Excel elektron jadvallar bilan ishlash. Ma'Lumotlarni kiritish va taxrirlash. Excel dasturida avtoto`ldirishlar va avtohisoblashlar


Download 1.74 Mb.
bet1/12
Sana23.04.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1386919
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
EXCEL ELEKTRON JADVALLAR BILAN ISHLASH MA\'LUMOTLARNI KIRITISH VA


EXCEL ELEKTRON JADVALLAR BILAN ISHLASH. MA'LUMOTLARNI KIRITISH VA TAXRIRLASH. EXCEL DASTURIDA AVTOTO`LDIRISHLAR VA AVTOHISOBLASHLAR
Reja:

  1. Microsoft Excel xaqida umumiy tushuncha

  2. Excel elektron jadvali haqida umumiy ma‘lumotlar

  3. Ma'lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish.

  4. Excel dasturini yuklash va unda ishni tugatish

  5. Excel dasturida formula va funktsiyalar bilan ishlash.

  6. Arifmetik ifodalarni Excel elektron jadvalida matematik funksiyalaridan foydalanib hisoblash.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Microsoft Excel elektron jadval dasturi haqida umumiy ma‘lumotlar
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma‘lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan.
Windows operatsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida SuperCalc, QuatPrio va shunga o’xshash elektron jadvalli dasturlardan foydalanilgan.
Windows muxiti yaratilgandan keyin, ayniksa Windows operatsion tizimi yaratilgandan keyin ko’pgina foydalanuvchilar Office dasturlarining elektron jadvalli dasturi Microsoft Excel elektron jadval (EJ) dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excelda odatda bunday fayl «Ishchi kitob» (Workbook- книга) deb yuritiladi.
Microsoft Excelning asosiy ish sohasi bu – «Ishchi kitob» bo’lib, u standart holda 3 ta varaqdan (list) dan iborat bo’ladi. Foydalanuvchi hohishiga ko’ra bu varaqlar sonini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ish varagida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi.
Excel elektron jadvali, butun sonlar bilan tartiblangan 65536 ta qator (row- “1, 2, 3,…,65536”) va lotin alifbosining bosh harflari bilan nomlangan 256 ta ustun (column – A,B,C,D,……,Z,AA,AB,…,IV)dan iborat. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy elementi – katak (sell – yacheyka) joylashgan. Har bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Kataklarning nomlari qator va ustunlarning nomlaridan kelib chiqadi. Masalan A ustun bilan 7 qatorning kesishmasi A7 katagi deyilsa D ustun bilan 12 qatorning kesishgan joyi D12 katagi deyiladi.



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling