar Reja
Nazorat savollari
1. Ma‟lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz? 2. Ma‟lumotlar ombori tuzishning asosiy usullari haqida ma‟lumot bering. 3. Jadvalni yarating va uni guruhingiz haqidagi ma‟lumotlar bilan to„ldiring. 4. MBda maydon va yozuv tushunchasi nimani anglatadi? Mavzu: SQL tili haqida umumiy tushunchalar Reja: 1. SQL haqida tushuncha 2. SQL Server da avtorizatsiya va autentifikatsiya 3. Foydalanuvchiga aloqasi bo‘lmagan sxemalar Ma'lumotlar bazasi dunyosi tobora yagona bo‘lib bormoqda. Bu jarayon har xil kompyuter muxitlarida faoliyat ko‘rsatuvchi axborot tizimlarini yaratishda qo‘llanuvchi yagona standart til yaratishni talab qildi. Standart til bir komandalar to‘plamini bilgan foydalanuvchilarga ularni shaxsiy kompyuter tarmoq ishchi stantsiyasi yoki katta EXM da ishlashlaridan qat'iy nazar ma'lumotni yaratish, izlash va uzatishga imkon beradi. SQL (Structured Query Language, odatda "sikvel" deyiladi) ma'nosi Tarkiblangan so‘rovlar tili. Bu relyatsion ma'lumotlar bazalarida ishlashga imkon beradigan tildir. Bu til ifodalarining xususiyati shundan iboratki ular ma'lumotlarni qayta ishlash protseduralariga emas natijalariga yo‘naltirilgandir. SQL o‘zi ma'lumotlar qaerda joylashgani, qanday indekslar va hatto amallarning eng effektiv ketma ketligini qo‘llash kerakligini aniqlaydi; bu detallarni ma'lumotlar bazasiga so‘rovlarda ko‘rsatish kerak emas. SQL tilining o‘zi IBM kompaniyasida MBBT DB2 yaratish jarayonida ishlab chiqilgan va keng ko‘lamda RISC protsessorli mashinalarda UNIX tizimlar asosida, hamda meynfreymlarda, superkompyuterlar asosida qurilgan katta hisoblash tizimlarida qo‘llanilgan. Shu bilan birga mustaqil bo‘lmasdan PL/SQL, va Transact-SQL kabi ichki dasturlash tillariga inkapsulyatsiya qilinadi. 1986 yilda, ANSI (American National Standart Institute) SQL tilining rasmiy standartini ishlab chiqdi, 1992 yil bu standart kengaytirildi. Butun til 30 ga yaqin operatorlarga ega bo‘lib, ba'zi versiyalarida sal ko‘proq, ba'zilarida sal kamroq. Har qanday MB har xil ob'ektlarga ega, ya'ni jadvallar, protseduralar, funktsiyalar, tasavvurlar, ketma ketliklar va xokazo. "Klient-Server" texnologiyasiga ko‘ra, foydalanuvchi EXM (Klient) lar so‘rovlari maxsus ma'lumotlar serverlarida (Server) qayta ishlanadi, foydalanuvchi EXM larga faqat so‘rovni qayta ishlash natijalari qaytariladi. Tabiiyki Server bilan muloqot qilish uchun yagona til kerak va bunday til sifatida SQL tanlandi. Shuning uchun hamma zamonaviy relyatsion MBBT versiyalari (DB2, Oracle, Ingres, Informix, Sybase, Progress, Rdb) va hattoki norelyatsion MBBT versiyalari (masalan, Adabas) "Klient_Server" texnologiyasi va SQL tilidan foydalanadilar. SQL tilida Ma'lumotlarni jadval ko‘rinishda tasvirlashga yo‘naltirilgan amallar kontseptsiyasini ko‘p bo‘lmagan (30 dan kam) ifodalardan iborat kompakt til yaratishga imkon berdi. Ikki xil SQL mavjud: Interaktiv joylashtirilgan. Ko‘p hollarda ikkala forma bir xil ishlaydi, lekin ikki xil foydalaniladi: Interaktiv SQL ma'lumotlar bazasi o‘zida faoliyat ko‘rsatadi va buyurtmachi foydalanishi uchun chiqish hosil qilish uchun ishlatiladi. SQL bu formasida, siz komanda kiritsangiz, u darov bajariladi, va siz darxol natijani(agar u mavjud bo‘lsa) ko‘rishingiz mumkin. Joylashtirilgan SQL boshqa tilda yaratilgan dasturga joylashtirilgan SQL komandalardan iborat. SQL Interaktiv, va joylashtirilgan formalarida ko‘p sonli guruhlar yoki sub bo‘limlar mavjud. Ular ANSI tomonidan e'tiborga olingan va kontseptual darajada foydali, lekin ko‘pchilik SQL dasturlar ularni aloxida qayta ishlamaydi, shuning uchun ular aslida SQL komandalarining funktsional kategoriyalaridir. * DDL ( Ma'lumotlarni Ta'riflash Tili ) - ANSI da Sxemani ta'riflash tili, ob'ektlarni ( jadvallar, indekslar, tasavvurlar va xokazo) yaratuvchi komandalardan iborat. * DML (Ma'lumotlarni O‘zgartirish Tili) - bu ixtiyoriy daqiqada jadvallarda qanday qiymatlar saqlanishini aniqlovchi komandalar majmuasidir. * DCD (Ma'lumotlarni Boshqarish Tili) foydalanuvchiga ma'lum ob'ektlar ustida ma'lum ta'sir o‘tkazishga ruxsat berish yoki bermaslikni aniqlovchi vositalardan iborat. SQL Standarti ANSI (Amerikanskim Natsionalnim Institutom Standartov) tomonidan aniqlangan va hozirda ISO (Mejdunarodnoy Organizatsiey po Standartizatsii) tomonidan qabul qilingan. Lekin kommertsial ma'lumotlar bazalari dasturlari ANSI ni ogohlantirmasdan SQL ni kengaytiradilar, Ya'ni foydali hisoblagan har xil xossalar qo‘shadilar. Kundalik hayotimizda barchamiz ma’lumotlar bazasidan foydalanamiz va ular turli xil shaklda saqlanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, ma’lumotlar bazalarini kompyuter xotirasida saqlash, uni shakllantirish va undan foydalanish imkonini berdi. Ayniqsa, kompyuter tarmoqlarining yaratilishi ma’lumotlar bazalaridan ko‘pchilikning tarmoq orqali foydalanishiga yo‘l ochib berdi. Ma’lumotlar bazalari bilan ishlashni tashkil qilish uchun maxsus dasturlar majmuasi, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) ishlatiladi. Hozirgi kunda ma’lumotlar bazalarining ko‘pchiligi relyatsion modelga asoslanib qurilmoqda. O‘z navbatida bu modelga asoslangan MS Access, MS SQL Server, Oracle, PostgreSQL singari MBBT lari eng ko‘p ishlatiladi. Ular bir-biridan imkoniyatlari va himoyalanish darajasi bilan farq qiladi. Download 61.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling