Mavzu: mikrosxemalar, integral sxemalar va optoelektronika


Download 0.56 Mb.
bet7/9
Sana08.11.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1754995
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu mikrosxemalar, integral sxemalar va optoelektronika

JK trigger. Bu triggerni ma’lum ma’noda hisoblovchi T triggerga o’xshatish mumkin. Faqat, u kirishda ma’lum holatlar yuzaga kelgandagina sanaydi. Yoki JK triggerni mukammallashtirilgan RS trigger deb qarash mumkin, yani unda taqiqlangan holat bo’lmaydi, buni uning haqiqiylik jadvalidan ko’rish mumkin.
3-jadval



S

K

J

Q(t)

Q(t+1)

Izoh

0

x

x

0

0

Saqlash rejimi

0

x

x

1

1

1

0

0

0

0

Saqlash rejimi

1

0

0

1

1

1

0

1

0

1

“1” holatga o’tish rejimi J=1

1

0

1

1

1

1

1

0

0

0

“0” g’olatga o’tish rejimi K=1

1

1

0

1

0

1

1

1

0

1

K=J=1 triggerning hisoblagich rejimi

1

1

1

1

0


14-rasm. Mikroelektronika va dizayn.


Triggerning shartli belgisi va va uning strukturasi 15-rasmda keltirilgan. Trigger hisoblagich rejimida ishlashi uchun ikkinchi RS triggerning chiqishi birinchi RS triggerning kirishiga ulangan. Bu esa RS trigger uchun mavjud bo’lgan taqiqlangan holatning JK triggerda bo’lmasligini ta’minlaydi. Shunday qilib, J va K kirishlarda mantiqiy “1” bo’lganda trigger hisoblagich rejimida ishlaydi.


rasm. JK triggerning shartli belgisi va tuzilishi.




JK triggerning to’liq mantiqiy sxemasi 16- rasmda keltirilgan.





      1. rasm. JK triggerning mantiqiy sxemasi.

Registrlar. Registr aniq miqdordagi (n razryadli) ikkilik signallar uchun ma’lum jarayonlarda o’ziga xos xotira elementi vazifasini bajaradi. Tuzilishiga ko’ra asosan D triggerlar to’plamidan iborat bo’ladi. Har bir registr raqamli qurilmalarning
ma’lum kombinasiyalaridan tashkil topib, ma’lum axborotlar ustida quyidagi operasiyalarni bajaradi:

  • axborotni registrga qabul qilish;

  • axborotni registrdan jo’natish;

  • registrdagi axborotni siljitish;

  • ketma-ket kodlarni paralelga va aksincha almashtirish;

  • registrni boshlang’ich holatga qaytarish.

Registrlar yig’uvchi (xotira registri, saqlash registri) va siljituvchi turlarga
bo’linadi.
Registrlar triggerlar asosida quriladi, shuning uchun n razryadli ikkilik sonni saqlovchi (qabul qiluvchi, uzatuvchi) registr n ta triggerdan iborat bo’ladi. 17-rasmda to’rtta D trigger asosida qurilgan paralel registr ko’rsatilgan. Agar signal registrning barcha kirishlariga bir vaqtda berilsa, bunday registr paralel registr deyiladi. S sinxronizasiya kanaliga signal berilganda, barcha triggerlarning kirishiga berilgan signallar saqlanadi (xotira), keyingi sinxronizasiya impulsi esa, yana sinallarni o’zgartiradi. Shunday qilib, registr informasiyani yangi sinxron impulsgacha saqlab turadi. Sinxronizasiya impulsi barcha triggerlarga bir vaqtda beriladi. Bunday registrlar asosida operativ xotiralar quriladi.





      1. rasm. D triggerlar asosda qurilgan parallel registr va uning shartli belgisi

Ketma-ket registrda esa signal navbati bilan triggerlardan o’tib boradi. Triggerning ishga tushishi bunda ham S kanalning sinxronizasiya impulsi orqali boshqariladi. Ketma-ket registrning sxemasi 18- rasmda ko’rsatilgan. Boshqarish impulsi kelishi bilan, birinchi trigger o’zining kirishidagi signalni eslab qoladi (0 yoki 1).






      1. rasm. D triggerlarda qurilgan ketma-ket registr va uning shartli belgisi.

Keyingi triggerlar ham shu tarzda ishlaydi. Natijada sinxron impulsning kelishi triggerlar holatini razryad bo’ylab siljitib boradi. Ya’ni sinxron impuls ta’sirida birinchi triggerning holati keyingi navbatdagi triggerga ko’chadi. Natijada n ta sinxron impuls shuncha razryad hosil qiladi. Bu 19-rasmdagi diagrammadan yaqqqol ko’rinadi. To’rt razryadli 1011 soni to’rtta sinxron impuls kelishi bilan hosil qilinadi. Barcha triggerlarning holati (1-Q4, 0-Q3, 1-Q2, 1-Q1) keyingi sinxron impuls kelguncha saqlanadi.




      1. rasm. Sinxron impulsga mos holda triggerlar holatlarining o’zgarishi va 8 razryadli ketma-ket registr vazifasini bajaruvchi KR153IR3 mikrosxemasi.

Bunday ketma-ket triggerlar asosidagi registr KR153IR8 mikrosxemasida mavjud.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling