Mavzu: Mikroorganizmlar morfologiyasi 303-guruh talabasi Munojat Berdiqulova


Download 0.98 Mb.
bet5/7
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1763921
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mikrobio mt

Sitoplazmada ribosomalar boʻlib, ular tarkibiga RNK kiradi. B. hujayrasida DNK iplari bor, ular qobiqsiz yadro, yaʼni nukletoid hosil qiladi. B. yuqori temperaturaga, odatda, chidamsiz, quritish, oftob, har xil kimyoviy moddalar B.ni oʻldiradi (qarang Dezinfeksiya, Sterillash). B. sovuqqa juda chidamli, shu tufayli tuproqda qishlab chiqa oladi. B.ning koʻpi oval yoki yumaloq shaklli sporalar hosil qiladi. B. sporalari yuqori temperatura va zaharli moddalar taʼsiriga juda bardoshli. Sporalar qulay muhitga tushganda ulardan tayoqchasimon yoki vegetativ hujayralar paydo boʻladi. B.ning rivojlanish sikli har xil. Mas, mikobakteriyalar boʻlinish yoʻli bilan ham, kurtaklanish yoʻli bilan ham koʻpayadi. Miksobakteriyalarning vegetativ hujayralari qisqaradi va kichrayib, yumaloq yoki oval shaklli mikrotsistalar hosil qiladi. Koʻpchilik B. organik moddalarni, baʼzilari anorganik moddalarni oksidlash yoʻli bilan energiya oladi. Faqat kislorodli muhitda yashay oladigan B. aeroblar, kislorodsiz muhitda yashaydigan B. anaeroblar deyiladi. Aerob nafas olish vaqtida organik birikmalar oksidlanib, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Anaerob sharoitda organik birikmalarning parchalanishi va bunda energiya ajralib chiqishi bijgʻish deyiladi.

Tabiatda va xalq xoʻjaligida B.ning ahamiyati juda katta. B. tirik xujayralar tarkibiga kiradigan hamma kimyoviy elementlarning tabiatda aniqlanishida ishtirok etadi. Oʻsimlik va hayvon qoldiqlari sellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin moddalar va boshqalarni oʻzlashtira oladigan mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda azot aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta. Hayvonlar oʻziga zarur azotli birikmalarni oʻsimlik oqsillaridan hosil qiladi. Hayvon va oʻsimlik oqsillari B. taʼsirida minerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak oʻsimliklar uchun oziq boʻladi, ular shu tuzlardan foydalanib, oʻz tanasida oqsil hosil qiladi. B. boshqa biogen elementlarni ham minerallashtiradi. Ular organik fosfor birikmalarini parchalab, suv havzalari va tuproqda fosforning mineral birikmalarini koʻpaytiradi. B. taʼsirida oltingugurtning organik birikmalari ham minerallarga aylanadi. B. genetika, biofizika, kosmik biologiya va boshqa sohalarga oid umumiy masalalarni hal qilish uchun eng yaxshi obʼyektdir. B. kulturasidan aminokislotalar, vitaminlar va antibiotiklarni miqdor jihatidan aniqlashda foydalaniladi. Tuproq unumdorligi B.ning hayot faoliyatiga bogʻliq. Pektin moddalarni bijgʻitadigan B. yordamida zigʻir, kanop va boshqa tolali oʻsimliklar ivitiladi. Sutdan qatiq, sariyogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ham B.ning har xil turlaridan foydalaniladi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling