Mavzu: mikrosxemalar, integral sxemalar va optoelektronika
Download 0,56 Mb.
|
Mavzu mikrosxemalar, integral sxemalar va optoelektronika
14-MA’RUZAMAVZU: MIKROSXEMALAR, INTEGRAL SXEMALAR VA OPTOELEKTRONIKA ELEMENTLARI Reja
o’zgartirgichlar, hisoblagichlar va summatorlar.
Mikrosxemalarning yaratilishi ingliz radiotexnigi Jeffri Dammer nomi bilan bog’liq. U 1952 yilda bitta yarim o’tkazgich kristallida bir necha elektron komponentalarni joylashtrish mumkinligini nazariy asosladi. Lekin shu davrdagi texnologiya bunga qodir emas edi. Ya’ni kristall ichida elektron komponentlarni o’zaro joylashtirish, ularni elektr izolyasiyalash va ularga elektr kontaktlarni ulash masalalari hal etilmagan edi. Faqatgina 1958 yilga kelib bu uch asosiy muammo hal etilib integral mikrosxemalar ishlab chiqarila boshlandi. Izoh. Elektronikada elektron komponenta atamasi keng tarqalgan. Bunda komponenta deganda biror funksiyani bajaruvchi elektron element nazarda tutiladi. Mikrosxema atamasi keyingi paytlarda integral mikrosxema ma’nosini beradi, chunki har qanday mikrosxema ichida ma’lum miqdordagi elektron komponentalar mujassamlashgan. Mikrosxemalarning integrasiya ko’rsatkichi (mikrosxem tarkibidagi elementlar miqdori) uning murakkablik darajasi va imkoniyatlarini belgilovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Integrasiya ko’rsatkichi mikrosxema tarkibidagi elementlar soni bilan aniqlanadi va quyidagi turlarga bo’linadi:
Shuningdek mikrosxemalar tayyorlanish texnologiyalari va asosiy materiallarning turlariga qarab ham farqlanadi. Bunda asosan uch xil texnologiya mavjud:
Mikrosxemalar qanday signallarda ishlashiga qarab analogli, raqamli va analog raqmli turlarga bo’linadi. Analogli signallar asosida ishlovchi mikrosxemalarning kirish va chiqish signallari vaqt davomida uzluksiz funksiya ko’rinishida bo’ladi. Raqamli mikrosxemalarda signallar mantiqiy “0” va mantiqiy “1” ko’rinshida bo’lib, bu matiqiy signalga kuchlanishning ma’lum diapazonlari mos keladi. Masalan 5 V kuchlanishda ishlovchi, tranzistor- tranzistor asosida tuzilgan mikrosxema, 0 dan boshlab 0,4 V gacha qiymatdagi kuchlanishni “0”deb, 2,4V dan boshlab 5V gacha qiymatdagi kuchlanishni “1” deb qabul qiladi. Ayrim mikrosxemalar analogli va raqamli mikrosxemalar va qurilmalar orasida vositachilik vazifasini bajaradi. Bunday qurilmalar analog-raqamli va raqam-analogli mikrosxemalar deyiladi. Ular nomlanishiga qarab raqamli signal analogli signalga va aksincha, analogli signalni raqamli signalga aylantiradi. Integral mikrosxemalar tugallangan, yagona korpusda mujassamlashgan, ma’lum murakkablik darajasidagi elektron qurilma bo’lib, ayrim hollarda ular biror mustaqil elektron qurilma darajasida bo’lishi ham mumkin. Raqamli qurilmalarda bunday mikrosxemalarni ko’p uchratamiz, masalan kalkulyatorlar, mikrokomp’yuterlar shular jumlasidandir. Izoh. Mikrosxemalarning taraqqiyoti komp’yuterlar rivojlanish bosqichlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Dastlabki (1980-90-yillarda) mantiqiy qurilmalar asosidagi komp’yuterlar o’rnini, keyinchalik (1990-2000-yillar) yuqori integrasiyali mikrosxemalar asosida mikroprosessorli komp’yuterlar egalladi. Mikroprosessorli komp’yuterlarning yaratilish bosqichlarida “mikrokomp’yuter” “mikro EVM” atamalari mavjud edi. Keyinchalik, mikroprosessorlarning tezkor taraqqiyoti natijasida bu atamalar o’z kuchini yo’qotdi. Mikrosxemalar asosidagi elektron qurilmalar analogli yoki raqamli signallar bilan ishlovchi quyidagi turlarga bo’linadi: Download 0,56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling