Mavzu: Microsoft Excel dasturida Avtoto‘ldirish va avtohisoblashlar Reja: Microsoft Excel dasturi


Download 471 Kb.
Sana27.12.2022
Hajmi471 Kb.
#1068078
Bog'liq
avtohisoblash


Mavzu: Microsoft Excel dasturida Avtoto‘ldirish va avtohisoblashlar
Reja:

  1. Microsoft Excel dasturi

  2. Avtoto‘ldirish va avtohisoblashlar

Mazkur operatsion tizim ishga tushishi bilan EHM bilan ishlovchi orasida muloqat qilish imkoniyati paydo bo’ladi. Komp’yuterning barcha qurilmalari ishga tushadi. Demak, axborot kiritish, axborotlarni qayta ishlash, o’qish kabilarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lamiz.


Operatsion tizimlar kompyuterning sistemali ta’minotining asosidir. Hozirgi vaqtda turli operatsion tizimlar mavjud. Masalan: MS DOS, WINDOWS, MACINTOSH, UNIX va hokazo. Biz Windows OTda ishlash jarayoni bilan tanishamiz.
Microsoft korporatsiyasi 1983 yil 10 noyabrda grafikli operatsion qobiq dastur Windows ishlab chiqarishga kirishdi. YAratilayotgan OT ko’p masalali, barcha turdagi printer va displeylar bilan ishlay oladigan, shuningdek MS- DOSda ishlatish imkoniga ega bo’lishi lozim edi.
Windows 1985 yil 18 noyabrda ayrim kamchiliklari bo’lsada sotuvda paydo bo’ldi. Istemolchilar unga yaxshi baho berishdi. Windows muhiti ishlashga qulayligi, qo’shimcha uskunalarga bo’lgan talabning kamligi bois istemolchilarga maqul bo’ldi.
Undan so’ng Windowsning Windows 1.0-1985 dan Windows XP-2001 versiyalari yaratildi.
Windows yordamida NC dasturi kabi Файл va katalog yaratish, nusxa olish, qayta nomlash, o’chirish, matnli fayllarni chop qilish, bir vaqtda bir nechta katalog va fayllar majmuasi bilan yaqqol grafik rejimda ishlash mumkin. SHu bois undan ayni vaqtda millionlab istemolchilar foydalanmoqdalar.
Bir tartibda ma’lum qoidaga bo‘ysinuvchi ifodalar seriyasini davom ettirish uchun avtoto‘ldirishdan foydalaning. Buning uchun sichqonchaning chap tugmasini avtoto‘ldirish markeri (yacheykaning o‘ng pastki burchagida) bilan tutgan holda kerakli tomonga tortamiz.
Masalan, har oyning so‘nggi kunlaridan iborat sanalar qatorini osongina yaratish mumkin:

Avtoto‘ldirishning qo‘shimcha sozlamalarini ham qo‘llab ko‘rish mumkin. Bo‘lajak ma‘lumotlar qatori uchun birinchi yacheykani belgilang, so‘ngra Главная → Редактирование → Заполнить → Прогрессия ketma-ketligi bo‘yicha o‘ting. Quyidagi rasmda yilning oxirigacha ish kunlarining ro‘yxatini yaratishning sozlamalari ko‘rsatilgan:

Avtoto‘ldirish markeri ustiga ikki marta bosish orqali formulani jadvalning oxirgi satriga qadar “qo‘llash” mumkin, bu esa tan olishimiz kerakki formulani pastga tutib tortib qo‘llashga nisbatan osonroqdir:

Avtoto‘ldirishning qolgan imkoniyatlarini esa mustaqil tarzda amaliyotda ko‘rib, o‘zingiz uchun kashf eting.
Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi[1]) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi.

Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez oʻzgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng koʻlamli masalalarni yechishda qoʻllaniladigan oʻta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators-koʻrinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va koʻp jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981-yil IBM PS kompyuteri paydo boʻlishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi koʻrinishlari paydo boʻldi, shu bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo boʻldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini koʻrgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo boʻlishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami boʻldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.


Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham oʻz sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yoʻqki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, koʻrgazmaliroq koʻrsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini oʻzlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini koʻrish mumkin.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor boʻlgan maʼlumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng koʻllamli masalalarni echishda qoʻllaniladigan oʻta qulay vosita hisoblanadi. Yuqorida taʼkidlanganidek, 1982-yil Microsoft CP/M tizimlarida juda ommabop boʻlgan ilk jadval protsessori Multiplanni bozorga chiqardi, ammo u MS-DOS tizimlarida Lotus 1-2-3 dasturidan ortda qolardi. Excelning ilk versiyasi Mac uchun moʻljallangan edi va 1985-yil chiqarilgan, Windows uchun versiyasi esa 1987-yil noyabrda ishlab chiqilgan. Lotus Windows uchun dasturini moslashtirishga shoshilmadi bu esa 1988-yildan Excelning undan oʻtib ketishiga sabab boʻldi. Microsoft har bir yangi versiya uchun oʻz mavqeyini mustahkamlay boshladi. Windows platformasiga moʻljallangan hozirgi versiyasi Excel 16, Mac OS X uchun esa Microsoft Excel 2012 dir.
Boshida Excel nomi bilan bogʻliq muammo paydo boʻldi, negaki boshqa kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni sudga beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft har qanday hujjatlarda dastur nomini Microsoft Excel deb yuritishga majbur boʻladi. Keyinchalik Microsoft kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi natijasida muammoga barham berildi. Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL harflaridan foydalanishga qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel faylarini kengaytmasi esa —. xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan taqqoslaganda Excel foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Excel foydalanuvchiga ekraning oʻzida jadvalning koʻrinishini, shriftlar, belgilar va katak tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkonini bergan ilk jadval muharriridir. Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur edi.
1993-yilda ilk marotaba Microsoft Officeʼga birlashtirilish munosabati bilan Microsoft Word va Microsoft PowerPoint Excelʼga monand grafik interfeysga ega boʻlishdi.

1993-yildan boshlab Excel tarkibiga Visula Basic'ga asoslangan Excel masalalarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturlar uchun Visual Basic dasturlash tili kiritiladi. VBA foydalanuvchi bilan aloqa qilish formalarini yaratishga imkon beradi. Bu til DLL (ing. Dynamic Link Library-dinamik kutubxona)ni qoʻllashi (yaratishi emas) mumkin.


VBAning funksionalligi Excelni makroviruslar uchun oson nishonga aylantirdi. Bu antivirus mahsulotlari ularni topishni oʻrganmagunlarigacha katta muammo boʻlib qoldi. Shu sababli Microsoft quyidagi himoya turlarini tanlash imkonini oʻz dasturiga qoʻshdi:
makroslarni toʻliq oʻchirish
hujjat ochilishi bilan makroslarni yoqish
sertifikatga ega makroslarga ishonish.
Excelning 5.0 dan 9.0 gacha versiyalari oʻzida turli "yashirin sir"larni saqlaydi, ammo 10-chi versiyadan soʻng Microsoft ularni yoʻq qilish chora-tadbirlarini qoʻllay boshladi .
Versiyalar
Windows uchun versiyalar
1988-yil — Excel 2.0
1990-yil — Excel 3.0
1992-yil — Excel 4.0
1993-yil — Excel 5.0 (Office 4.2 va 4.3, faqat Windows NT uchun 32 bitli versiyasi ham bor)
1995-yil — Excel 7 Windows 95 uchun (Microsoft Office 95 paketiga qoʻshilgan)
1997-yil — Excel 97 (Microsoft Office 97 paketiga qoʻshilgan)
1999-yil — Excel 2000 (9) — Microsoft Office 2000
2001-yil — Excel 2002 (10) — Microsoft Office XP
2003-yil — Excel 2003 (11) — Microsoft Office 2003
2007-yil — Excel 2007 (12) — Microsoft Office 2007
2010-yil — Excel 2010 (14) — Microsoft Office 2010
2013-yil — Excel 2013 (15) — Microsoft Office 2013
2015-yil — Excel 2016 (16) — Microsoft Office 2016
Izoh: 1.0 versiyasi Apple mahsulotlari bilan chalkashlikdan yiroqda boʻlish uchun ishlatilmagan.
Izoh: Excel 6.0 mavjud emas, negaki Windows 95 versiyasi Word 7 bilan yetkazilgan.
Izoh: 13.0 versiyasi triskaidekafobiya (13 sonidan qoʻrqish kasalligi) tufayli qoldirilib ketilgan. Excel 2010 oʻzining ichki 14.0 versiyasiga ega.
Macintosh uchun versiyalar
1985 — Excel 1.0
1988 — Excel 1.5
1989 — Excel 2.2
1990 — Excel 3.0
1992 — Excel 4.0
1993 — Excel 5.0
1998 — 8.0 (Office '98)Excel
2000 — Excel 9.0 (Office 2001)
2001 — Excel 10.0 (Office V. X)
2004 — Excel 11.0 (Office 2004)
2008 — Excel 12.0 (Office 2008)
2011 — Excel 14.0 (Office 2011)
2015 — Excel 15.0 (Office 2016)
OS/2 uchun versiyalar
1989 — Excel 2.2
1990 — Excel 2.3
1991 — Excel 3.0
Excel oʻzining 7.0 versiyasiga qadar 16 384 (214) satr (qator)dan iborat edi. 8.0-11.0 versiyalarida esa bu son 65 536 (216) qator va 256 ustun (28)ga yetdi. 12.0 va 14.0 versiyalar 1 048 576 (220) qator va 16 384 ta (214) ustunga ega.
Fayl formatlari
Microsoft Excel 2003-yilga qadar asosiy format sifatida oʻzining ikkilik fayl formati (BIFF)dan foydalanardi. Excel 2007 Microsoft Office Open XML dan oʻzining asosiy formati sifatida foydalanadi.
Bundan tashqari, Microsoft Excel CSV, DBF, SYLK, DIF va boshqa formatlarni oʻqishi mumkin.
Office Open XML
Microsoft Office 2007 koʻplab yangi fayl formatlarni taniydi. Ular Office Open XML (OOXML)ning tarkibiy qismi hisoblarnadi
Download 471 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling