Ish o‘rinlaridagi, havo kiradigan teshiklar va ochiq tirqishlardagi havoning harakatlanish va shamol tezligini o‘lchash uchun anemometr deb ataladigan asbob ishlatiladi.U ikki xil - parrakli va kosachali bo‘ladi. - Ish o‘rinlaridagi, havo kiradigan teshiklar va ochiq tirqishlardagi havoning harakatlanish va shamol tezligini o‘lchash uchun anemometr deb ataladigan asbob ishlatiladi.U ikki xil - parrakli va kosachali bo‘ladi.
- Kosachali anemometr yarim - sferalar shaklidagi to‘rtta kosacha mahkamlangan xoch ko‘rinishidagi g‘ildirakdan va siferblatli hisoblash mexanizmi joylashgan korpusdan tuzilgan. O‘lchash vaqtida g‘ildirak o‘qi havo oqimiga nisbatan perpendikulyar vaziyatda o‘rnatiladi. Kosachali anemometrlar mustahkamroq bo‘lganidan ular havoning kattaroq (1,0 m/s. dan 50 m/s gacha) tezliklarini o‘lchash uchun ishlatiladi.
Anemometrlar aerodinamik quvur ichida tarirovka qilinib, ularning ko‘rsatkichlari namunaviy asbob bilan taqqoslanadi. Tarirovka qilib bo‘lingandan so‘ng har bir asbob pasport va tarirovkalash grafigi bilan ta’minlanadi. Havoning tezligi ana shu grafik bo‘yicha aniqlanadi. - Anemometrlar aerodinamik quvur ichida tarirovka qilinib, ularning ko‘rsatkichlari namunaviy asbob bilan taqqoslanadi. Tarirovka qilib bo‘lingandan so‘ng har bir asbob pasport va tarirovkalash grafigi bilan ta’minlanadi. Havoning tezligi ana shu grafik bo‘yicha aniqlanadi.
- Havoning harakatlanish tezligini anemometr bilan o‘lchashning mohiyati quyidagilardan iborat.
- Asbob hisoblagichini ishga tushirishdan avval millarning siferblatlardagi holati yozib qo‘yiladi. Keyin anemometr havo oqimiga joylashtiriladi va g‘ildirak doimiy tezlik bilan aylana boshlagandan so‘ng ishga tushirish moslamasi yordamida hisoblagich ishga tushiriladi va ayni chog‘da sekundomer o‘chiriladi, 2-3 mino`t o‘tgach, hisoblagich o‘chiriladi va yana millarning siferblatdagi vaziyati yozib olinadi.
O‘lchashlarning oldingi va keyingi ko‘rsatishlar orasidagi farqini sinovning sekunddagi davom etish vaqtiga bo‘lib P kattalik aniqlanadi. Ana shu kattalik va tarirovkalash grafigidan foydalanib havoning harakatlanish tezligi topiladi. Natija aniqroq chiqishi uchun har bir nuqtada o‘lchashni 2-3 marta takrorlash va o‘rtacha qiymatni hisoblab chiqish maqsadga muvofiqdir. - O‘lchashlarning oldingi va keyingi ko‘rsatishlar orasidagi farqini sinovning sekunddagi davom etish vaqtiga bo‘lib P kattalik aniqlanadi. Ana shu kattalik va tarirovkalash grafigidan foydalanib havoning harakatlanish tezligi topiladi. Natija aniqroq chiqishi uchun har bir nuqtada o‘lchashni 2-3 marta takrorlash va o‘rtacha qiymatni hisoblab chiqish maqsadga muvofiqdir.
- Masalan, o‘lchashning boshlanishida anemometr millari 120 bo‘linmani, oxirida esa 264 bo‘linmani ko‘rsatgan, o‘lchash 120 sekund davom etgan bo‘lsin. U holda bo‘linmalarning sekunddagi soni (264 -120):120 bo‘lganda 1,2 bul/sek.ga teng bo‘ladi. Anemometr pasportidan ordinatalar o‘qida 1,2 ga mos keluvchi nuqtani (A nuqta) topib, ana shu nuqtadan gorizontal chiziq o‘tkazib uni tavsif chizig‘i bilan kesishtiramiz (V nuqta). V nuqtadan absissalar o‘qiga vertikal chiziq tushiramiz (D nuqta) va shu yerga tezlik qiymatini (1,4 m/sek) o‘qiymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |