17-masala
Mahalliy bozordagi ishchi kuchiga talab funksiyasi LD=1200 -25×W, taklif funksiyasi esa LS= -600+35×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda,W - kunlik ish haqi dollar hisobida, L – ishchilar soni.
a) agar minimal ish haqi miqdori kunlik 40 $ qilib belgilab qo’yilsa, qancha ishchi kuchi ishsiz bo’lib qoladi?
b) minimal ish haqi stavkasi belgilangandan keyin ishchilarning umumiy daromadi qanchaga o’zgaradi?
18-masala
Musulmon mamlakatlarining birida ish boshqaruvchilarga bo’lgan talab funksiyasi LD=1000-3×W, taklif esa LS=-200+9×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda W – yillik ish haqi ming dollar hisobida, LD va LSlar yillik ishchilarga talab va taklif hajmi, ming kishi hisobida. Nimadir sabab bo’ldi-yu ayollar boshqaruvchi lavozimida ishlashdan mahrum qilindilar. Agar mamlakatdagi erkak ishboshqaruvchilar taklifini ko’paytirish imkoni bo’lmasa, ish haqi va ishchilar soni qanday o’zgaradi?
19-masala
Toshkent shahridagi ishchi ayollarning taklif funksiyasi LS(A)=-200+W, ishchierkaklar taklifi funksiyasi esa LS(E)=-300+2×W va ishchilarga talab funksiyasi LD=1500-2×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda W-oylik ish haqi ming so’m hisobida, LD va LS – ishchilarning oylik talabi va taklifi hajmi, ming kishi hisobida. Ayollarni rag’batlantirish maqsadida har bir ayol ishchi uchun oylik 50 ming so’m qo’shimcha haq to’lanadigan bo’ldi. Ushbu qaror natijasida:
a) ishchi ayollar soni qanchaga oshadi?
b) erkak ishchilar soni qanday o’zgaradi?
c) erkak ishchilarning oylik maoshi qanchaga kamayadi?
d) ishchi ayollarning oylik maoshi necha foizga ortadi?
20-masala
Malakali mehnat bozorida mehnatga bo’lgan talab va taklif funksiyalari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |